Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

SA’DIY SHEROZIY
(Abu Abdulloh Mushrifiddin ibn  Sluslih)
(1204-1294)
Mag‘ribu  Mashriqqa  mashhur  boMgan  Sa’diy 
Osiyo  shoirlarining  ustozi  hamdir.  U  Osiyoning 
markaziy  shaharlaridan  biri  Sherozda  dunyoga 
keladi. 
Shoirlar  shahri  deb 
nom  olgan 
bu 
shaharning  nomi  faqat 
Eronda  emas,  uzoq- 
uzoqlarda ham  ma’lum  va  mashhur  edi.  Sherozda 
ilm o‘rgangan olim  Chingizxon  zulmi  kuchaygach, 
Bag‘dodga borishga majbur boMadi. 0 ‘n besh marta 
Makkani  ziyorat  qiladi.  Damashqda yashab qoladi. 
Bu yerda  ham hayoti  osuda  kechmaydi.  Qashqarga, 
Hindiston  shaharlariga  boradi.  Qarilik chogMda o‘z 
ona shahri  Sherozga  qaytib  keladi.  Sa’diy  poeziyasi juda mashhurdir. 
Proza  yoMi  bilan  yozilgan  «Guliston»,  8  ming  misradan  iborat 
«Bo‘ston»  nomli  shoh  asarlari  mavjud.  Hyote o‘zining «G‘arbu  Sharq 
devoni» asarida Sa’diy  she’riyatini yuksak  baholab, alohida fasl ajrata­
di.  Shoir  ijodida  didaktika,  pand-nasihat  alohida  o‘rin  tutadi.  «Gulis­
ton»  asarida  zolim  shohlar  haqidagi  hikoyatlar  mavjud.  Ba’zi  bir 
tadqiqotchilar shoirning  120 yil  yashaganligini ta’kidlashadi.
Sa’diy  insonni  ulugMaydi, yetimlarga xayr-ehson  qilish  lozimligini 
aytadi.  Uning  munozara janri  va  avtobiografik  ruhdagi  asarlari  ham 
mavjuddir.  Yaqiniy « 0 ‘q  va yoy»  munozarasini  yaratish  chogMda Sa’- 
diydan ilhomlanganini ta’kidlaydi.
Sa’diyning «Bo‘stom> asarini Ma’sud ibn Ahmad, «Guliston» asarini 
esa Sayfi Saroiy o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Sa’diyning adabiy  merosi juda boy.  Hayotlik  chogMdayoq  asarlari 
yetti  iqlimga tarqalib  ketgan.  Sharqliklar Sa’diy she’rlarini  yod olishni 
savob  ish  deb  bilishgan.  Sa’diyxonlik  kechalari  boMib turgan.  Uning 
g‘azallarini  to^plab,  alohida kitoblar qilishgan. Ali  binni Ahmad  binni 
Abubakir  (manbalarda  taxallusi  Besutun  boMgan  deyilgan)  Sa’diy 
asarlarini  to‘plab  kulliyot tuzgan.  Bu  kulliyotda  «Shash  risola»  («Olti 
risola»),  «Guliston»,  «Bo‘ston»,  «Qasoyidi  arabi»  («Arabcha qasida- 
lar»),  «Qasoyidi  forsiy»  («Forscha  qasidalar»),  «Sohibiya»  («Sohib- 
noma»), «Masnaviyat» («Masnaviylar»), «Mulammoat» («Shiru shakar- 
lar»),  «Mufradot» («Fardlar») alohida-alohida o‘rin egallagan.
Sa’diy  pandnomalarida didiktik ruh  ufurib  turadi.  Ehtimol  shuning 
uchundir shoir asarlari  xalq orasida tezda mashhur boMib ketadi.  Sharq 
ta’lim dargohlarida qadimdan  to hozirgacha Sa’diy ijodiyoti  o‘rganib
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelinmoqda.  Shoir  inson  butun  umri  davomida  ta’lim-tarbiya  olishi 
kerak,  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  «Guliston»  asarining  boblarga ajra­
tilishi  tartibi  diqqatni  tortadi.  Birinchi  bob «Podsholarning  xislati»,  ik­
kinchi  bob  «Darveshlarning  axloqi»,  uchinchi  bob  «Qanoatning yax- 
shiligi»,  to‘rtinchi  bob  «Xomushlikning foydasi»,  beshinchi  bob  «Ishq 
va yoshlik», oltinchi  bob «Notavonlik va qarilik», yettinchi  bob «Tarbi­
yaning kuchi»,  sakkizinchi  bob «Suhbat odobi».
Bu  boblar pandnoma  ruhida  bitilgandir.  «Bo‘ston»  asarida  prozaga 
poeziya  hamohangligini  ko4rishimiz  mumkin.  Birinchi  bob  «Adolat», 
ikkinchi  bob  «Ehson»,  uchinchi  bob  «Ishq»,  to‘rtinchi  bob  «Tavoze», 
beshinchi  bob «Rizo»,  oltinchi  bob «Qanoat»,  yettinchi  bob  «Tarbiya», 
sakkizinchi  bob  «Shukur»,  to‘qqizinchi  bob  «Tavba».  0 ‘ninchi  bob 
xotima  o‘mida  berilsa-da,  yuqoridagi  boblarning  mantiqiy davomidir, 
har ikkala asarning ma’rifiy ahamiyati  kattadir.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish