Fermentlarning tasnifi va tavsifi



Download 74 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi74 Kb.
#257368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermentlarning tasnifi va tavsifi. Fermentlarning amaliyotda dori-darmon sifatida qo`llanilishi

4. Poliferment sistemalar. Har bir hujayra o`ziga xos fermentlar to`plamiga ega. Ba`zi fermentlar hamma hujayralarda, boshqalari esa faqat ayrim hujayralardagina uchraydi. Hujayrada har bir fermentning ishi alohida bo`lmasdan boshqa fermentlar bilan uzviy bog`langan. Ko`p shaklli fermentlardan poliferment sistemalar yoki konveyerlar shakllanadi. Poliferment sistemalar ishi ularning hujayrada tashkil topish xususiyatlariga bog`liq. Shartli ravishda poliferment sistemalarning tashkil topishiga ko`ra quyidagi turlarini ajratish mumkin: funktsional, struktura - funktsional va aralash. Funktsional tuzilishda fermentlar poliferment sistemada birlashgan bo`lib, birinchi fermentdan ikkinchisiga o`tadigan metabolitlar yordamida ma`lum bir vazifani bajaradi. Jumladan, funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarda zanjirdagi birinchi ferment reaktsiyasining mahsuloti keyingi ferment uchun substrat bo`lib xizmat qiladi va hokazo. Funktsional tashkil topgan poliferment sistemalarga glikoliz, ya`ni glyukozaning parchalanishi misol bo`la oladi. Glikolizning hamma fermentlari erigan holatda bo`ladi. Har bir reaktsiya alohida fermentlar bilan katalizlanadi. Bunda metabolitlar bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qiladi. Zanjirdagi har bir fermentning holati glyukozadan boshlab substratga o`xshashligi bo`yicha belgilanadi va ularning har biri oldingi ferment katalizlaydigan reaktsiyaning mahsuloti hisoblanadi.

Struktura funktsional tuzilishda fermentlar ferment - fermentli o`zaro ta`sir yordamida ma`lum seriyali struktura sxemalarini hosil qiladi. Shunday usulda molekula darajasidan yuqori kompleks poliferment strukturalar shakllanadi. Bunga pirouzum kislotasining oksidlanishida ishtirok etuvchi bir nechta fermentlardan tashkil topgan piruvatdegidrogenaza poliferment kompleksi hamda 7 ta struktura jihatidan bog`langan fermentlardan tashkil topgan, birgalikda yog` kislotalarning sintezi - umumiy funktsiyani yaxlit bajaruvchi yog` kislotalar sintetazasi misol bo`la oladi. Bunday poliferment sistemalar juda mustahkam va juda qiyinlik bilan alohida fermentlarga parchalanadi. Shu jihati bilan ular funktsional tuzilgan poliferment sistemalardan farq qiladi.

Struktura - funktsional tuzilishning poliferment komplekslaridan tashqari yana boshqa variantlari ham bo`lishi mumkin. Masalan, fermentlar biologik membranada birikib, zanjir bo`lib tizilib oladi. Elektron va protonlarning tashilishi va energiya hosil bo`lishida ishtirok etuvchi mitoxondriyaning nafas olish zanjiri masalan, mana shunday tuzilishga ega. Struktura - funktsional tuzilish turi asosan biologik funktsiyasi yuqori darajada turg`un holatda bajarilishi lozim bo`lgan ferment sistemalari uchun muhimdir. Bundan sistemalardagi fermentlarni ajratish ularning faoliyatini to`xtashiga olib keladi. Poliferment sistemalarning aralash turi 2 turdagi tuzilishning birgalikda bo`lishidir, ya`ni poliferment sistemaning bir qismi struktura tuzilishiga, boshqa qismi esa funktsional tuzilishga ega bo`ladi. Bunday tuzilishga Krebs halqasining poliferment sistemasi misol bo`la oladi, unda ba`zi fermentlar struktura kompleksida birlashgan (2-oksoglutaratdegidrogenazali kompleks), boshqalari esa bir-biri bilan bog`lovchi metabolitlar yordamida funktsional jihatdan birlashgan.


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish