Fevral inqilobi (1917) -rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral


Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi



Download 387,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2021
Hajmi387,61 Kb.
#67366
1   2   3
Bog'liq
referat

Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi

va bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi

1917 yil 26-28 noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lka musulmonlarining

favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda demokratik musulmon ziyolilar

talabi bilan Turkiston aholisining evropali qismi vakillari ham teng huquqli bo‘lib

ishtirok etdilar. Turkistonning boshqarish tuzumi to‘g‘risidagi masala uch kun davom

etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o‘lkaning barcha mintaqalari

va ko‘pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakillar hozir bo‘ldi. Unda

vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasidan munozaralar bo‘lib

o‘tdi. Muxtoriyat e’lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pchilikni tashkil

etdi.


Qurultoyda qabul qilingan qarorda: «Turkistonda yashab turgan turli millatga

mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari

belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya tarkibida hududiy

jihatdan muxtor deb e’lon qildi».

28 noyabrda tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston

muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar

hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo‘lida

bo‘lishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat kengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat

huqumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi, yana 4 o‘rin evropa aholi vakillariga

ajratildi.

Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi,

shundan 2/3 qismi, ya’ni 36 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi.

Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o‘rtasida katta e’tibor

qozondi. Abdurauf Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan kunni «milliy laylatulqadrimiz»

deb atadi. Turkiston muxtoriyatini barcha demokratik kuchlar qizg‘in

quvvatladi.Teletype

1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri

1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri

1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilobi g‘alabasi Turkiston o‘lkasiga



ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari

Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlar tashkil etila

boshlandi. Toshkentning hamma dahalari vakillari to‘planib «SHo‘roi Islomiya»

tashkilotini tuzdilar.

1917 yilning mart oyida o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy

hayotidagi asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish

g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar o‘rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham

tarqala boshladi. 31 mart kuni rus podshosining o‘lkadagi tayanchi-Turkiston

general-gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat

qarori bilan kadet N.N.SHchepkin raisligida Turkiston qo‘mitasi tashkil qilindi. 9

kishidan iborat bu komitet a’zolarining to‘rttasi: A. Bukeyxonov, M.Tinishboev, S.

Maqsudov va A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillaridan edi.

Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faolligi sharoitida

Toshkentda 1917 yil 16 aprelda «SHo‘roi Islomiya» ning Toshkent tashkiloti

tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining 1 qurultoyi ish

boshladi.

Qurultoyning so‘nggi majlisida markaziy rahbar organ-Turkiston o‘lka musulmon

sho‘rosi tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. SHunday qilib Turkistonning birligi

va yaxlitligi tomon muhim qadam qo‘yildi.

Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Munavvar Qori

boshchiligidagi «SHo‘roi Islomiya»dan 1917 yil iyun oyida diniy ulamolardan tashkil

topgan «SHo‘roi Ulamo» ajralib chiqdi. «SHo‘roi Ulamo» jamiyati tarafdorlari

demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va musulmon ruhoniylarning jamiyatda

islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi har qanday urinishlariga va evropacha madaniyatning

kirib kelishiga keskin qarshi chiqishdi. Ma’rifiy, siyosiy sohadagi yangilanishlar

haqidagi g‘oyalarni ham rad etishdi.

Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar o‘rtasidagi ushbu

bo‘linishdan ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqealari natijasida

Toshkent Soveti hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qildi.

1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi

ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari sovetlariga

berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni

keskinlashtirib, o‘lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo‘llarini

bir-biridan ajratib yubordi.

Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda turkistonlik va qozoq musulmonlarning

qurultoyida «SHo‘roi Islomiya», «SHo‘roi Ulamo», «Turon» va boshqalarni

birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston va Qozog‘iston uchun umumiy bo‘lgan

«Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.

«Ulamochilar»ning ushbu qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining

bo‘lg‘usi siyosiy boshqaruvi to‘g‘risida bo‘lib, unda demokratik Rossiya tarkibida



hududiy federatsiya-»Turkiston federativ

Download 387,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish