II.Asosiy qism
II.1. Aminokislotalar klassifikatsiyasi, olinishi va xossalari
Aminokislotalar molekulasida amin va karboksil guruhi bolgan organik birikmalar, osimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi. A rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy aminokislotar malum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 aminokislota va ularning 2-ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini COOH va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi korsatadi. Deyarli barcha tabiiy aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub aminokislotalar tabiatda kamdan-kam bolib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aminokislotalarning L-formasi osimliklar tomonidan yaxshi ozlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini osimliklar ozlashtira olmaydi, bazan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toxtatib qoyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi aminokislotaning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi.
Oqsillar sintezi uchun aminokislotalar formali 20 aminokislota proteinogen aminokislota (lizin, gistidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan aminokislotalar esa ularning fermentativ ozgarishi natijasida hosil boladi. Ayrim aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan aminokislota bor. Osimliklar ozi uchun zarur bolgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislota sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Osimliklarda hosil bolgan aminokislota uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarflanadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai bolib xizmat qilishi mumkin. Kopchilik aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qollaniladi. Hozir aminokislotalardandan o‘g‘it sifatida ham foydalanilmoqda.
Aminokislotalar — molekulasida amin (~NH2) va karboksil (-COOH) guruhlari bor organikalik qoʻshlishlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |