Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

LOPE DE VEGA
(1562-1635)
Ispan  Uyg‘onish  davri  adabiyotining  atoqli  va­
kili.  1588-yilda «Yengilmas Armada»  flotida  ispan 
soldati  sifatida Angliya qirg‘oqlariga boradi  va shu 
yurish  paytida  «Anjelikaning go‘zalligi»  nomli  ilk 
poemasini  yozib  nom  chiqaradi.  Sonet,  romans, 
qasida,  poema,  hikoya,  romanlar muallifi  va  hatto 
o‘zi  ta’kidlaganidek,  1500  ta  dramatik  asar yarat­
gan.  « 0 ‘z  uying -  oMan  to‘shaging»,  «Dehqon  o‘z 
kulbasida» pyesalarida muhabbat va nikoh masalasi 
yoritilgan.  «Qo‘zibuloq«  pyesasini  H.  G‘ulom 
o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Lope  de  Vega  asarlarining  mavzusi  xilma-xil  boMib,  u  serqirra 
ijodkor edi.  Jahon dramaturgiyasida munosib o‘rin tutadi.  Uni  tinimsiz 
ijod qilgan  adib deb atashlari  bejiz emas. Ocz ijodi  bilan zulmga qarshi 
tinimsiz va muttasil  kurash olib borgan.
Lope  de  Vega  1562-yil  15-noyabrda  muhtasham  va  qadimiy 
Madrid shahrida,  dehqon oilasida tugMladi.  Keyinchalik ulaming oilasi 
Kastiliyaga  ko‘chib  keladi. Avvalo  iyezitlar maktabida,  so‘ngra Alkala 
de  Enares  universitetida  o‘qigan  Vega  yaxshi  bilim  egasi  boMib 
yetishadi.  Dastlabki  ish faoliyatini  kotiblikdan  boshlagan  yigit  she’ri- 
yatga ixlos qo‘yadi.
Shoirning  bizgacha  500 yaqin  pyesalari  yetib  kelgan.  Qolganlari 
turli sabablarga ko‘ra yo‘qolib ketgan.
Lope komediyalari  hayotga juda yaqin. Uning komediyalaridan antik 
dunyoning mohir hajvchisi Plovt ijodining hidi  keladi. MaMumki,  Plovt
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zining  «Maqtanchoq  jangchi»  asarida  Artotroch  va  Pergoposhnik 
obrazlari  orqali  qo’lidan  hech  ish kelmaydigan  maqtanchoqlar qiyofasi­
ni  mahorat  bilan  yaratgan  edi.  Plovtning  fikricha.  maqtanchoqlik 
Veganing  komediyalarida  goh  maqtanchoqlar.  gohida  firibgarlar. 
poraxo’rlar.  nafs  balosiga  mubtalo  boMganlar.  xasislar  va  \aram as 
illatlar  tanqid  ostiga  olinadi.  Komediyanavisning  «Qirol  Vambaning 
hayoti  va  o ’limi»  (1604).  «Simankaslik  qiz»  (1605)  asarlarida 
mamlakatda avj  olib bora\otgan  ichki  ziddi\atlarga  iztehzo bilan  ishora 
qilinadi.
Muallifga  tarixiy  mavzu  ham  qo ’l  keladi.  ishonuvchan.  irodasi 
bo'sh  imperatorlar tufayli  saroyda  ig’vo.  fasod.  xiyonat  kuchayib  keta- 
yotganligini.  kayfu-safoga  mukkasidan  ketgan  davlat  boshliqlarining 
ayblari  bilan  mamlakatda qotillik. zo’ravonlik avjiga chiqqanligi  kinoya 
bilan  yuzaga  chiqariladi.  Lopening  dramalari  keskin  qarama- 
qarshiliklar  asosiga  qurilgan.  «Graf  Fernan  Gonsales»  yoki 
«Kastiliyaning  ozod  etilishi»  (1625)  pyesasida  Ispaniya tarixida  yuz 
bergan  mudhish  voqealar.  toj-taxt  uchun  kurash,  bosqinchilik  orqasida 
yuz bergan turli  razolatlar haqida hikoya qilinadi.
Dramaturgning  dehqonlar  qo’zg‘oloniga  bag’ishlangan  asari 
«Qo’zibuloq»  dramasidir.  Voqea  «Qo’zibuloq»  qishlogMda  boMib 
o’tadi.  Qirol  farmoyishiga  binoan  dehqonlarga  og’ir soliqlar  solinar, 
zo'ravonlik va kulfatlar keltirar edi. Qirolning laganbardorlari  boMmish 
ikkiyuzlamachi  feodallar  ham zo'ravonlarga qo'shilib,  oddiy  fuqaroga 
battar azob-uqubatlar  berar edi.  Bu  ham yetmagandek,  go4zal  qizlami 
sarovga olib ketar edilar.
Dramaturg  o’z  asarini  yaratish  chogMda  tarixda  bo’lib  o‘tgan  Fu- 
yente Ovexuna (1476) qishlog’i  ahlining qo'zg'olonini obdan o‘rganib, 
asar  voqeasiga  mahorat  bilan  bog'laydi.  Shuning  uchun  ham  asar 
«Qo’zibuloq» («Fuyente Ovexuna») deb nomlangan.
Lope de Vega Ispan dramaturgiyasini  eng yuqori cho'qqiga ko4tardi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish