3. Rivojlangan mamlakatlarda lizingning rivojlanishi Amerika Qo‘shma Shtatlarida lizing bozori. - Bugungi kunda, AQSHdagi lizing beruvchilar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar: Mustaqil lizing kompaniyalari, banklar huzuridagi lizing kompaniyalari va uskunalar ishlab chiqaruvchilar huzuridagi kompaniyalar. Mustaqil lizing kompaniyalariga lizing tarmog‘idagi mablag‘ aylanishining taxminan yarmi, ya’ni 50-52 %i, banklarga 27 va uskunalar ishlab chiqaruvchilar huzuridagi kompaniyalar 19 %i, bozorning boshqa ishtirokchilariga esa 2 %i to‘g‘ri kelmoqda. Lizing eng daromadli moliya vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda: soliqlar to‘lagunga qadar foydaning tushumga nisbati tarmoq bo‘yicha o‘rtacha 18 %ini, sarmoyadan daromad esa 15 %ga yaqinroqni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |