Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet10/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Документ

5-QISM

QUMURSQA

Emma orqasiga ovoz yozadigan telefonni yashirib, Rozvaldning xonasiga kirib keldi. Rozvald uni yaxshi kutib olib, o'tirishni taklif qildi.

–Ko'rishmaganimizga ham ikki oydan oshibdi. Har oy kelib tursang bo'larkan. "YSM" ga ko'nikib qoldingmi?

–Rahmat. Hammasi yaxshi,-Emma jilmayib, telefonning ovoz yozib oladigan tugmasini bosdi,-O'zingizda nima gaplar? Bu oy ko'payish 31 foizga kamayibdimi? O'ziyam vampirlarga juda ko'p bola jo'natganmisiz, deyman?

Rozvaldning yuzidagi jilmayishning o'rnini jiddiylik egallab, qo'liga yana kaktusini oldi.

–Mana shu kaktusni ko'ryapsanmi, Emma? Bu har 10 yilda gullaydi. Uning gulini ko'rish ham o'zgacha zavq. Tan olishim kerak, sen ham shundaysan. Sendaka odamlar har o'n mingtadan bitta tug'iladi. Kel endi yaxshilikcha gaplashib olamiz, agar yana bir marta og'zingdan shunaqa gap chiqadigan bo'lsa, seni ham, o'sha oilangni ham, Williamni ham o'ldiraman. Bu ish men uchun muammo emas. Ayniqsa Marta Gudmenning maqolasidan keyin...Ha aytgancha, uni o'qidingmi?

–O'qidim. Men siz bilan tuzilgan bitimni buzmoqchiman. Men barchaga, hatto o'sha haqiqatni bilmaydigan bechora Marta Gudmenga ham haqiqatni aytaman. Bir tasavvur qilib ko'ring-a, ertangi ro'znomalarda chaqaloqlarni vampirlarga sotib, ularga yashirincha xizmat qiladigan va "YSM" ni aldab keladigan prezident haqida yozilsa...

Menda bir savol bor, sizdan avvalgi prezidentlar ham shunday qilganmi?

–Hech narsa qila olmaysan, Emma. Bu gaplaring quruq tuxmat, xolos. Hech kim senga ishonmaydi. Shunchaki o'lishni xohlamasdan o'ylab topilgan yolg'on deb qabul qilishadi.

–Lekin bizda dalillar bo'lsa-chi?-so'radi Emma jilmayib,-Axir biz Anabella xonim bilan do'stmiz. Uning shtabiga chaqaloq yetkazib beruvchi josuslar tutilib, barchaning yonida so'roq qilinsa nima deyishar ekan?

–Bu bilan meni qo'rqib ketdi deb o'ylayapsanmi?-so'radi Rozvald stolni tiqirlatib,-Men nima qilgan bo'lsam "YSM" uchun, uning kelajagi uchun qildim! Odam qanchalik kam bo'lsa, hudud shuncha uzoqqa yetadi! Bu siyosatni men o'ylab topmaganman, bu ming yildan beri davom etib kelayotgan ta'limot. Mening ishlarimga aralashma, Emma.

–Yaxshi,-Emma jilmayib o'rnidan turdi,-Unda men ketdim. Ha aytgancha, kecha tug'ilgan kunim edi. Tabriklamadingiz ham.

–Tabrikni bugunoq olasan. Seni ogohlantirgandim, shundaymi? Sen mendan qo'rqmayapsanmi? Meni fosh qilmoqchimisan? Meni yo'lingdan olib tashlamoqchimisan? Qayerdagi fermada qolib ketgan notavon bolalarni deb, to'g'rimi? Seni o'ldiraman! Nafaqat sen, balki butun oilang ertangi tongni ko'rmay o'lib ketishadi. Bu men uchun muammo emas.

–Bas!-baqirib yubordi Emma,-Mening oilamni sizga o'xshagan shoqollar notavon deyishga haqqi yo'q! Bu mening oilam! Oilamni hech kim yomonlashiga yo'l qo'yib qo'ymayman. Ayniqsa sizga o'xshagan yebto'ymas tekinxo'rlar.

Rozvald ko'zlarini yumib, istehzo bilan kulib qo'ydi.

–Telefonni menga ber, Emma.

–Telefon...yana qanaqa...

–Hoziroq telefonni ber!-Rozvald baqirib, cho'ntagidan kumushrang to'pponcha chiqardi,-Meni shunchalik darajada ahmoq deb o'yladingmi? Men boshqarayotgan imperiyani allaqanday qumursqa yer bilan bitta qilishiga yo'l qo'ymayman...

–Kim yer bilan bitta qilar ekan? O'sha qumursqa men emas, sizsiz janob Rozvald!-Emma yonida o'sib yotgan kaktus ekilgan gultuvakni olib, Rozvaldga uloqtirdi. O'zi esa zudlik bilan tashqariga otildi.

–Jin ursin seni! Bu yerdan baribir tirik chiqmaysan, Emma!

Emma kotibaning ham xonasidan chiqib, yo'lak oxiridagi liftga qarab chopdi. Lift ochilishi uchun ko'p vaqt ketib qoldi. U ichkariga kirib, "yerto'la" tugmasini bosishi bilan endigina yopilayotgan lift eshiklarini Rozvaldning qimmatbaho charm etik kiyib olgan oyog'i to'sib qoldi.

Rozvald ichkariga kirib, qo'lidagi to'pponcha bilan Emmaning yoniga turib oldi.

–G'ing deydigan bo'lsang, kallangdan darcha ochib qo'yaman. O, yerto'laga berkinmoqchimiding? Meni ahmoq qilaman deb o'yladingmi?

–Vijdoningizga quloq soling, janob Rozvald. Yana qachongacha hammani aldab kelmoqchisiz?

–Yaxshi va adolatli rahbarda vijdon bo'lmaydi. Hayot qonuni shunday...

Lift ikki daqiqada bino yerto'lasiga tushdi. Ungacha uch kishi Emma va Rozvald turgan liftdan foydalanib bo'lgandi. Ular yerto'laga tushishlari bilan Emma Rozvaldning oyog'ini qattiq bosib, tashqariga otildi.

–Hoziroq to'xta, Emma! Yugurishdan foyda yo'q! Aks holda seni o'ldiraman!

Emma Rozvaldning gapiga quloq solib o'tirmay, yerto'la bo'ylab yugurib ketishda davom etdi. Rozvald bir necha marta uning oyog'i ostiga o'q uzdi. Lekin Emma yugurishda davom etardi...

Ular qorong'i va zax yerto'laning oxiriga yetib kelgach, devor ostida nima qilishni bilmay qo'lga tushib qolgan Emma asta Rozvaldga qarab o'girildi.

–Hoziroq qo'lingdagi telefonni menga ber. Aks holda, seni o'ldiraman.

–Sizga yozuv kerakmi? Axir unda aybingizni tan olgan ovozingiz yozilgan-ku, shundaymi?-Emma jilmayib telefonni ko'rsatdi.

–Seni boshidanoq yo'q qilishim kerak edi, Emma. La'nati o'zmoshimcha o'zidan ketgan va o'ziga o'ta darajada ishonib yuborgan qiz...meni shu yo'l bilan fosh qila olaman deb o'ylaganmiding? Meni-ya?! Prezidentni-ya?! Sen ahmoqsan...

–Menimcha esa fosh qilib bo'ldim,-Emma jilmayib, qo'lidagi telefonni Rozvaldga uloqtirdi,-Xohlasangiz uni yo'q qiling.

–Nima?...Bu bilan nima demoqchisan?!

–Janob Rozvald,-Rozvaldning ortidan erkak kishining ovozi eshitildi,-Siz hibsga olindingiz. Hech narsa demasligingiz mumkin, aks holda so'zlaringiz sudda sizga qarshi ishlatiladi.

Bu William Minerva boshchiligidagi politsiya xodimlari edi. Ular avvaldan yerto'lada bo'lishgan. Emma va Rozvaldning suhbatini eshitish uchun.

Rozvald qo'llarini musht qilib tugib, g'azabdan g'ichirlayotgan tishlarini ko'rsatgancha Emmaga to'pponcha tiradi.

–Sen yaramas! Bu uchun javob berasan! Bu o'yininglar menga o'tmaydi!

–Hoziroq qurolni tashlang!-baqirdi William Rozvaldga yaqinlashib.

–Hech kim yaqinlashmasin! Aks holda qizga o'q uzaman! Hamma ortga!

–Sizdan qo'rqmayman, janob Rozvald,-Emma shunday deb u tomonga yaqinlasha boshladi,-Agar meni o'ldirsangiz, sizga qarshi aniq dalil topiladi. Yaxshisi qurolni tashlab taslim bo'ling.

–Yo'q...men taslim bo'lmayman! Taslim bo'lmayman! Men ketsam, sen ham men bilan ketasan!-Rozvald qo'lidagi to'pponchasini Emmaga o'qtab, unga o'q uzdi. Butun yerto'la bo'ylab aks-sado bilan qaytarilgan dahshatli va vahimali o'q ovozi eshitilib, Emmaning yuragiga tegdi. Shu onda William ham, qolganlar ham, g'olibona tirjayib turgan Rozvald ham yerga qulayotgan Emmaga indamay qarab qolishdi...

Emmaning ko'zlari asta yumilib, xushini yo'qotdi...

Oradan qancha vaqt o'tgani noma'lum. Lekin u ko'zini ochganida, qulog'iga juda ham tanish kuy eshitildi. Emma o'ridan turib, 15 yil yashab katta bo'lgan yetimxonasining hovlisidagi maysa ustida yotganini sezdi. Uning ortidagi olma daraxti tagidan esa hali ham yoqimli kuy ovozi tinmasdi. Bu Karaning allasi. Bunday allani boshqa hech kim bunday yoqimli tarzda aytolmaydi.

Emma qaltirayotgan oyoqlari bilan daraxt yoniga qadam bosdi. U daraxtga yaqinlashgan sayin ko'ziga yetimxonadan "ota-onasi" ga topshirish uchun olib ketilgan bolalar ko'rina boshladi. Ularning orasida Keny ham bor. Eng tepada esa olma daraxtiga suyanib olgan Kara o'tiribdi.

–Oyi...men o'ldimmi?-so'radi Kara bolalar va oyisi tomonga yaqinlashib.

Kara aytayotgan allasini to'xtatib, ko'zlarini yumib tabassum qildi.

–Bu dunyoda hamma o'ladi, qizalog'im. Hech kimning hayoti abadiy emas.

–Lekin men hali ishimni bitirmadim! Vazifamni bajarmadim-ku! Qanaqasiga o'laman?

–Men ham hali vazifamni to'liq bajarmagandim. O'rganib ketasan. Bularga qara, qanday beg'ubor uhlab yotishibdi...

–Nega bunday qildingiz? Axir hammasini yetimxona sirini bilib qolgan paytimizdayoq aytib berishingiz mumkin edi-ku? Modomiki biz tarafda bo'lgan ekansiz, nega boshidan yordam qo'lini cho'zmadingiz, oyi?

–Agar shunday qilsam qarshimda sen emas, qo'rqoq, ojiz, irodasiz va kuchsiz qiz turgan bo'lardi. Qarshimda ikki yo'l bor edi, biri sizlarni shtabda tarbiyalash, yana biri esa fermada azob berish. Azizam, men qo'limdan kelganini qildim. Bu sening ulg'ayishing uchun yordam berdi degan umiddaman.

–Oyi...

–Hoy, meni hali ham oyi deb chaqiryapsanmi?

–Ha, nima bo'libdi?

Kara ko'zlarini yumib, chuqur xo'rsinib qo'ydi.

–Meni kechirishingni kutmayman. Chunki o'zim ham o'zim qilgan gunohlarni kechira olmayman. Shunday ekan meni oyi deb chaqirishing shart emas. Meni yomon ko'rishda davom etishing mumkin...

Emma hech narsa demay, Karaning bag'riga otildi. Keyin esa uni qattiq quchoqlab, qulog'iga shivirladi:

–Rahmat sizga, OYI...

–Endi tur, Emma. Uyg'on. Hali qiladigan vazifalaring juda ham ko'p. Men qilgan xatolarimni to'g'irlashing va sizga yozgan iltimosimni bajarishing kerak. Ularni qutqar. Bolalarim va oilang allaqanday mahluqlarga yem bo'lishiga yo'l qo'yma...

* * *

Emma chuqur nafas olib, qandaydir yop-yorug' xonada ko'zini ochdi. Uning tepasida xavotirlanganidan rangi o'chib ketgan bolalar va William Minerva turishardi. Emma ko'zlarini ishqalab, o'tirishga urindi.



–Men qayerdaman...nima bo'ldi o'zi?

–Kasalxonadasan,-javob berdi William,-Yaxshiyamki o'q men sovg'a qilgan medalyonga tegibdi. Bo'lmasa sendan ayrilib qolgan bo'lardik.

–Rozvald! U nima bo'ldi? Qo'lga olishdimi?

–Ha,-Rey qo'lidagi gazetani Emmaga uzatdi,-O'qib chiqsang bilasan.

Emma gazetani o'qiy boshlagach, o'q tekkanidan beri bir kun xushsiz yotganini tushunib yetdi. Gazetadagi maqolada shunday so'zlar yozilgandi:

"Bugun ertalab "YSM" prezidenti janob Rozvaldning chindan ham aybdorligi tasdiqlandi. Bugun tushda bo'ladigan sud jarayonida sobiq prezident Rozvaldning qilgan jinoyati hamda vampirlar bilan tuzgan bitimi ko'rib chiqilib, unga qarshi jazo tayinlanadi. Agar vampirlar fermasi va u yerda boqiladigan bolalar haqidagi xabar rost bo'lib chiqsa, ayni damda prezidentlik uchun loyiq ko'rilayotgan yagona nomzod William Minerva vampirlarga qarshi urush ochishga va bu yolg'onlarga barham berishga va'da berdi. Ammo "YSM" bu urushga tayyormi? Biz vampirlardan o'z dunyoyimizni tortib olishga kuchimiz yetadimi? Bu savollar hanuzgacha javobsiz qolmoqda..."

–Rozvaldning sudiga boramizmi?-so'radi Emma gazetani o'qib bo'lib.

–Menimcha shart emas. Lekin sud zalidan olib chiqishganidan keyingi ahvolini ko'rishni juda ham xohlagan bo'lardim. Ungacha senga ham javob berishsa kerak.

–Dada, siz biz bilansiz-a? Agar prezident lavozimiga ko'tarilsangiz, vampirlarga qarshi urush ochasizmi?

William Emmaning qo'lidan ushlab, g'amgin ohangda javob berdi:

–Va'da berolmayman, qizim. Chunki "YSM" xalqi azaldan qo'rqoq bo'lib kelgan. Ularni oyoqqa turg'azish oson ish emas. Agar ularni urushga chorlasam, meni ham Rozvaldga o'xshab lavozimimdan chetlatishadi.

–Lekin dada, harakat qilib ko'rasiz-a? Albatta urinib ko'rasiz!

–Ha, Emma. Harakat qilaman. Agar vampirlarga qarshi urush ochilsa, birinchi bo'lib ukamni qutqaraman...

Oradan bir necha soat o'tib, kechga yaqin Emmaga javob berishdi. U oyoqqa turib, bolalar va William bilan Rozvald sud qilinayotgan binoga bordi. Ular yarim soatcha kutib turishgach, sud tugab, qo'llariga kishan solingan Rozvaldni yetaklab olib chiqishdi. Uning mo'ylovli basharasi ko'rinishga urinmay, yuzlab jurnalistlar uning atrofiga don sepilgandan keyingi tovuqlarday yopishib ketishdi.

–Janob Rozvald, siz buni qanday izohlaysiz?

–Janob Rozvald, vampirlar bolalarni nima qilishadi?

–Janob Rozvald, vampirlar bilan qachondan beri hamkorlik qilasiz?...

Rozvald sud binosidan tushib bo'lgach, uning atrofidan haydalgan jurnalistlarga qarab faqatgina birgina gapni aytdi:

–Men nima qilgan bo'lsam ham, "YSM" uchun, uning kelajagi uchun qildim. Hali ko'ramiz, aholi ko'payib, shaharda oyoq qo'yishga joy qolmaganda qanday ahvolga tushib qolar ekansiz...



3-ferm

Linda bolalarni tashqarida qoldirib, shtabga har doimgi hisobot berish uchun maxfiy yerto'laga tushdi. U radiolar o'rnatilgan stolga o'tirib, shtab bilan aloqaga chiqdi:

–Alo, shtab, bugun 3-fermada hech qanday ko'ngilsiz hodisa yuz bermadi. Hisobot beruvchi 6319...

–Alo, 6319, meni eshityapsanmi?-radiodan shtab buvisining ovozi eshitila boshladi.

–Buvi...ha sizni eshityapman!

–Juda soz, 6319. Sening ixtiyoringdagi ferma shuncha talofat ko'rganligi hisobga olinib, deyarli 1 yilgacha hech qanday hosil yig'ib olinmadi. Ammo endi hosil terimi vaqti keldi deb o'ylayman.

–Nima?!-Lindaning nafasi tiqilib, duduqlanib qoldi,-Ammo hali biroz erta-ku!

–Bu mening ixtiyorimda emas. Lord Lyuvisdan kelgan buyruq. Keyingi oyda fermangdan qon analizi va testlari yaxshi chiqqan bola hosil terimi uchun olib ketiladi. Xo'sh, hisobotlarga qaraydigan bo'lsak..."2121" raqamli bola.

–Ted?! Lekin buvi...

–Ortiq hech narsa eshitishni xohlamayman. Aloqa tamom...




Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish