Fernando Magellan



Download 20,42 Kb.
Sana10.11.2022
Hajmi20,42 Kb.
#863572
Bog'liq
Fernando Magellan


Fernando Magellan
(1480-1521)
Buyuk geografik kashfiyotlar tarixiga portugaliyalik mashhur sayyoh Fernando Ma­gellan Yerning sharsimon ekanligini tasdiqlagan va sayyoramiz atrofi bo`ylab birinchi aylanma dengiz sayohatini amalga oshirgan kishi sifatida kiritilgan.
XVI asr boshlarida Yerning sharsimonligi haqidagi dalillarning yetarli emasligi sababli bunga bor-yo`g`i bir faraz sifatida qaralardi. Ta’kidlash joizki, Magellan sayohatining muvaffaqiyatli tugashiga ishonmagan. Ammo sayohat muvaffaqiyatli yakunlanib, Yerning sharsimonligi isbot qilindi. Ushbu sayohatdan vataniga qaytish uning o`ziga nasib etmagan bo`lsa-da, o`limi oldidan o`z maqsadiga erishganidan xabar topgan.
Fernando Magellan 1480-yilda Portugaliyaning Traz-uj-Montish provinsiyasidagi Sabroza shahrida tug`ilgan. Saresh burnida joylashgan dengiz maktabida ta’lim olgan. Voyaga yetgach, portugal flotida oddiy dengizchi bo`lib xizmat qildi. 1509-1512-yillarda Hind okeaniga tashkil etilgan portugal ekspeditsiyalarida ishtirok etgan va Malakka yarimoroligacha suzib borgan. Magellan ushbu sayohatlar davomida dengiz ishida juda o`lkan tajriba orttirdi.
Manbalarda keltirilishicha, Magellan bir qancha vaqt Mozambik va Hindistonda yashagan. 1512-yilda esa Lissabonga qaytib kelgan. 1517-yilda esa sayyoh Ispaniyaga kelib, qirol Karl (V) ning xizmatiga kirdi. 1493-yilda qabul qilingan Tordesilyas shartnomasiga muvofiq, 1494-yilda o`rnatilgan demarkatsiya chizig`idan g`arbda ochiladigan yerlar, ya’ni Yashil Burun orollaridan 1770 km uzoqdikdagi meridiandan g`arbdagi yerlar Ispaniyaga, Sharqdagilari esa Portugaliyaga tegishli bo`lishi kerak edi. O`sha vaqtlarda Yerning hajmi haqida aniq ma’lumotlar yetarli bo`lmay, uzoqlikni aniq o`lchay oladigan olimlar juda kam topilardi. Shuning uchun ko`pchilik kartograflar Janubi-Sharqiy Osiyodagi Molukk orollarini (Spice Islands) Ispaniyaga tegishli, deb hisoblashgan.
Hozirgi zamon hisob-kitoblari shuni ko`rsatadiki, haqiqatda Tordesilyas shartnomasiga ko`ra o`tkazilgan demarkatsiya chizig`i 49°33' g`arbiy va 130°27' Sharqiy uzoqlik meridianlari orqali o`tadi, ya’ni Molukk orollari O`sha vaqtda Portugaliyaga tegishli bo`lishi lozim edi. Manbalarga ko`ra, mohir dengizchi buni bilsa-da, o`zini bilmaganga olgan. Ispan hukumati esa Magellanga Mo­lukk orollari demarkatsiya chizig`idan g`arbda joylashgani va aslida Ispaniyaga tegishli ekanini isbotlashni topshirdi.
1518-yilning 22-martida sayohat rejasi Ispan qiroli tomonidan ma’qullanib, unga Magellan rahbar etib tayinlandi. Fernan­do agar Atlantika orqali g`arbga suzilsa, Janubiy dengizga chiqish va «Qattiq yer» orqali o`tgan bo`g`izni (hozirgi Magellan bo`g`izi nazarda tutilgan bo`lsa kerak) topish mumkinligiga ishonardi. Bundan kuzlangan asosiy maqsad, O`sha vaqtda portugallar tomonidan nazorat qilinadigan va Ispan dengizchilari uchun birmuncha xavfli bo`lgan Yaxshi umid burni orqali emas, balki Yevropadan g`arbga qarab suzib, Sharqqa, ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyoga borishning muqobil yo`lini topish edi.
Ekspeditsiya uchun Sevilya shahrida beshta kema - «Trinidad» (Magellanning flagman kemasi) «San Antonio», «Konsepson», «Viktoriya» va «Santyago» tayyorlangan. 1519-yilning 20-sentyabrida 265 kishilik ekipajdan iborat beshta kemani o`z ichiga olgan eks­peditsiya Gvadalkvivir daryosining quyilish qismidagi Sanlukar- de-Barrameda bandargohidan chiqib, g`arbga tomon jo`nadi. Tarjimon sifatida Magellan malayyalik xizmatkori Enrikeni olgandi. Bundan tashqari, flotiliyaning bir necha ofitseri ham Braziliya va Tinch okeanida yashaydigan mahalliy aholi tilini bilishgan.
1519-yil 26-sentyabrda dengizchilar Kanar orollaridagi Tene­rife oroliga yetib kelib, 3-oktyabrda Braziliyaga yo`l oldilar. O`sha yili 29-noyabrda sayyohlar Sant- Avgustin burnidan janubi-g`arbga suzib, 13-dekabrda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga yetib kelishgan. 1520-yilda San-Xulian bandargohiga yetib kelgan ekspeditsiya, janubiy yarimsharda qish boshlanishi munosabati bilan shu yerda qishlab qoldi.Ekspeditsiya to`xtagan joyda sayyohlar Ispanlarga nisbatan bo`yi birmuncha baland va katta oyoqlarga ega maxalliy Hindular yashashiga guvox bo`ldilar. Shuning uchun ham bu yerni Magellan Patagoniya, ya’ni «Katta oyoqlilar yeri», deb atagan. Bugungi kunda Chilining Magellan bo`g`izida joylashgan Punta-Arenas shahridagi markaziy maydonda buyuk sayyoh sharafiga o`rnatilgan me’moriy majmuaning pastki qismida katta oyoqli patagoniyalikning o`tirgan holdagi haykali mavjud.
Pasxa bayramini nishonlash chog`ida ekspeditsiyada ishtirok etgan portugal va ispan kapitanlari o`rtasida orqaga qaytish lozimligi masalasida nizo chiqqan. Magellan kapitanlardan birini unvonidan mahrum etib, qirg`oqqa tushirib qoldirishni buyurgan. Ekspeditsiya 1520-yil 24-avgustda Sant-Xulianni tark etdi.
1520-yilning sentyabrida ekspeditsiya to`rtta kemada (ulardan biri «Santyago» halokatga uchradi) okeanga chiqib, janub tomon suza boshladi. Oktyabr oyi oxirida kemalar keyinchalik sayyoh nomi berilgan Magellan bo`g`iziga yetib keldi.
Notanish bo`lgan bo`g`iz orqali suzish juda qiyin kechgan. Buning ustiga eng oldinda borayotgan yana bir kema «San-Antonio» bir oz shikastlangan. Shu sababli kema bo`g`izdan chiqibok, Olovli Yer oroli janubini aylanib o`tib, Ispaniyaga qaytib ketdi. Qolgan uch kemada Magellan bo`g`izini suzib o`tish uchun ekspeditsiyaga 38 kun kerak bo`lgan.
1520-yilning 28-noyabrida «Tri­nidad», «Konsepson» va «Vikto­riya» kemalari bo`g`izni suzib o`tib, Janubiy dengiz hududiga kirib borishgan. Ekspeditsiya kemalarining bu hududni nisbatan tinch su­zib o`tgani bois Magellan bu yerlarni Tinch okean, deb ataydi. Chuchuk suv va oziq-ovqat zaxiralari tugab borayotgan bir sharoitda, 1520-yil­ning 18-dekabriga qadar Magellan kemalari Chili yaqinidagi qirg`oq bo`ylab suzib, keyinchalik shimoli-Sharqqa yo`l olgan. 1521-yilning 24-yanvarida ekspeditsiya a’zolari Tuamotu arxipelagi orqali suzib, 6-martda Tinch okean shimolidagi Mariana orollari qirg`oqlariga tushishgan. Dengizchilar 99 kunlik suzishdan keyin birinchi marta oyoqlari ostida yerni his etib, toza meva-sabzavot va oziq-ovqatdan bahramand bo`ldilar.
Magellan Mariana orollarida uch kun turib, 1521-yilning 9-martida janubi-g`arb-g`arbga, keyinchalik Filippin, deb atalgan orollarga qarab suzdi. Mazkur orollardagi ikki qabila boshliqlari mojarosiga aralashib qolgan sayyoh 1521-yil 21-aprelda Lapu-Lapu qabilasi sardori tomonidan o`ldirilgan.
Yer shari bo`ylab aylanma sayohatga chiqqan Magellan ekspedisiyasining beshta kemasidan faqatgina bittasi «Viktoriya» 1522-yilning 6-sentyabrida bor-yug`i 18 nafar ekipaj a’zosi bilan Ispaniyaning Sevilya shahriga qaytib kelgan.
Sayyohning xotirasi qator geografik ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Olovli yer orolini Janubiy Amerikadan ajratib turuvchi bo`g`iz, atmosferadagi bulutlar, kosmik apparat, pingvinlarning bir turi va Marshall orollari yaqinidagi Tinch okeanidagi suv osti tog`lari Magellan nomi bilan atalgan.
Download 20,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish