Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

TOMAS  GARDI
(1840-1928)
Tomas  Gardi  dastlab she’rlar ijod  qiladi.  Qash- 
shoqlik  haqidagi  birinchi  romani  muvaffaqiyatli 
chiqmaydi.  1871- yilda uning galdagi  romani  nashr 
qilinadi.  Kitobxon bu  romanni  iliq kutib oladi.  Shu 
yildan  boshlab,  u  tugMlgan yurtiga qaytib,  muttasil 
ijod  bilan  band  boMadi.  0 ‘z  ijodiy  faoliyati 
davomida  o ‘n  to ‘rtta  roman  yozadi.  Bu  romanlar 
Angliya adabiyoti  tarixi  sahifalarini  bezab turibdi.
Yoshligidan  musiqa, san’at, adabiyotga qiziqish 
bilan  qaraydi.  Stil,  Milton,  S.  Richardson,  G. 
Filding  asarlarini  berilib  o‘qiydi.  Ayniqsa,  Ch. 
Darvin,  Ch.  Dikkens,  A.  Barbyus  asarlari  uning  dunyoqarashining 
o‘sishiga  katta  ta ’sir  ko‘rsatadi.  1926-  yilda  Oksford  universitetida 
doktorlik ilmiy darajasiga ega boMadi.
«Ona yurtga  qaytish»  (1878),  «Мег  Kosterbrij»  (1886),  « 0 ‘rmon 
oxirida» (1887),  «Romantik  tarix va xayol»  (1872),  «Dragun  polkidagi 
keksa sumaychi»  (1880),  «Sevgilim»  (1892) kabi  asarlar T.  Gardining 
nihoyatda sermahsulligidan darak beradi.
Tomas  Gardi  asarlarida urushni  qoralaydi.  Gardi  ko‘pchilik roman­
larini  umumiy  nom  ostida «Uessen  romanlari»  deb  ataydi.  Gardi  ona 
shahrini  romanlarida Kester Birdj  shahri  nomi  bilan  ataydi.  0 ‘zining 
turkum  qissa va hikoyalarini  esa «Uessen  hikoyalari»  umumiy nomida 
beradi. Dastlabki yozgan turkum she’rlarini esa «Uessen she’rlari» deya
www.ziyouz.com kutubxonasi


nomlaydi.  Gardi  qaysi  mavzuda  ijod  qilmasin,  yozuvchi  uchun  asosiy 
tasvir makoni  Uessen boMib qolaveradi.
Gardi  o ‘z  ijodi  davomida  yozgan  o‘n  to ‘rtta  romanini  sanalar  va 
voqelik jihatidan  uch  qismga  ajratib,  bu  turkumlarning  har  qaysisini 
uchta  nom  ostida  ataydi.  Birinchi  turkum  «Xayolot va tarix  romantika- 
si»,  ikkinchi  turkum  «Keskin  nisbat romanlari»,  uchunchisi  «Muhit  va 
xarakterlar haqidagi  romanlar» deb nomlaydi.
Tomas Gardining ilmiy va falsafiy dunyoqarashi  ham juda keng.  O cz 
romanlarida davr va jamiyat falsafasini,  inson va zulm  mavzusini  asosiy 
tasvir  bayoni  qilib  oladi.  «Daraxt  ostidagi  maysazor»  (1872)  deb 
nomlanuvchi  birinchi  romanidayoq  maysazorni  qashshoq,  kun  b o ‘yi 
og‘ir  m ehnat  qilsa  ham  qorni  to ‘yib  ovqat  yemaydigan  kam bag‘al 
insonga qiyos qiladi.  Maysazor o‘smaydi, uni  bosib,  ezib o'tib ketaveri- 
shadi.  Uning o‘sishiga daraxt yoM  qo‘ymaydi.  Umr bo‘yi soyada,  daraxt 
tagida o‘sadi.  Quyosh  ko‘rmay yashagan  m a y sa - inson  nimjon boMadi.
Tomas  Gardi  ijodining  oxirgi  davrida  yana  avlodlar  m asalasiga 
qaytadi.  Adibning  falsafiy  epik  ruhdagi  dramasi  «Avlodlar»  uch  qism­
dan,  o ‘n  to ‘qqiz  ko‘rinishdan,  bir  yuz  o‘ttiz  pardadan  iboratdir.  Bu 
dramani  sahnaga  olib  chiqish  uchun  teatr jam oasi  ju d a  qiynaladi. 
Shunda  Gardi  teatr  rejissyorlariga  qarata  «Men  o ‘z  dram am ni  teatr 
uchun yaratganim yo'q, o‘qish  uchun yaratganman»,  deb javob beradi.
Dramada  xalq  hayoti  va  taqdiri  birinchi  o ‘rinda  turib,  ijtim oiy- 
falsafiy voqelik ko‘rsatib beriladi.  Dramaturg o‘z asarini yaratish  uchun 
shahar va qishloqlarga,  janggohlarga,  dengiz qo‘shinlari  orasiga borib 
qirgMn  urushlar jarayonini  o‘z kobzi  bilan  ko‘radi.  Hayotini  xavf ostiga 
qo‘yib boMsa-da asari  uchun  manba to‘playdi.
Dramada Angliya,  Fransiya,  Rossiya,  Germaniya,  Ispaniya,  Italiya 
kabi  ulkan  davlatlaming o‘zaro munosabati  yoritilgan,  harbiy  qo ‘mon- 
donlar,  marshal  va generallar, elchi va siyosatdonlar obrazi yuksak ma­
horat  bilan  yaratilgan.  Dramada  N apoleon  va  Kutuzov  obrazi  ham 
berilgan.
«Avlodlar» dramasini  sahnaga olib chiqish uchun yuzlab aktyorlami 
jalb  etish  va  ko‘p  m ablag
4
  sarf qilish  lozim  edi.  Bu  dram a  sahnada 
qo‘yilmasa-da,  kitobxonlarning sevimli  asariga aylandi.  Tadqiqotchilar 
jahon dramaturgiyasi tarixida  munchalik ko‘p qiyofalar ishtirok etuvchi 
drama hali  yaratilmagan edi, deb baho berishadi.
Tomas  Gardi  umrining  oxirgi  yillarida  «Uch  begona»,  «C ho‘pon 
nima  ko‘rdi»,  «Taqiqlangan  o‘gMl»  kabi  hikoyalar  yozdi.  Hayotining 
so‘ngi  daqiqalarigacha ijod bilan mashg'ul  boMgan adibdan  avlodlarga, 
boy adabiy meros qoldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ABAY

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish