ustida tinimsiz ishlamay, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin emas.
-a (-y) qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh ko'pincha takrorlangan
holda ishlatiladi. O'qiy-o'qiy, yura-yura, ishlay-ishlay kabi. takrorlangan
ravishdosh harakatning davomiyligini anglatadi.
3. Kelasi zamon ravishdoshi.
-gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) qo'shimchalari bilan
yasaladi.
1. Fe'l negiziga -gani (-kani, -qani) qo'shimchalarini qo'shish bilan shaxsli
fe'l ifodalangan harakatdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatga
aytiladi. Masalan: ek-ekkani, bor-borgani, chiq-chiqqani kabi. Bu
ravishdoshning bo'lishsiz formasi yo'q. Eski stilda – gali (-kali) qo'shimchasi
bilan ham yasaladi. Masalan: Ko'rgali keldingmi yor, kuydirgali keldingmi
Do'stlaringiz bilan baham: |