Fayzullayev Burxon – Ekologiya kafedrasi Sharopova Zarifa guruh talabasi Poliz ekinlariga shumg‘iya o‘simligining yetkazayotgan zarari Annotatsiya



Download 22,56 Kb.
bet1/2
Sana03.08.2021
Hajmi22,56 Kb.
#136861
  1   2
Bog'liq
maqola


Fayzullayev Burxon – Ekologiya kafedrasi

Sharopova Zarifa - -guruh talabasi

Poliz ekinlariga shumg‘iya o‘simligining yetkazayotgan zarari

Annotatsiya : ushbu ishda shumg‘iya o‘simligi, uning poliz ekinlariga ta’siri, shumg‘iyaga qarshi kurashish usullari, poliz ekinlarini yetishtirishda shumg‘iyaning salbiy ta’siri kabilar yoritilib berilgan.

Kalit so‘zlar: poliz ekinlari, begona o‘t, shumg‘iya, Misr shumg‘iyasi, dehqonchilik, agrotexnika, zararkunandalar, zamburuglar, biologik usul, fitomiza pashshasi, olovli cultivator, almashlab ekish, muchalash.

O‘zbekistonda dehqonchilik qadim – qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Jonkuyar dehqonlarimiz ziroatchilikda katta-katta yutuqlarga erishganligiga ham butun tariximiz guvoh sanaladi. Dehqonchilik yetishtiriladigan mahsulotlariga qarab bir nechta turlarga bo‘linadi, har bir tur o‘ziga xos yetishtirish usuli va xizmat ko‘rsatish vazifalariga ega. Dehqonchilikning o‘ziga xos katta turi bu – poliz ekinlari yetishtirish sanaladi.

Poliz ekinlari yetishtirish hozirgi kunda yurtimizda dehqonchilikning o‘ziga xos turiga aylangan. Poliz o‘simliklariga qovun, tarvuz va qovoq kiradi. Ushbu o‘simliklar yetishtirilishida dehqondan katta tajriba va ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Poliz o‘simliklarini yetishtirishda ob – havoning mo‘tadil bo‘lib turishi, suvning o‘z vaqtida va yetarli tarzda quyib borilishi, shuningdek, begona o‘tlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi samarali kurash muhim ahamiyatga ega sanaladi.

O‘simliklarni, shuningdek, poliz ekinlarini himoya qilish qishloq xo‘jaligida zararkunandalar va begona o‘tlarni yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan tadbirlar tizimi sanaladi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yo‘q qilish yoki ularning faoliyatini cheklab qo‘yishdangina iborat emas, balki ularning paydo bo‘lish muddatlari va tarqalish ko‘lamini oldindan aniqlash, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat.

Poliz ekinlariga eng katta zararni shumg‘iya o‘simligi keltiradi, desak adashmagan bo‘lamiz. Shumg‘iya – har xil o‘simliklarning ildizlarida parazitlik qilib yashovchi xlorofilsiz ko‘p yillik o‘simlik sanaladi. Tuproqda urug‘ining o‘sib chiqish qobiliyati 8-12 yilgacha saqlanadi. Poliz ekinlari va boshqa agrofitotsenozlarda uchraydigan eng xavfli begona o‘t sanaladi.

Shumg‘iya poliz ekinlari hosilini kamaytirib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Bu o‘t tufayli poliz ekinlari hosilining nobudgarchiligi umumiy hosilning 15-20 %ini tashkil qiladi. Begona o‘tlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi bilan madaniy o‘simliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan ko‘proq foydalanadi, ularning rivojlanishi va yuqori hosil to‘plashiga to‘sqinlik qiladi. Parazit begona o‘tlar (zarpechak, shumg‘iya) o‘ta xavfli bo‘lib, oziq moddalarni bevosita madaniy o‘simlikning o‘zidan so‘radi va ularni nobud qiladi.

Shumg‘iya oziq moddalarni poliz ekinlarining o‘zidan so‘radi, natijada kuchsizlangan tana nobud bo‘ladi. Ko‘p oziqlangan bu o‘t dalalarda tez tarqab ketadi. Buning natijasida esa hosilning sifati buziladi, rejalashtirilgan xirmon yig‘ishtirib olinmaydi, yerning ham sifati buziladi.

Begona o‘tlar , xususan, shumg‘iyaga qarshi bir necha usulda kurashish mumkin. Shumg‘iyani yo‘qotish uchun dastlab ekiladigan ekinning urug‘ini yaxshilab tozalash kerak. Urug‘ni tozalash ekinning sof bo‘lishini ta’minlaydi. Keyin dalalarga yaxshi chirigan o‘g‘it solish kerak. Chirimagan go‘ngda esa shumg‘iyaning urug‘lari bo‘lishi mumkin. Kanal, ariq va zovurlarni va ularning atroflarini ham doimo tozalab turish kerak bo‘ladi. Chunki suvda ham shumg‘iya va boshqa egona o‘tlarning urug‘lari bo‘lishi mumkin.

Poliz ekinlarining ko‘chat va urug‘ qalinligi siyrak ekilgan bo‘lsa ham, shumg‘iyaning o‘sishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.shuning uchun ekin va urug‘larning qalinligi normal bo‘lishiga erishish lozim.

Bir xil poliz ekini yer maydoniga surunkasiga ekilaversa ham, shu ekin agrotexnikasiga mos bo‘lgan begona o‘t – shumg‘iyaning ko‘payishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun agrotexnikasi keskin farq qiladigan poliz ekinlarini navbatlab ekish kerak bo‘ladi.

Begona o‘t – shumg‘iyaga qarshi agrotexnik kurash choralariga shudgorlash, ekin ekishdan oldin va ekin ekilgandan keyin yerga ishlov berish tadbirlari kiradi. Kuzda ekinlardan tozalangan yer chuqurroq plug qilinsa, shumg‘iya va boshqa begona o‘tlarning urug‘lari yer ustki qatlamiga chiqib qoladi va sovuqda yo‘qolish imkoniyati oshadi.

Begona o‘t – shumg‘iyaga qarshi maxsus kurash choralari ham mavjud. Bunday choralarga biologik, olovli kurash, mulchalash kabilar kiradi.

Olovli kultivatorlar yordamida shumg‘iyani kuydirish murakkab bo‘lganligi uchun ham hozirgi davrda qo‘llanilmayapti. Chunki bu usulda nafaqat shumg‘iya, balki poliz ekinlariga ham jiddiy zarar yetadi.

Mulchalash usulida plyonka, neft chiqindisi, qog‘ozdan foydalaniladi. Bu narsalarni shumg‘iyaning ustidan yopish bilan begona o‘tning o‘sishining oldi olinadi.

Almashlab ekish, ekinlarning ekish muddatlari, me’yorlari, shumg‘iyaga qarshi zararkunandalar va kasalliklardan foydalanish biologik kurash usuliga kiradi.

Shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasi qo‘llanilganda uning urug‘i 45 foizgacha kamayadi. 1968-yili Samarqandda (Bronshteyn, 1968, 1970) sabzavot ekinlari va kungaboqar paraziti – shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasini qo‘llash bo‘yicha keng tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Shumg‘iya (Orobanche) – bu o‘t ko‘plab madaniy ekinlarda tekinxo‘rlik qiladi. Zararlangan ekinlarning mevalari va mahsuldorligi kamayadi. Shumg‘iyalar orasida Misr shumg‘iyasi(aegyptiaca Pers., J. Cumana Wallr., brassicae Nov.) tarvuz, qovoq, pomidor ekinlari, kungaboqar, tamaki o‘sishiga zararli ta’sir qiladi.

Shumg‘iya bilan biologik kurash choralari ishlab chiqish jarayonida Krasnodarda begona o‘tlardan ajratilgan Fusarium oxysporum f. orobanche zamburug‘i sinab ko‘rilgan. Zamburug‘ning Qrimdan olingan shtammi tajribadagi shumg‘iya o‘simliklarining 48 %ini, Kirovograd viloyatidan keltirilgan shtamm esa 20 %ini o‘ldirgan. Labaratoriyada patogenning produsent shtammi olingan.

Tabiiy sharoitda shumg‘iyaga qarshi kurashda uning tomir qismida oziqlanuvchi nematode nematodes, ildiz biti Rectinasus bucktoni Teob, gullarga ta’sir etuvchi tamaki tripsi Thrips tabaci lind, ildizlarni va poyalarni zararlovchi kuzgi tunlam Agrotis segetum, va Autograrha gamma va shu o‘tga ixtisoslashgan Phytomyza orobanchia Kalt. kabi hasharotlardan foydalaniladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan tabiiy dushmanlardan shumg‘iya pashshasi Ph. Orabanchia va shumg‘iya fuzariumi F.orabanchia Jatzdan keng foydalanilmoqda.

Poliz ekini va tamaki ekinida uchraydigan Misr shumg‘iyasiga qarshi fuzarium sr. qo‘llanganda biologik samaradorlik 100 foiz, zamburug‘ ta’sirida nobud bo‘lishi 70-80 foizni tashkil qiladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, F. oxysporum v. orthoceras shumg‘iyaga ixtisoslashgan bo‘lib, aslida shu tekinxo‘r o‘simlikdan ajratib olingan.

Turli xil ekinlarni shumg‘iyadan himoya qilishda 1m. kv maydonga 100 grammdan zamburug‘ solinganda ekinlarga ta’sir qilmaydi, aksincha, ekindagi shumg‘iyalarning to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi.



Yuqoridagi usullar orqali shumg‘iyaga qarshi kurashgan holda poliz ekinlarini asrab qolish mumkin. Shumg‘iyaga qarshi kurashda ozgina e’tibor ham zarar qilmaydi.


Download 22,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish