Foydalanilgan adabiyotlar
1.
N.A.Mansurxodjayev,
U.A.Yoqubov.
Ishlab
chiqarish
texnologik
jarayonlarining yong‘in xavfsizligi. Tafakkur-bo‘stoni nashriyoti, Toshkent-2013.
2.
U.A.Yoqubov, N.X.Shirinov, I.R.Tolibdjonov. “Xona, bino va tashqi
qurilmalarning portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarini aniqlash”
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Toshkent-2013 yil.
3.
GOST 12.1.004-91 “Pojarnaya bezopasnost. Obshiye trebovaniya”.
4.
QMQ 2.09.10-96 “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va ularga ishlov
berish uchun binolar va xonalarni loyihalash”.
* * *
TABIIY GAZNING YONG‘INDAN XAVFLILIGINI TURAR JOY
BINOLARIGA VA AVTOMABILLARGA GAZ TO‘LDIRISH
KOMPRESSOR STANSIYALARIGA TA’SIRI
I.R.Talibdjanov (FVV Akademiyasi),
I.A.Tolipov (FVV Akademiyasi kursanti)
azlashtirilgan (gaz bilan ta’minlangan) turar joy binolarining ichida
avariya sababli yuz bergan portlashlar oqibatini kamaytirish uchun,
portlashdan yuzaga keladigan yuklamalar ta’sir etganida binolarning
chidamliligini belgilovchi asosiy omillarni aniqlash lozim. Avariya sababli yuz
bergan portlashlar oqibatlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlarning jarohat
olish va halok bo‘lish hollarining aksariyati, aynan qurilish konstruksiyalarning
buzilishi natijasida ro‘y beradi.
Turar joy binolarida portlashdan xavfli vaziyatning hosil bo‘lishini asosiy
sababi bo‘lib, gazning sirqib chiqib ketishi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda
gazning sirqib chiqib ketishini uchta guruhga ajratish mumkin: yoqilmagan
konforka orqali; ulanish joylarining bo‘shab qolishi natijasida; korroziya sababli
yemirilish natijasida hosil bo‘ladigan yoriqlar orqali.
Hozirgi vaqtda portlashdan xavfli texnologik jarayonlardan iborat ishlab
chiqarish binolarini loyihalash SNiP 2.09.02-85* “Proizvodstvenniye zdaniya”
meyoriy hujjatining talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatda
portlab-yonish xavfi mavjud ishlab chiqarish xonalarida tashqi yengil
tashlanadigan konstruksiyalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Tashqi yengil
tashlanadigan konstruksiyalarning maydoni, xonaning har 1000 m3 hajmiga
kamida 50 m
2
ni tashkil etishi kerak. Bunda, portlashdan yuzaga keladigan
G
261
yuklamalar 5 kPa dan oshmasligi taxmin qilingan. Bu esa, ishlab chiqarish binosini
loyihalashda inobatga olinishi zarur bo‘lgan shartlardan biri bo‘lib, binoning ichki
qismida portlash yuz berganda, uning saqlanib qolinishini ma’lum bir miqdorda
ta’minlaydi.
Hozirgi kunda turar joy binolarini (shu qatorda gaz bilan ta’minlanganlarini)
loyihalashda, ularning portlashga chidamliligi masalasiga deyarli e’tibor
qaratilmaydi. Buning asosiy sababi, turar joy binolarining portlab-yonish va
yong‘in xavfi bo‘yicha toifalanmasligidir. Turar joy binolarining tashqi
devorlaridagi deraza o‘rinlari esa, faqatgina xonalarni tabiiy yoritish nuqtai
nazaridan bajariladi, vaholanki, bu derazalar portlashda yuzaga kelgan bosimni
tashqariga chiqarib tashlash uchun ham xizmat qilishi mumkin.
Deraza o‘rinlarini zamonaviy turdagi to‘ldiruvchilari – plastik shisha paket
(steklopaket)larning yurtimizda keng qo‘llanilishi, turar joy binolarini portlashdan
himoyalash muammosini dolzarb hisoblangan masalalar qatoriga qo‘shmoqda.
Bunday shisha paketlarning oson tashlanishi uchun yetarli bo‘lgan bosim
ko‘rsatkichi 5-6 kPa ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich, binoning asosiy yuk
ko‘taruvchi konstruksiyalarining mustahkamlik ko‘rsatkichiga deyarli yaqin.
Yuqoridagi kabi shisha paketli derazalardan iborat binolarda sodir bo‘lgan
portlashlar, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiy gaz asboblari mavjud xonalarda derazalarga oyna solishning
kuchaytirilgan usulini qo‘llash, portlashdan himoyalash meyorlariga zid bo‘lgan
holat hisoblanadi. Portlash yuz berganda bunday usulda oyna solingan derazalar
oson tashlanuvchi konstruksiyalar vazifasini bajarmaydi va bu holat o‘z navbatida
portlashda hosil bo‘ladigan ortiqcha bosimning birdaniga ortib ketishiga olib
keladi. Shunday ekan, tabiiy gaz bilan ifloslanish ehtimoli mavjud bo‘lgan
xonalarda shisha paketlarni qo‘llash, portlashga chidamlilik nuqtai nazaridan o‘ta
xavfli hisoblanadi.
Turar joy binosida doimiy havo almashuvining mavjudligi, xonada
portlashdan xavfli konsentratsiyaning hosil bo‘lish imkonini tez sur’atlarda
pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida portlash xavfsizligi darajasini ancha oshishiga
olib keladi. Xonalarni shamollatish sifatining yomonlashishida esa, portlash
ehtimoli ancha ortadi. Yilning sovuq mavsumida markaziy isitish tizimining
qoniqarsiz ishlashi (odam tanasi uchun yetarli bo‘lgan issiq harorat bilan ta’minlab
bera olmasligi) oqibatida, ko‘p qavatli binolarning xonadonlarini isitish uchun
oshxonada o‘rnatilgan gaz plitalaridan foydalanish natijasida yuz bergan
portlashlar buning yaqqol dalilidir. Qishki mavsumda xonadonlardagi havoning
harorati derazalarning yopiq bo‘lishiga qaramasdan atrof muhitning haroratiga
yaqin bo‘ladi, shuning uchun xonani shamollatish masalasi uy egasi uchun deyarli
muhim hisoblanmaydi. Bunday holat esa, o‘z navbatida gazning uncha katta
bo‘lmagan miqdorda sirqib chiqib ketishida ham portlashdan xavfli aralashmani
hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun turar joy binolarining shamollatish
tizimlarini profilaktikasi ham, portlashdan himoyalash choralarining biri
hisoblanadi.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, turar joy
binolarining portlashga chidamliligini ta’minlovchi chora-tadbirlar deyarli katta
262
mablag‘larni talab etmasligini, loyihalash davrida ularni tatbiq qilish esa,
qo‘shimcha xarajatlarni oldini olishini ko‘rsatmoqda. Faqat saqlovchi
konstruksiyalar (derazalarga oyna solish) turini to‘g‘ri tanlash kerak xalos.
Pirovardida quyidagicha xulosa qilish mumkin: bino va inshootlarning
portlashga chidamliligini ishonchli ravishda ta’minlash uchun, aniq hajmiy-rejaviy
yechim uchun taxminiy yuklamalar dinamik xarakteristikalarining hisobi zarur,
chunki hozirgi kunda mavjud bo‘lgan normativ baza portlash yuklamalarining
ko‘rsatkichini aniq belgilab berish imkonini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |