Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

(M iLawalgi 43-iH-yiUar)
Adabiyot  ixlosmandi  boMgan  barcha  yoshlar  Ovidiy  ijodini  sevib 
o‘qishadi.  Shoir  «Ishq-muhabbat  ma’budi»  degan  ulug‘  sharafga  bejiz 
muyassar boMmagan.
Shoir ijodida sevgi-muhabbat mavzusi  keng o‘rin  egallaydi.  «Ishqiy 
elegiyalar» to‘plami  Rimdan  uzoq-uzoqlarga tarqalib,  shoirga  ulugMik 
yorligMni  keltirdi.  0 ‘n  sakkiz ayol,  uch erkak tilidan yozilgan  «Qahramon 
ayollar» yoki  «Maktublar» deb ataluvchi  asari  va «Sevgi  san’ati» asari 
Ovidiyning  muhabbat  bobida  antik  dunyoda  tengsiz  so‘z  san’atkori 
ekanligidan dalolat beradi.
Ovidiy inson qalbining nozik torlarini  mahorat ila cherta olgan beqiyos 
quvvai  hofiziga ega boMgan shoirdir.
Sulmon  shahridagi  badavlat xonadonlardan  birida  dunyoga  kelgan 
Ovidiy o^spirinlik yillari  Rimga kelib, yaxshigina ta'lim oladi. Keyinchalik 
Yunoniston  va  Kichik  Osiyo  bo‘ylab  sayohatga  chiqib,  dunyoqarashi 
anchagina o‘sib, olam-olam taassurotlar bilan qaytadi. 0 ‘sha paytlar har bir 
rimlik yunon shoirlari asarlarini o‘qish vayod olishni, Afinadatahsil olishni 
sharafdeb  bilardi. Ovidiy yunon  shoirlari  ijodi  bilan  batafsil  tanishib,  bir 
dunyo  zavq  oladi.  Rimning ko‘zga  ko‘ringan  adabiyot  darg‘alari  bilan 
yaqindan aloqa bogMab, o‘z ijodini erta boshlaydi.  Ilk ijod mahsuli  boMgan 
«Ishqiy elegiyalar» tolplamidagi aksariyat she’rlari  Karinna nomli go‘zalga 
bagMshlangandir.  Aslida  Karinna  shoirning  ma’shuqasi  boMganligini, 
no’malum  sabablarga ko‘ra undan ajrab qolganligini,  bunday hijron azobi 
shoir  ruhiyatiga qattiq  ta’sir etganligini  ta’kidlashadi.  Ehtimol,  shuning 
uchun  ham  shoir butun  hayotini, borligMni  ishq-muhabbatga bagMshlaydi. 
Ovidiy yashagan  zamonda son-sanoqsiz shoirlar Oktavianni  ko'klarga 
koMarib  maqtar  va  buning  evaziga  qator  in’omlar  olishga  musharraf 
boMardi.  Nogahon  bunday  saroy  mushoiralarida  qatnashib  qolgan 
Ovidiyning she’rlari  imperatoiga unchalik xush kayfiyat baxshida etmaydi. 
Natijada hammaga berilgan qimmatbaho mukofotdan shoir mahrum boMib 
qoladi. Shundan so‘ng Ovidiy tanqidiy fikrlami o‘z ijodiga olib kiradi.
Ovidiy yangicha ijodiy yoMni  tanlaydi. 0 ‘zidan  ilgari o‘tgan  Yunon  va 
Rim  shoirlari  kabi  faqat ma’bud  va  ma’budalar,  afsonaviy  pahlavonlar 
hayotidan  olingan  mifologik  syujetdan  bir  qadar  uzoqroq  turib,  inson 
hayotiga  yaqinlashadi.  Insonga  xos  boMgan  his-tuyg‘ularni,  ehtirosu 
izhorlarni  kuylaydi.  Qarangki, antik  shoirning jo ‘shqin  misralari  hamon 
insoniyatga ruhiy quvvat bag‘ishlab kelmoqda.
0 ‘n  besh  bob, o‘n  ikki  ming misradan  iborat  «Metamorfozalar» asari 
shoir ijodining, qolaversa, jahon adabiyotining  gultojidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu  bebaho ijod namunasi  ma’bud va ma'budalar va boshqa afsonaviy 
qahramonlar  hayotiga  bag’ishlangan  bo'lsa-da,  unda  ishq-muhabbat 
mavzusi  keng  olrin  egallaydi.  Shoir  mifologik  vositalar  orqali  o‘zi 
yashagan zamonda yuz berayotgan yaramas illatlami masxara qiladi.
«Sevgi  davosi»,  «Sevgi  san’ati»  asarlaridagi  ishqiy  she’rlari  Impe- 
ratorga  unchalik  yoqmaganligi  sababli,  shoir «Metamorfozalar» («Tur- 
lanish») asariga qo‘l  urgan  edi.  Saroy,  saltanat  ishlariga  daxldor voqea- 
lardan o‘zini  biroz tiyib,  ma’budalar obrazi vositasida o‘z dardini ochishga 
harakat  qilgan  edi.  Biroq  bu  urinishlari  ham  chippakka  chiqqan  edi. 
Oktavian bu  asami yaxshi  qabul  qilmagan edi.  Bundan  qattiq tashvishga 
tushib, ta’sirlangan shoir barcha asarlarini yoqib yuboradi. Tez orada shoir 
Imperatoming farmoyishi bilan Pant (Qora dengiz) bo‘ylariga badarg‘a qili­
nadi.  Surgunda  chekkan  azob-uqubatlari  haqida  «G‘amgin  elegiya», 
«Pantdan maktublar» asarlari yuzaga keladi.
0 ‘n yillik mashaqqatli  surgun davomida  shoir vatanga qaytish  orzusi 
bilan yashaydi,  Imperatordan  qayta-qayta  uzr so‘rab,  maktublar yoMlaydi. 
Biroq  bu maktublarga Oktavian ham,  uning oMimidan so‘ng Rim taxtiga 
o‘tiigan Tiberiy ham e’tibor bermaydi.
Ovidiy ona yurtini  sog‘inib, hasrat va nadomatlar chekib,  milodiy  18- 
yilda Qora dengiz bo‘ylarida olamdan o‘tadi.
Rim  adabiyotining  shaydolari,  muxlislari  shoir  oMimidan  keyin 
qoMyozmalarini to‘plab nashr qiladilar. Avlodlar ishq kuychisi  Ovidiy no­
mini ulugMab,  ardoqlab kelmoqda.
HERODOT

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish