Fermentlar va ularning ahamiyati
Ozoda Toirovna Jo’rayeva
ozodajorayeva74@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Barcha tirik organizmlar, o’simliklar, hayvonlar, bakteriyalarning
hayotida fermentlarning roli juda katta hisoblanadi. Fermentlar tirik organizmdagi
biosintez reaksiyalarida faol qatnashadi va ularning normal kechishini taminlaydi.
Ushbu maqolada fermentlarning tirik organizmlardagi ahamiyatini ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
Fermentlar, amilaza, katalizator, uretraza,
Enzimopatiya,
fermentopatiya
Enzymes and their significance
Ozoda Toirovna Djuraeva
ozodajorayeva74@gmail.com
Bukhara State University
Abstract:
The role of enzymes in the life of all living organisms, plants, animals
and bacteria is very high. Enzymes are actively involved in biosynthetic reactions in
living organisms and ensure their normal course. In this article, we will look at the
role of enzymes in living organisms.
Keywords:
Enzymes,
amylase,
catalyst,
urethrase,
enzymopathy,
fermentopathy.
Oʻrta asr qomusiy olimi Abul Faraj ibn Xorun shunday degan ekan: “Organizm
hazm qilmagan taom, uni isteʼmol qilganning oʻzini yeb qoʻyadi”. Negaki ovqatning
yaxshi hazm boʻlishi - kuchli immunitet mavjudligining shartlaridan biridir.
Oʻzingizni yaxshi his etish uchun ozuqaviy oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar
va mikroelementlarning sifatli hazm boʻlishi muhim [1].
Sogʻlom ovqatlanish va uning hazm qilinishi bola rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kattalar va bolalarning ovqatlanishi koʻp jihatdan
farqlanadi - bola organizmida oziqlantiruvchi moddalar, tabiiy mahsulotlar va
vitaminlarga ehtiyoj ancha yuqori boʻladi. Negaki ular uning oʻsishi va rivojlanishiga
jalb qilingan boʻlishadi. Bolada modda almashinuvi kattalarga qaraganda 1,5-2
barobar yuqori boʻladi. Oʻsish, toʻgʻri rivojlanish, mushak massasini koʻpaytirish
taʼminlash uchun oʻsuvchi organizmning kunlik oziq-ovqat ratsionining energiyaviy
qiymati uning energiya sarflaridan oʻrtacha 10-15% koʻproq boʻlishi kerak.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
211
Agar inson isteʼmol qiladigan mahsulotlarda foydali moddalarning miqdori koʻp
boʻlsa, fermentlarning yetishmovchiligi sababli deyarli oʻzlashtirilmaydi, turli xil
kasalliklarning paydo boʻlish xavfi ortishi mumkin. Ovqat hazm qilinishining
buzilishi koʻplab kasalliklarning rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ozuqaviy
moddalarning toʻgʻri hazm boʻlishi almashinuv xarakteridagi kasalliklar, gepatitlar,
disbakterioz, boʻgʻimlar kasalliklari, [2-5] fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishida
muhimdir.
Fermentlar, lotincha fermentum - achitqi, enzimlar - hayvon, oʻsimlik va
bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. Fermentlar maxsus
xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan
farqlanadi. Ular katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini
pasaytiradi.
1914-yil rus kimyogari G.S.Kirxgof undirilgan arpa donidan olingan ekstrakt
taʼsirida kraxmalni qandgacha parchaladi. 1933-yilda fransuz kimyogarlari A.Payen
va J.Perso birinchi marta arpa donidan amilaza fermentini ajratib oldilar. 19-asr
oʻrtalarida mikrobiologiyaning asoschisi L.Paster achish jarayonini tirik
mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi va bu jarayon ularning hayoti bilan bogʻliq deb
koʻrsatdi. 1897-yilda nemis kimyogari E.Buxner achitqidan spirtli achish jarayonini
chiqiruvchi fermentni ajratib oldi.
20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari R.Vilshtetter xodimlari bilan
fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. 20- 30-
yillarda J.Samor, birinchi kristallik ferment (uretraza), soʻngra pepsin va boshqa bir
qator proteologik fermentlarni [6-9] kristall shaklida ajratib olgan.
20-asrning oʻrtalariga kelib, fizikkimyoviy taxlil va oqsil kimyosi usullarining
rivojlanishi natijasida qator fermentlarning birlamchi strukturasi aniqlandi. Masalan,
qoramol oshqozon osti bezining ribonukleaza fermentlari toʻrtta disulfid bogi bilan
bogʻlangan 124 aminokislota qoldigʻidan iboratligi koʻrsatib berildi. Shundan keyin
rentgen struktura taxlili yordamida bir qancha fermentlarning ikkilamchi va
uchlamchi strukturalari aniqlandi [10-15]. Koʻp fermentlar toʻrtlamchi strukturaga
ega ekanligi, yaʼni molekulalari tarkibi va strukturasi jihatidan turlicha boʻlgan bir
qancha oqsil subbirliklardan iboratligi koʻrsatildi.
Fermentlar barcha oqsillar kabi oddiy va murakkab boʻladi. Murakkab
fermentlarning molekulalari ikki komponentdan: oqsil va oqsil boʻlmagan - prostetik
guruh komponentidan iborat. Prostetik guruh apofermentdan oson ajraladigan
hollarda kofaktor yoki koferment deb ataladi. Uglevodlar, nukleotidlar, turli
metallarning ionlari va boshqa birikmalar, vitaminlar hamda ularning hosilalari
kofermentlar boʻlishi mumkin. Avitaminoz va gipovitaminozlarda koʻpgina ferment
tizimining funksiyasi izdan chiqadi, bu butun organizm normal hayot faoliyatining
buzilishiga sabab boʻladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
212
Koʻpchilik fermentlar aʼzo va toʻqimalarda shu darajada kamki, qatto ularning
absolyut miqdorini bilish qiyin. Shu sababli fermentlarning istalgan aʼzodagi
miqdorini, ularning faolligiga qarab aniklanadi. fermentlarning faollik birligi uchun
bir min.da maʼlum miqdordagi substratning oʻzgarishini katalizlashga ketgan
fermentlar miqsori qabul qilingan.
Fermentlarning taʼsir etishi bir qator omillarga, xususan, temperatura va muhit
rN ga bogʻliq. F.ning taʼsir etish optimum trasi 38-60°, temperatura bundan yuqori
boʻlsa, fermentlar odatda, denaturlanib oʻz faolligini yoʻqotadi. Pekin baʼzi
fermentlar 100° issiqlikka ham chidaydi. Odam va issiq qonli qayvonlar fermenti 37-
38°da, yaʼni tana haroratida taʼsir koʻrsatadi. Fermentlar faolligining traga
bogʻliqligidan tibbiyot amaliyotida, jumladan, jarrohlikda foydalaniladi.
Koʻpchilik fermentlar neytral reaksiyada (rN- 7,0 da) faol boʻlib, kislotali va
ishqorli muhitda ular oʻz faolligini yoʻqotadi. Kislotali muhitda faol boʻlgan pepsin
va baʼzi toʻqima proteolitik fermentlar hamda ishqorli muhitda (rN - 8,0 da) faol
boʻlgan tripsin bulardan mustasno.
Fermentlar faolligiga turli moddalar kuchaytiruvchi (aktivatorlar) yoki
toʻxtatuvchi tazyiq koʻrsatadi. Turli anorganik ionlar, xususan, turli xil metall ionlari
fermentlar aktivatorlari hisoblanadi. Fermentlar faolligini susaytiruvchi birikmalar
ingibitorlar fermentlar bilan qoʻshilib, fermentativ faollikni yoʻqotadigan kompleks
hosil qiladi.
Fermentlaring biosintezi genetik kod tomonidan nazorat etiladi. Ular ichki va
tashqi omillar: mutatsiyalar, ionlovchi radiatsiya, ovkatlanish sharoiti va boshqa
taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Katalitik taʼsiri bir xil boʻlib, fizikkimyoviy xossasi
bilan farqlanadigan fermentlar izofermentlar deyiladi [16-20]. Hujayrada fermentlar
faolligini boshqarishda hujayra tarkibiy qismini tashkil etuvchi strukturalar -
mitoxondriyalar, mikrosomalar va boshqa katta rol oʻynaydi.
Enzimopatiya yoki fermentopatiya deb ataluvchi turli fermentlar tizimi
funksiyalarining buzilishi kishida koʻpchilik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab
boʻladi.
Turli omillar tufayli fermentlarning optimal taʼsir etish sharoiti oʻzgarganda
fermentlarning qondagi faolligi pasayishi kuzatilgan [21-22]. Uning bu xususiyatidan
diagnostikada foydalaniladi. Fermentlaning qon zardobidagi faolligini aniqlash usuli
keng qoʻllaniladi. Bu usul yordamida kasallikni boshlanish paytida aniqlash mumkin.
Biologik jarayonlarning matematik modellari oddiy va xususiy hosilali
differensial tenglamalar sistemalari orqali ifodalanadi. Bunda olinayotgan parametrlar
o’rganilayotgan jarayonning xususiyatidan kelib chiqib tanlanadi. Tenglamalarning
yechimlari orqali jarayonning istiqboldagi holati to’g’risida xulosa qilish mumkin. Bu
esa biologlar uchun kelgusida sharoitni qanday tashkil qilish yoki unga qanday
o’zgartirishlar kiritishlari to’g’risida aniq yo’l ko’rsatib beradi. Masalan populyasiya
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
213
jarayonlarining o’zgarishi haqida xulosa chiqarish mumkin bo’ladi [23-31]. Bu
matematiklardan tenglamalarni sifatiy tahlil qilishni talab etadi.
Adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan matematikaga oid ilmiy izlanishlarda biologik
jarayonlarni ifodalovchi turli matematik modellar tahlil qilingan va biologik
jarayonlarning istiqboli ko’rsatib o’tilgan. Masalan, populyasiya va turli fizik
jarayonlar chiziqli bo’lmagan oddiy differensial tenglamalar sistemalari hamda
chiziqli bo’lmagan xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun turli chegaraviy
masalalarni o’rganishga keltirilgan va yechimlari sifatiy tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |