qamish – uy, ho’kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo’yish kerak bo’ladi.125
Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi. Erta bahorda ularning tug’ay deb turgan sigirini o’g’irlab ketishdi. O’sha kecha SHoikrom tungi smenada edi. Kechasi bilan sharros jala quyib chiqdi. SHoikrom tong saharda bir nimani sezganday ko’ngli g’ash tortib, uyiga qaytdi. Kelsa xotini, onasi, bolalari dod solib o’tirishibdi.126
Uch mashhur asarlardan olingan parchalar ustida o’tkazilgan ixcham tadqiqotlarimiz ham produtsientning matnga, matnning retsipientga, produtsientning mashhurligi, insoniiy fazilatlarining bevosita retsipientga ta’siri va mana shu ta’sir natijasida matnga munosabatning shakllanishiga olib kelishini isbotladi. Tajriba jarayonida milliy guruhlar hech bir xatosiz yuqoridagi parchalar qaysi muallifga tegishli ekanligini topdilar. Ushbu matnlar ularga maktab programmasidan tanish. SHuning uchun ularda eslash orqali aniqlash oson bo’lganini nazarda tutib, rus guruhlarida ham sinab ko’rdik. Avval G’.G’ulom, A.Qahhor, O’.Hoshimov ijodi. ularning o’ziga xos qirralari haqida qisqacha ma’lumot berdik. So’ng yuqoridagi matnlarni raqamlab, qaysi matn qaysi yozuvchiga tegishli ekanligini topishlarini so’radik. Natija biz kutgandek. Milliy guruhlardagi kabi yuz foiz emas 60% dan 80% gacha to’g’ri topilgan. SHu jarayonda yana bir fikr tug’ildi. Rus guruhlariga noto’g’ri yo’nalish bersak-chi, ya’ni G’.G’ulomning yumorga boy sodda tilini O’.Hoshimovga, A.Qahhorning ixcham, keskirligini G’.G’ulomga, O’.Hoshimovninig keng, mulohazakorligini A.Qahhorga nisbat bersak retsipientlar biz ko’rsatgan yo’nalish bo’yicha ketadilarmi? Ha, xuddi shunday bo’ldi. Ular biz bergan yolg’on informatsiyaga aldanishdi. O’z-o’zidan natijalar ham biz yo’naltirgan yo’nalish bo’yicha ketdi. SHu o’rinda yana bir fikr tug’ildi. Demak, yolg’on axborotlar bilan retsipientlarning fikriga ta’sir ko’rsatish mumkin ekan. SHuning uchun ommaviy axborot vositalari bunday holatga zinhor yo’l qo’ymasliklari lozim. Ularning
125 А.Қаҳҳор. Асарлар. 5 жилдлик. 1-ж. Т., 1987. Б. 291.
126 Ў.Ҳошимов. Ўзбек адабиѐти дарслик- мажмуа. 6-синф. Т., 1997. Б. 209.
auditoriyasi juda katta, ozgina xatolik ham shov-shuvga, tushunmovchilikka olib keladi.
Badiiy matn tili uning mavzusi, muammosi, g’oyasi bilan uzviy bog’liq, mavzuning tanlanishi bevosita asar tilini ham belgilashi tabiiy hol.127 Mavzu sintaktik konstruktsiyalarni tanlashda ham alohida ahamiyatga ega. Oybek mutafakkir shoir, davlat arbobi, komil inson Alisher Navoiy obrazi, saroy muhiti va urf-odatlarini, o’sha davr ruhi va Navoiy mansub bo’lgan ijtimoiy tabaqaning nutqini to’laqonli yoritish uchun uzundan uzoq qo’shma gaplardan, ravishdosh, sifatdosh oborotlardan, dabdabali, hashamatli so’z va iboralardan unumli foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |