Ikkinchisi, fermentlarning kimyoviy modifikatsiyasida ularning xossalari (substratga spetsifildigi,
katalitik faolligi, stabilligi) o'zgaradi, ya'ni fermentlar barqarorlashadi.
Immobillash uchun cheklanmagan materiallar (shisha, sopol, metall oksidlari va boshqalar) tabiiy polimerlar (selluloza, xitin, agaroza, kraxmal va boshqa polisaxaridlar) va albatta, sintezlangan polimer va sopolimerlar mavjud.
Shunday qilib, fermentlarning kovalent immobillash deganda, kimyoviy bog'lar orqali bir-biri bilan o'zaro bog'langan uchta ele-mentning tuzilishi tushuniladi: T-S-F (maksimum holat) yoki ikkita T-F va S-F (minimum holat).
Bu konstruksiyani mukammal ravishda ko'rib chiqamiz. Tashuvchining yuzasida funksional guruhlar bor, ular fermentlarning funksional guruhlari bilan kovalent bog'lanadi.
Natijada, kimyoviy reaksiyaga kirisha oluvchi immobillangan ferment hosil bo'ladi.
Demak. ferment eritmasiga tashuvchi kiritilib, qaytmas adsorbsiya sodir bo'lib. ferment va tashuvchi o'zaro bir yoki bir ncchta kovalent bog Чат orqali tikilib qoladi. Oqsilni tashuvchi bilan juda yaqin masofada bo'lishi maqsadga muvoriq emas, chunki ferment mikromuhitining noqulay o'zgarishiga, sferik (fazoviy) va diffuzion cheklanishlarni bisobga olishga sabab bo'ladi. Bunday vaziyatdan chiqishning yagona yo'li immobillangan ferment molekulasini tashuvchi yuzasidan ma'lum maso-faga surish hisoblanadi. Buning uchun har xil uzunlikdagi tikuv-chi reagentlar ishlatiladi.
Ular oddiy bifunksional (ya'ni, kimyoviy tabiatiga ko'ra ikki-ta bir xil yoki har xil reaksiyaga kirishishga qodir gumhlar) va o'ta murakkab polifunksional bo'lishi mumkin, bir-biridan farq qiladi-gan zanjirlaming kimyoviy tabiati ular orasidagi bog'laming har xil mustahkamligiga bog'liq. Kovalent immobillashning umumiy negizi sifatida ishlatiladigan tikuvchi agent yordamida ferment tashuvchi bilan bog'lanadi.
Buusulningafzalligi:
tikuvchi agentning uzunligini (yoki har xil uzunlikdagi tikuvchi agentlarni optimal aralashmasini) tanlash bilan immobillangan fermentning katalitik xarakteristikalarini o'zgartirish mumkin;
chokni shunday konstruksiyalash mumkinki, bunda ma'lum bir sharoitlarda yoki ma'lum reagentlar bilan spetsifik holda par-chalanadigan (chunonchi ferment yordamida) o'zgaruvchi bog' saqlanishi kerak, bu bog' immobillangan fermentni tashuvchidan ajratishda (masalan, tirik organizmda yo'naltirilgan fermentlar transporti muammosini hal qilishda) nazorat kaliti hisoblanadi.
Fermentlarni kovalent immobillashda ferment molekulaJari-ning har xil turda kovalent tikilish xususiyati ahamiyatga ega-dir. Ferment turlarini yaratish fikri (fermentlar retikulatsiyasi) ferment molekulasining polifunksional tabiatidan kelib chiqadi, uning yuzasida faol markazdan tashqari ko'p miqdorda reaksiyaga kirishishga qodir guruhlar mavjud.
Ferment eritmasiga bifunksional tikuvchi agent kiritilganda fermentning ayrim molekulalari bir-biri bilan tiqilib, murakkab-roq yoki murakkabmas to'rsimon tuzulishga ega bo'lgan agregat-lar hosil qiladi. Tikuvchi agentning tabiati va miqdoriga qarab. suvda eriydigan va suvda erimaydigan preparatlar hosil bo'lishi mumkin.
Immobillashda oldindan qo'sh bog'li reagent (masalan, akri-loilxlorid) bilan kovalent modifikatsiyalangan fermentlarning qo'llash mumkin. Bu holda oqsil makromonomerining past mole-kular monomerlar (masalan, akrilamid) bilan sopolimerlanganida oqsil yoki qo'shimcha tikuvchi monomerlar (masalan, N, N-metil - bis-akrilamid) bilan tikilgan to'rsimon gellar hosil bo'ladi.
Ko'rib chiqilayotgan tizimda dastlabki holat - suyuq-eritmadan oxirgi (polimerlanishdan keyin) holat - qattiq jism (gel)dan iborat bo'lib, hosil bo'lgan mahsulot polimerlanish uchun qo'llanadigan idish shaklini oladi.
Erituvchi hajmida oqsilni tikish (polimerlash) bilan uch o'l-chamga ega bo'lgan yirik gel olinadi. So'ngra uni maydalab sus-penziya ko'rinishda ishlatish mumkin. Uch o'lchamga ega bo'lgan gellarni to'g'ridan-to'g'ri emulsion polimerlash yo'li bilan olish mumkin. Organik erituvchilarda SFMga aylangan mitsellalar tizimi qo'llansa, fermentning ayrim molekulalarini kerakli qalin-likdagi qobiq bilan tikish mumkin.
Fizikaviy adsorbsiya yo'li bilan kimyoviy inert tashuvchiga oldindan immobillangan fermentni tikuvchi agent bilan ta'sirlashi-shi natijasida, preparatlarning mustahkamligi (qattiqligi) oshadi.
Har qanday ferment asosini bir yoki bir necha polipeptid zan-jirining zich.konstruksiyasidan
tuzilgan, disulfid ko'priklar bilan kovalent tikilgan (bog'langan) oqsil tashkil etadi. Masalan, anor-ganik va organik tabiatga ega bo'lgan prostetik guruhlarda (lipo-proteinlarda) va uglevodlardagi (glikoproteinlardagi) ba'zi fermentlar tarkibida oqsildan tashqari komponentlar ham uchraydi.
Umuman, immobillashning kimyoviy usullari ferment moleku-lasining oqsil qismida modifikatsiya qilish jarayonini tanlashda uning molekula tuzilishidagi o'ziga xoslikni e'tiborga olish kerak.
Yumshoq sharoitda natriy periodat bilan oksidlash orqali fermentning polisaxarid qismiga aldegid guruhlari kiritiladi, keyingi bosqichda esa ular ko'magida aminoguruhlar tutgan tashuvchilar (yoki tikuvchi agentlar) bilan kimyoviy o'zaro ta'sir amalga osha-di (bunda Shiff asoslari vujudga keladi).
Fermentlarning oqsil qismlari o'zaro peptid bog'i bilan bog'-langan 20 ta aminokislotadan tashkil topgan. Oqsillarning poli-peptid zanjirlarida qoldiq aminokislotalar miqdori bir necha o'ndan to minggacha bo'ladi, ammo oqsillarning sifat tarkibi (u yoki bu aminokislota qoldig'ining borligi) juda o'xshash.
Oqsildagi barcha aminokislotalarning taxminan yarmi qutblan-magan yoki kam qutblangan ion
tashkil etadi, natijada polipeptid zanjirlar globular strukturaga aylanadi, ularning yadrolari polipeptid zanjiming qutblanmagan bo'laklarini tashkil etadi, tashqi qavat esa qutblangan va ionogen guruhlarni hosil qiladi.
Tashqi qavatga -SH, -OH, -COOH, -NH
2 lar kiradi. Shubha-siz, gidrofob guruhlarning ba'zilari ham sirtga joylashgan bo'lishi mumkin, ular globulada substratlarni bog'Iovchi sohalarni tashkil qiladi.
Aromatik aminokislotalar (tirozin va triptofan) qoldiqlari ichki soha bilan tashqi qavat orasiga joylashadi, ularning bir qismi erit-maga o'tadi.
Binobarin, oqsil molekulalaming tashqi qismini funk-sional guruhlar bilan qurshalgan o'ziga xos pufaklar ko'rinishda tasawur qilish mumkin, bular jumlasiga tiolli (sistein), gidroksilli (alifatik - serin va treonin, aromatik - tirozin), karboksilli (glutamin va asparagin kislotalari hamda -C- bilan tugallangan) guanidin-li (organik), imidazolli (gistidin) va aminoguruhlar (lizin va N -bilan tugallangan) funksional guruhlar kiradi. Oqsillarda u yoki bu guruhlar miqdori turlicha bo'ladi. Masalan, molekular og' irligi tax-