Filоlоgiya fаkultеti o’zbеk tili yo’nаlishi


Alisher Navoiy G’azalarida ishq va farah, xayol va tasavvurning avj pardalari



Download 72,93 Kb.
bet4/17
Sana16.01.2022
Hajmi72,93 Kb.
#377505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi adabiyot

1.3.Alisher Navoiy G’azalarida ishq va farah, xayol va tasavvurning avj pardalari.

G’azal haqida gapirar ekanmiz, Navoiy ijodiga to’xtalmaslikning iloji yo’q.Ulug’ Navoiyning har biri bir jahon ma`no, bir olam his- tuyg’u ifoda qilguvchi baytlarini takror-takror o’qib har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma`no tovlanishlarini ko’rib hayratlanamiz.Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o’qish kitoblari bilan kirib keladi.Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, “Olim bo’lsang, olam seniki” deb aytgan ustoz sifatida o’rganamiz. So’ng o’smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko’chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo’shib bitamiz. Vaqt o’tishi bilan buyuk Alisher ko’z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo’ladi, bizga hayot darsini o’rgatadi, uning sevinch va anduhlari,zavq-u jafolarini so’zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.

Junun vodiysig’a moyil ko’ramen joni zorimni,

Tilarmen bir yo’li buzmoq buzulg’on ro’zg’orimni.

Mana shu matla` bilan boshlanuvchi G’azal o’zbekning xonadonida dam- badam mehmon bo’ladi.Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo’llarida juda t`sirli ijro etganlar.Bu G’azal dunyoning g’am-u anduhidan zardob bo’lgan shoir qalbining afg’onidir.Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham , g’amni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga ega. Tuyg’ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o’z jonini junun, ya`ni telbalik vodiysiga moyil ko’radi, buzulgan hayot ro’zg’ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo’yinga olib dasht-u sahrolar kezishdan o’zga iloji qolmaganini va telbalik- buzish, vayron qilsh ekan, demak buzilgan hayotini bir yo’la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:

Junun vodiysig’a moyil ko’rarmen joni zorimni,

Tilarmen bir yo’li buzmoq buzulg’on ro’zg’orimni.3

Shoir dunyodan shunchalar ko’ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo’q bo’lib ketishni tilaydi. Inson jismi xoki g’ubor bo’lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi – falak bedodidan garchi mani xokiy g’ubor o’ldum ,Tilarmen, topmag’aylar to’tiyolikkag’uborimni.Ya`ni , zolim odamlar meni tirikligimda xo’rladilar,qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki,mening odamlarga ko’rguzgan mehr-u sadoqatim ,fidoyiligim ayon bo’lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,mozorim xokini ko’zlariga to’tiyo qilarlar.Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o’tgacho’kinmoqliklari benaf, ko’zlariga to’tiyo qilmoq uchun g’uborimni topmagaylar. O’shanda, ey ahli g’aflat, Navoiy qayga azm etdi deb so’ramang, men tirikligimdayoq ixtiyorim jilovini qazoning qo’liga berib qo’yganman:

Demang, qay sori azm etgung, manga yo’q ixtiyor,

Oxir qazo ilkiga bermishmen inon-u ixtiyorimni.

Oshiq dunyoning jabr-u jafosidan ko’p qonli yoshlar to’kdi,

Oqibat ko’zlarida o’sha qon yoshlar ham qurib tamom bo’ldi,

Faqat za`fardek sarg’aygan yuzi qoldi.

Shoir bu holatni hayratomuz tashbehga bog’laydi; zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib , xazondek sarg’aygan yuzim qolganida namoyon bo’lib turibdi.

Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,

Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.

Navoiy dahr zulmidan boshiga yog’ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi.Birinchi bayt oshiqning “junun vodiysig’a moyil” bo’lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo’q bo’lib ketish tilagini ifoda qilsa, G’azal so’ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o’ta ofatni qalamga oladi.bu – telba bo’lishdan ham, dunyodan benim-u nishon ketishdan ham og’ir biro fat.

Bu – yor-u diyordan judo bo’lish musibati. Navoiy shunday yozadi:

Diyorim ahli birla yordin boshimg’a yuz mehnat,

Ne tong, boshim olib ketsam , qo’yub yor-udiyorimni.

Ya`ni, agar men yor-u diyorimni tashlab bosh olib ketar bo’lsam, buning boisi yordan va diyordan boshimga ming balo yoqqanidir. Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday og’ir savdokim:

Yomon holimg’a bag’ri og’rig’ay har kimsakim ko’rgay,

Bag’ir pargolasidan qong’a bulg’ong’on uzorimni.

Bag’rim pora-pora bo’lganidan qonga bo’yaldim, bu holimni ko’rgan har bir kimsaning bag’ri og’rimay iloji yo’q. Tiriklik shoirning nazdida – dard. Bu dardning davosi esa yolg’iz o’lim. Asli sharobdan kelgan bosh og’rig’ining davosi sharobdir. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining daf`i xumori zahri qotildir.4

Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan “Xazoyin-ul ma`oniy” devonida ikki yarim mingdan ortiq G’azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko’p G’azal yozish nasib bo’lmagan.Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan G’azallarning har biri daho ijodkorning Benazir san`ati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo’jizadir.Yaxlit ma`noli, voqeaband G’azallar yaratish ulug’ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir. Maqsud Shayxzoda birinchi bo’lib bunga e`tiborimizni torgan edi. Avvalgi shoirlar ahyon-ahyon uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini noladi, muayyan ravishda badiiy ifoda tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea- hodisalar tasviriga bag’ishlangan turkum- turkum G’azallar shundan dalolat beradi. Yaxlit ma`noli G’azal radif-so’zga urg’u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror- bir hodisadan ta`sirlanib, his- hayajonni to’kib solish ,shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan an`anaviy turkumcha- tamsillar, obraz va ifodalar atrofida suxansozlik qilish, lutf ko’rsatish niyatning mevasidir. Chunonchi, ulug’ shoir jon va jonon mavzusida bir turkum dilbar G’azallar yaratgankim, shulardan birini quyida to’la keltiramiz:

Har labing o’lganni tirg’uzmakda jono, jon erur,

Bu jihatdan bir- birisi birla jonajon erur.

Jonim andoq to’ldi jonondinki, bo’lmas fahmkim,

Jon erur,jonon emas, yo jon emas, jonon erur.

G’azalda “jon”so’zi o’n to’qqiz, “jonon” so’zi o’n olti marta takrorlanib kelgan.Biroq bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg’otadi, shoirning zakovati , topqirligiga qoyil qolamiz,Qarshimizda o’ziga xos butun bir G’azal-tajnis, ya`ni bir o’zakli, talaffuzi, shakli o’xshash, ammo ma`nolari xilma- xil so’zlar vositasida barpo bo’lgan hayratomuz san`at namunasi.Butun G’azal bo’ylab so’z dodini berib tasnisni uzluksiz davom ettirish bir san`at bo’lsa, buni muhim ijtimoiy-axloqiy g’oya bilan bog’lab rivojlantirish orqali go’zal bir tasvirni vujudga keltirish yana bir san`at – yuksak shoirlik mahoratining , uyg’oq, uyg’un taxayyul,tabiatday qudratli va saxiy iste`dodning nash`u namosi, sehrliligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir – biri ila mantiqan payvandlanib, yetakchi, sarbon g’oyani teranlashtira boorish asnosida lirik qahramonning tuyg’ulari ham baytdan baytga kuchayib boraveradi.

Taniqli adib va navoiyshunos olim Maqsud Shayxzoda”Alisher Navoiy lirikasining ba`zi bir poetik usullari haqida “ nomli maqolasida shoir G’azaliyotiga xos yetakchi to’rt uslubiy jilo haqida fikr yuritiladi. Ularning ikkitasi bevosita tadrij badiiy san`atiga murojaat etish bilan vujudga keladi.Alisher Navoiy she`riy ijodiga xos bo’lgan G’azallarda baytlarni ma`nan, fikran va shaklan bog’lash orqali ma`lum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan ma`lum xulosani bayon etish, shuningdek , baytlar silsilasida obrazning tadrijiy etiluvi, takomilini ta`minlash shular jumlasidandir.Fikrimizni quyidagi G’azal bilan asoslashga harakat qilamiz:

Yordin ayru ko’ngil mulkedurur sultoni yo’q,

Mulkkim sultoni yo’q,jismedururkim, joni yo’q.

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul

Bir qora tufrog’dekdurkim,gul-u rayhoni yo’q.

Avvalo, ta`kidlash joizki, mazkur G’azalda ko’zga “yarq”etib tashlanadigan san`at bargardonishdir. Ya`ni mazmunni kuchaytirish, ta`kidlab ko’rsatishga xizmat qiluvchi “takrir”, takror, qaytarishdir.Ayni G’azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so’z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo’lgan g’oyaviy niyatni ta`kidlab ko’rsatishga xizmat qiladi.

Matnga asoslanib, “Yordin ayru ko’ngil” ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi “sultonsiz mulk” ham teng bog’liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin.Anglashiladiki, shoir G’azalda ma`naviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko’ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo’lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma xulosani ilgari suradi.Faqat matla` va undan keying baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlari o’z aksini topadi.Bu, albatta, shoir G’azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq- muhabbat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Muxtasar qilib aytadigan bo’lsak, Navoiy G’azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o’zidir. Ularda muallifning ichki tug’yonlari, ruhiy iztiroblariyu-quvonchlari, tarjimai holiga oid qaydlar uchraydi.Shuningdek, shoir G’azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma`shuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabi rang- barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g’oyani she`rxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan she`rga ko’chadi hamda uning badiiy salohiyati yuksak G’azallarning vujudga kelishini ta`min etadi.




8. Otoyi. Tanlangan asarlar. OʻzSSR Davlat adabiyot nashriyoti, Toshkent, 1958, 16-bet.


Download 72,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish