Oradan 2 hafta o'tdi
William va general Grant boshchilik qilayotgan qo'shin mag'rurlik bilan g'alaba sadolari ostida "YSM" ga kirib keldi. Butun aholi ularni olqish bilan qarshi olib, shu kunning o'zidayoq bayram boshlab yubordi. Fermalardan qutqarilgan bolalar uchun maxsus uylar qurib beriladigan bo'ldi. U yerning fermalardan yagona farqi haqiqiy mehribonlik uyi bo'lganida edi.
Emma, Mayk, Rey va 3-fermadan qutqarilgan bolalar Williamning uyiga kirib kelgach, ularni kutaverib ko'zlari to'rt bo'lib ketgan Luna boshchiligidagi bolalar quvonchdan sakrab, barchasini birma bir bag'riga bosib chiqdi.
–Sen uddalashingni bilgandim!-baqirib yubordi ko'zlari yoshga to'lgan Luna,-Sen uddalading! Emma, sen eplading! Endi oilamiz biz bilan!...
–Ha, ammo buni bir o'zim qilmadim. Barcha bor kuchi bilan harakat qildi. Barchadan minnatdor bo'lishimiz kerak. Shuningdek, fermada mardlarcha qolib, bizni kutgan bolalardan ham...
O'sha kuni kechasi bilan barcha bayram nishonladi. Vampirlar ustidan qozonilgan ilk g'alaba! Emma oilasiga bergan va'dasining ustidan chiqdi. Kara yozgan xatdagi iltimosini bajardi. Hamma uhlashga yotishidan avval esa Mayk barcha bolalarning oldida bir yil avvalgi suhbatni eslatdi:
–Esingizdami, yetimxonada yashayotgan paytimiz agar bizni yangi ota-ona boqib olsa va tashqi olamga chiqsak, nima qilishimiz haqida suhbatlashgandik.
–Ha,-tasdiqladi Emma,-Men o'shanda ketishni xohlamayman deb javob bergandim. Naqadar ahmoqlik...
–Men esa o'shanda olim bo'laman deb aldagandim,-dedi Rey,-Men shunchaki yashab qolishga harakat qilardim deyishim mumkin edi. Ammo u payt yetimxona sirini bilmasdinglar.
–Hozir-chi? Axir yashab qoldik-ku?
–Hozir esa qolgan vampirlarni ham yo'q qilishni xohlayman!
–Gaping to'g'ri,-dedi Emma,-Bizda Lyuvis va Anabella xonimning shtabini egalladik. Ammo hali 8 ta shtab qolgan, agar boshqa hududlarda ham bo'lmasa...
–Biz ularni topamiz va yo'q qilamiz!-Rey o'rnidan turib, qo'lini musht qilib tugdi,-Hali urush tugamadi. Har birimiz hali odamlar uchun foyda keltirishimiz kerak. Menga qo'shilasizlarmi? Odamzod uchun juda ham kerakli bo'lgan shaxslarga aylanamiz! Vampirlarni qirib tashlaymiz!...
–Men sen bilan!-dedi Emma.
–Men ham!-dedi Mayk.
–Ja unchalik kerakli shaxs bo'lishimga ishonmayman-ku...-o'rnidan turdi Don,-Lekin nima bo'lganda ham sizlar bilanman.
–Hammamiz sizlar bilanmiz!-qisqa qildi Luna,-Shubhaga hech qanday asos yo'q. Umrimizning oxirigacha birga bo'lamiz...
Emma jilmayib, o'ng qo'lini tepaga ko'targancha baqirdi:
–Baxtli va buyuk kelajak sari!...
Do'stlaringiz bilan baham: |