Mavzu: Fenilalanin
Reja:
Kirish
|
3
|
Asosiy qism
|
5
|
II.1. Aminokislotalar klassifikatsiyasi, olinishi va xossalari.
|
5
|
II.2. Fenilalaninning olinishi va xossalari
|
17
|
II.3. Fenilalaninning tabiatda uchrashi va uning inson hayoti uchun ahamiyati
|
22
|
Xulosa
|
30
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
31
|
Kirish
Xozirgi vaqtda kop aminokislotalarni mikrobiologik sintez usuli bilan ajratib olish iqtisodiy foydali hisoblanadi. Aminokislotalarni mikrobiologik sintez yoli bilan yuqori faol shtammlar, produtsentlar olishda genetik muxandisligi usuli asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Xuddi shu usul bilan yuqori faol shtammprodutsent L treonin olingan. Aminokislotalarni mikrobiologik sintez orqali olishdan tashqari hayvon va osimlik tarkibida bolgan oqsilni gidroliz yoli bilan olish mumkin. Aminokislotalarni mikrobiologik sintezi uchun produtsentlarni ostirishda sirtdan faol moddalar, biotin va bazi antibiotiklar sifatli muxit komponentlari sifatida keng kolamda ishlatiladi. Biosintez jarayonida bir mikroorganiz kichik konsentratsiyalik biotinda glutamin kislotani yig’ishi mumkin, yuqori konsentratsiyada esa lizinni. Oxirgi yillarda immobillangan fermentlar ishtirokida aminokislotalar olish usullari izlanuvchilarni etiborini jalb etmoqda. Chunki bu usulda oxirgi maxsulot yuqori konsentratsiyasi va tozaligi bilan zararlanish xavfini tug’dirmaydi. Aminokislotalar organizmda oqsil sintezida qatnashadilar. Organizmda aminokislotalar kop miqdorda 300 ga yaqin turi uchraydi, lekin ularning ichida asosiy bolgan 20 ta aminokislotalar bolishi lozim deb topilgan, bularsiz organizmda oqsil sintezi sodir bulmaydi. Bu 20 ta aminokislotalar organizmda eng zarur birikmalardir. Organizmda almashinadigan va almashilmaydigan aminokislotalar uchraydi. Songgi yillarda tibbiyotda va xalq xojaligida turli xil aminokislotalardan keng kolamda qollanilmoqda. Bazi oziq-ovqat va osimlik don maxsulotlari oz tarkibida kerak bolgan mikdorda almashmaydigan aminokislotalar, saqlamaydi. Bunday maxsulotga bugdoy, joxori, guruch va boshqalar kiradi. Sanoatda emxashak ishlab chikarishda, tarkibiga aminokislotalar kiritiladi. Bundan tashqari oziq-ovqat sanoatida, oziq-ovqat maxsulotlarini kadoqlashda plyonka sifatida ishlatiladi. Yaponiyada aminokislotalar oziq-ovqat sanoati uchun 65%, Bacillus subtilis bakteriyasi asosida triptofan aminkislotasini olish texnologiyasi chorvachilik uchun 18%, tibbiyot uchun 15 % va boshqalar uchun 2 % togri keladi. Xozirgi kunda dunyo boyicha aminokislotalar ishlab chiqarish, yiliga bir necha million tonnani tashkil qiladi. Dunyoda kop mikdorda glutamin kislota, lizin, metianin, asparagin kislota va glitsin ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |