3. Ko`p shaklli fermentlar. Fermentlar bir turda, bir to`qimada, hatto bir hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda uchrashi aniqlandi. Bu fermentlar ayni bitta reaktsiyani kataliz qilsalar ham bir - birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining optimumi, kataliz qiladigan reaktsiyaning eng yuqori sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro farqlanadi. Ko`p shaklli fermentlarning paydo bo`lish tabiati xilma - xil bo`lib, oxirigacha o`rganilmagan. Izofermentlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasida nasliy farq bo`lishidan kelib chiqadi, ya`ni ularning fizik - ximik farqlari nasliy xossalarga ega. Bir fermentning nasliy bo`lmagan modifikatsiyalariga shaklli fermentlar deyiladi.
Izofermentlar moddalar almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib, ichki va tashqi omillarga turli to`qimalardagi metabolizmni moslashtirish imkoniyatini beradi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va to`qimalarda, hattoki organoidlarda bir xil bo`lmaganligi sababli ular bioximik reaktsiyalar yo`nalishini o`zgartirish imkonini beradi.
Oligomer tuzilishga ega bo`lgan izofermentlarning bir ajoyib xususiyati bor: butun kompleksning faolligi ayrim subbirliklarning bir - biriga nisbatan joylashishiga bog`liq. Keyingi yillarda juda ko`p fermentlarning izofermentlari aniqlangan: achitqilar, odam va hayvon hujayralaridagi gliserataldegidfosfatdegidrogenaza, piruvatdegidrogenaza, geksokinaza va boshqalar. Bu guruhga mansub fermentlardan birinchilar qatorida yaxshi o`rganilgani oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasini kataliz qiluvchi laktatdegidrogenaza bo`ldi:
Laktat + HAD+ Piruvat + HADH + H+
Bir turdagi organizmlarning turli organlarida uning besh xil izozimi uchraydi, ular to`rtta polipeptid zanjirdan iborat. 5 ta izofermentning har biri aminokislota tarkibi va birlamchi strukturasi bo`yicha farqlanadigan 2 polipeptid zanjirlardan: A yoki M zanjir (ing. «muscle» - muskul so`zidan) va B yoki H - zanjir (ing. «heart» - yurak so`zidan) tuzilgan. Binobarin, faol ferment bu 4 subbirliklarning kombinatsiyalaridan biriga: H4, H3M, H2M2, HM3, M4 va LDG ning quyidagi izofermentlari LDG1, LDG2, LDG3, LDG4, LDG5, ga to`g`ri keladi. Skelet muskullarida mavjud LDGning izoshakli asosan 4 M - zanjirlaridan, yurak muskul to`qimasidagisi esa asosan N - zanjirlardan tashkil topgan. LDGning izoferment tarkibining ba`zi kasalliklarda o`zgarishi undan tashxis maqsadlarida foydalanish umidini tug`dirdi. Izofermentlar miqdorini qon zardobida o`zgarishiga qarab qaysi a`zo kasallikka duchor bo`lganini, patologik jarayoni naqadar og`ir ekanligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |