Yevropada lizing biznesi “Leaseurope” lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Yevropa federatsiyasining yillik hisobotlarida yoritib boriladi. Yevropada oxirgi 13 yil ichidagi lizing faoliyati tadqiqotlarini baholash bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 6 baravar, ya’ni yiliga o‘rtacha 15 % ga o‘sdi. Lizing faoliyati bo‘yicha yetakchilar qatoriga lizingga kiritilgan kapital hajmi 436,7 mln yevro bo‘lgan Daniya, Buyuk Britaniya (271,9 mln yevro), Fransiya (275,05 mln yevro) va Italiya (228,9 mln yevro) kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda, lizing xizmatlarining Estoniyada 42,07 %, Irlandiyada 21,9 %, Chexiyada 19,5 % va Shveytsariyada 17,6 % o‘sishi kuzatildi. - Yevropada lizing biznesi “Leaseurope” lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Yevropa federatsiyasining yillik hisobotlarida yoritib boriladi. Yevropada oxirgi 13 yil ichidagi lizing faoliyati tadqiqotlarini baholash bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 6 baravar, ya’ni yiliga o‘rtacha 15 % ga o‘sdi. Lizing faoliyati bo‘yicha yetakchilar qatoriga lizingga kiritilgan kapital hajmi 436,7 mln yevro bo‘lgan Daniya, Buyuk Britaniya (271,9 mln yevro), Fransiya (275,05 mln yevro) va Italiya (228,9 mln yevro) kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda, lizing xizmatlarining Estoniyada 42,07 %, Irlandiyada 21,9 %, Chexiyada 19,5 % va Shveytsariyada 17,6 % o‘sishi kuzatildi.
- Yevropada lizing operatsiyalarining aksari qismi ko‘char mulk bilan bog‘liqdir. Yevropaning yetakchi mamlakatlari bo‘yicha yangi asbob-uskunalar yetkazib berishda lizing obyektlarining ulushi 11-15 % atrofida bo‘lib, faqat Buyuk Britaniyadagina 30 %dan oshdi.
- Buyuk Britaniyada lizing juda rivojlangan bo‘lib, jami lizing bitimlari qiymati 35,025 mln yevroni tashkil etadi. Bu jihatdan Daniyaning ko‘rsatkichlari ham yuqori – 31,029 mln yevro. Asbob-uskunalar lizingi Estoniyada 77,2 %, Shvetsiyada 52,6 %, Slovakiyada 41,9 %, Germaniyada 33 % va Marokashda 32,1 % o‘sdi. Ko‘chmas mulk lizingi ko‘proq Italiyada tarqalgan bo‘lib, uning ulushi 35,9 %ni, Fransiya va Daniyada esa mos ravishda 20,7 va 17,8 %ni tashkil etadi.
- Lizingga olingan asbob-uskunalar tuzilmasi juda qiziq bo‘lib, u mamlakatdan mamlakatga o‘tib borgan sari keng miqyosda o‘zgarib boradi. Jami lizing operatsiyalari hajmi va lizingning o‘sish sur’atlari bo‘yicha yengil avtomobillar lizingi yetakchilik qiladi. Bu bexosdan emas, albatta, chunki xalqaro turizm rivojlanib, ishbilarmonlik faolligi o‘smoqda, demak, faoliyat sohasi turli xil bo‘lgan shaxslarning ish bilan bog‘liq safarlari ham ortib bormoqda. O‘zbekistonda mazkur biznes turini amalga oshirishga birinchi harakatlar qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |