Filologiya fakulteti o’zbek tili



Download 145,79 Kb.
bet18/24
Sana22.08.2021
Hajmi145,79 Kb.
#153251
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
psixolingvistika.

U mana shu qora turmushning baxtsiz asoratini izlab Muazzamning ko’zlariga tikildi, biroq bu ko’zlar SHamsi Salohga noma’lum bo’lgan baxtdan yayrab turar, o’zidan baxtsizlik izlayotgan sovuq ko’zlarga yal-yal yashnab boqardi. Bu ko’zlarning qirlarida goho tole ohulari yugurgilab qolardi va atrofga xijolat hayo aralash saodat yellari taralardi. Tikilib-tikilib qarasang, bu qorachiqlar supasida qora libos kiygan sehrgar o’tirganini ko’rarding, sehrgar o’ziga tez-tez josusona nigoh tashlayotgan anchayin sur ko’zlarga goho ajablanish, goho hayrat tuzoqlarini qo’yardi, goh o’zining sahnasiga qoqsuyak, xo’mraygan yuzning suratini chizardi; goh kichkina bu saltanatga bostirib kirmoqchi bo’layotgan ayg’oqchi nigohlarni tahdidona muzaffarlik bilan qarshi olardi va o’zining shu taxlit tilsimona o’yinlari bilan har qanday baxt va baxtsizlik haqidagi tushunchalardan yuksakda turishini isbot etmoqchi bo’lardi.

Mikromatnda ajratib ko’rsatilgan birikmalar yozuvchi badiiy tafakkurining hosilasidir. N.Eshonqul nigoh, nazar so’zi o’rnida ko’zlarning qirlari, saodat yellari, hayrat tuzoqlari; ko’z so’zi o’rnida kichkina bu saltanat, qora libos kiygan sehrgar birikmalarini qo’llagan.

Matnda ifodalangan ob’ektlarning bu tarzda nomlanishi matn referentsiyasi va real voqelik o’rtasidagi muvofiqlikning o’quvchi tomonidan idrok etilishini kognitiv va psixologik jihatdan bir oz murakkablashtiradi. Boisi – retsipient matn muallifi idiolektida mavjud bo’lgan, ammo eksplitsit tarzda ifodalanmagan ob’ektning mohiyatini turli assotsiatsiyalar va tasavvurlar asosida o’zi kashf etishi lozim bo’ladi. Demak, mazmuniy idrok zanjirida yana bir xalqa – o’quvchi kognitiv faoliyatining ham bo’lishi zaruriy shartlardan biridir.

O’xshatish asosida yuzaga kelgan matnlarda shu narsa diqqatga sazovorki, har bir ijodkor o’xshatish mazmunini turli sintaktik shakllarda ifodalaydi. Bunday nutqiy tuzilmalarda matn muallifining o’xshatishga asoslangan obrazli tafakkur tarzi to’liq verbal holatda, shuningdek, implitsit tarzda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, o’xshatish qurilmalarida matn muallifining psixologik-kognitiv faoliyati o’zining aniq ifodasini topadi. O’.Hoshimov qalamiga mansub quyidagi matn bunga misol bo’la oladi: Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz... Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo’g’ilib ketasiz. (“Daftar hoshiyasidagi bitiklar”) N.Eshonqul qalamiga mansub matnlarda esa o’xshatishga asoslangan kognitiv faoliyatning o’ziga xos shaklda ifodalanganligini ko’ramiz: yozuvchi aniqlovchi – aniqlanmish tipidagi birikmalar vositasida o’xshatishga asoslangan yangicha metaforik ifodalarni yaratadi: Qo’shiq aytayotgan juvon qiyofasidagi o’zi izlagan qo’shiq ilohasi shu bir necha soniyada ayolni tashlab ketgan edi; u iloha o’rnida eriga ko’r-ko’rona mehr qo’ygan, o’zining notavon, baxtiqaro ekanligini eslashdan ham qo’rqib, ho’ng- ho’ng yig’lab yotgan ojiz va nochor ayol qolgan edi. SHamsi Salohning ko’nglida yana birdan tushkunlik bayroqlari hilpiray boshladi. (N.Eshonqul. “Momoqo’shiq” qissasi)

O’xshatishga asoslangan matnlarga xos yana bir xususiyat borki, bu matnni tashkil etgan propozitsiyalarning ob’ektiv voqelik bilan bevosita bog’lanmasligidir.


Download 145,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish