FAVQULODDA VAZIYATLAR VA FUQARO MUHOFAZASI TO`G`RISIDA
RESPUBLIKA PREZIDENTINING FARMONLARI, VAZIRLAR
MAHKAMASINING QAROR VA FARMOYISHLARINI TALABALARGA
TANISHTIRISH
1.1. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi to`g`risida tushuncha
1.2. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi to`g`risida prezident
farmonlari.
1.3. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi to`g`risida vazirlar
maxkamasining qaror va farmoyimshlari
Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
aqliy hujum
, guruhlarda ishlash,
blits-so’rov.
Fuqarolar muhofazasi-umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo’lib, u
fuqarolarni, moddiy boyliklarni, bino va inshootlarni va boshqa tarmoqlarini xar
qanday favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda, ularning barqaror
ishlashlarini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishdarini bajarishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Mustaqilligimizning dastlabki davrlaridan boshlab, mamlakatimiz aholisini
va xududlarini tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda xolatlaridan
muhofaza qilish, fuqarolarning xavf-xatarsiz yashashlarini ta’minlash borasidagi
vazifalarni xal etish uchun, O’zbekiston xukumati tomonidan 1991 yilda sobiq
«fuqaro mudofaasi» tizimi, «fuqaro muhofazasi» tizimiga aylantirildi. Yangidan
tashkil etilgan ushbu tizim O’zbekiston Res’ublikasi mudofaa vazirligi tarkibiga
kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik
davrda ruy berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi falokatlar va
xalokatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajarib keldi.
O’zbekiston Res’ublikasi ‘rizidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan,
yuqoridagi vazifalarni yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Res’ublikasi
Mudofaa vazirligining fuqaro muxofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
negizida O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil
etildi. Bu vazirlikning asasiy vazifalari va faoliyat ko’rsatish yo’nalishlari
quyidagilardan iborit:
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
- fuqarolar xayoti va salomatligini muhofaza qilish;
- favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda
zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollar sodir bo’lganda
harakat qilishni boshqarishning favqulodda vaziyatlar davlat tizimi(FVDT)ni
tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash;
- fuqaro muhofazasiga raxbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat
organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish
kabilardan iborat.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining muvaffaqiyatli ish olib borishida
mamlakatimizda yaratilgan kuchli xuquqiy bazaning ahamiyati katta. Favqulodda
vaziyatlar masalasida O’zbekiston Res’ublikasining maxsus qonunlari,
‘rizidentimiz farmonlari, Vazirlar Maxkamasining 30 dan ortiq qaror va
farmoyishlari e’lon qilingan.
O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1996 yil 4 martda
O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining “O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi ‘F-1378-sonli Farmoniga binoan
tashkil etilgan.
Vazirlikning bosh maqsadi - mamlakatimiz aholisi va hududlarini tabiiy va
texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ularning oldini olish
va sodir bo’lganda oqibatlarini bartaraf etish, aholi va hududlar muhofazasi
bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va shu asosda favqulodda vaziyatlar chog’ida
davlat tizimlarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirib borish, aholiga
favqulodda vaziyatlar haqida keng tushunchalar berish, ularni favqulodda
vaziyatlar chog’ida to’g’ri harakatlanishga o’rgatish va bu boradagi ma’lumotlarni
keng ko’lamda targ’ib-tashviq etishdan iborat.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi O’zbekiston Res’ublikasining “Aholini va
hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish”, “Fuqaro muhofazasi”, “Terrorizmga qarshi kurash”, “Radiatsiyaviy
xavfsizlik”, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida”gi va yana qator
Qonunlari, ‘rezidentimiz farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarini
bajarish bo’yicha faoliyat olib boradi.
Vazirlik o’z hududiy va tarkibiy tuzilmalariga ega bo’lib, ularga
Qoraqal’og’iston Res’ublikasi, Toshkent shahar va yana qolgan viloyatlardagi
Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari kiradi. Vazirlikning Fuqaro muhofazasi
instituti esa aholi va hududlarni muhofaza qilish bo’yicha nafaqat mazkur soha
xodimlari, balki res’ublikamiz miqyosidagi mas’ul rahbar lavozimlarida xizmat
qiluvchi barcha mutaxassislarni fuqaro muhofazasi bo’yicha qayta tayyorlovdan
o’tkazadi, bilim va malakalarini oshiradi. SHuningdek, Tez harakat qilish
res’ublika ko’’ tarmoqli markazi, Tez harakat qilish maxsus otryadi, “Rezak”,
“Qamchiq” kabi qidiruv-qutqaruv otryadlari ham borki, ular hamyurtlarimizga har
qanday vaziyatda va holatda inson’arvarlik yordamini ko’rsata oladilar. Vazirlik
qoshidagi Qutqaruvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazi esa
qutqaruvchilarni doimiy ravishda o’qitib, nazariy va amaliy ko’nikmalarini
mustahkamlab boradi.
Vazirlik faoliyatiga oid asosiy xabar va ma’lumotlar, mamlakatimiz aholisini va
hududlarini tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
borasida olib borilayotgan tadbirlar vazirlikning vaqtli matbuot nashrlari –
“Vaziyat” gazetasi, “Muhofaza+” jurnali hamda internetdagi saytda muntazam
yoritib boriladi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida yirik va keng ko’lamdagi turli
xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Tez
harakat qilish res’ublika ko’’ tarmoqli markazi faoliyat olib boradi. Mazkur markaz
Vazirning asosiy zaxira kuchi hisoblanadi hamda faqat Vazirning qaroriga asosan
harakatga keltiriladi. Markaz tarkibida Boshqaruv organ - shtab, navbatchilik
qismi, qidiruv-qutqaruv guruhi, suvda qutqaruv guruhi, radiatsion, kimyoviy,
biologik (bakteriologik) muhofaza guruhi, muhandislik-texnik ta’minoti guruhi,
tibbiyot xizmati, aloqa bo’limi hamda kinologiya xizmatlari mavjud.
Ma’lumki, Toshkent viloyati CHirchiq shahri “Kimyogarlar shahri” hisoblanadi.
CHirchiq shahridagi “Elektrokimyosanoat” va “Ka’rolaktam”, Olmaliq shahridagi
“Ammofos” korxonalari hamda Bo’stonliq tumanidagi “CHimyon-CHorvoq” dam
olish maskanlarida xavfsizlikni ta’minlash Tez harakat qilish maxsus
otryadiga yuklatilgan.
O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi maxsus Qaroriga
ko’ra, A-373 “Toshkent-O’sh” xalqaro avtomobilg’ yo’lining “Angren-Qo’qon”
yo’nalishi “Qamchiq” dovon qismida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida,
“Qamchiq” va “Rezak” qidiruv-qutqaruv otryadlari tuzilgan. Mazkur hududda
avtomobillarning muntazam ravishda xavfsiz harakatini ta’minlash, dovonda
joylashgan aholi yashash ‘unktlari va iqtisodiyot ob’ektlarini turli tusdagi
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ushbu otryadlarning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi.
Bundan tashqari, vazirlik tizimidagi turli toifadagi qutqaruvchilar, vazirlikning
to’g’ridan-to’g’ri va tezkor bo’ysunuvidagi avariya-qutqaruv kuchlari shaxsiy
tarkibi a’zolari hamda boshqa korxona, tashkilotlarning fuqaro muhofazasi
tuzilmalari qutqaruvchilari ekstremal vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv, avariya-
qutqaruv, amaliy yordam ko’rsatish, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlar va qo’’oruvchilik-terrorchilik xurujlari oqibatlarini bartaraf qilish,
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish, hayotiy faoliyat
xavfsizligini ta’minlash masalalari bo’yicha Qutqaruvchilarni tayyorlash va
malakasini oshirish markazida qayta tayyorlovdan o’tkazib boriladilar.
Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibidagi Avariya-qutqaruv
otryadlari viloyat, shahar va tumanlar hududlarida yuzaga kelgan avariyalar,
halokatlar, boshqa tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini
bartaraf etish ishlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy kuch va
vositalari yetib kelguniga qadar, birlamchi qutqaruv ishlari va kechiktirib
bo’lmaydigan chora-tadbirlarni o’tkazadi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda
yoki xavfi mavjud bo’lganda, vazirlik va idoralar kuch-vositalari hamda maxsus
xizmatlar bilan hamkorlikda harakat qiladi.
Hozirda O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrdagi
558-son Qaroriga asosan, O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) mavjud.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari mulkchilik shakllari hamda idoraviy bo’ysunishidan
qat’i nazar, vazirliklar, davlat qo’mitalari, agentliklar, uyushmalar, kom’aniyalar
va idoralar, shaharlar, tumanlar, qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari,
korxonalar, tashkilotlar, xo’jaliklar va barcha muassasalarda tashkil etilib,
favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo’lmaydigan ishlarni olib borish, shuningdek, Fuqaro muhofazasining boshqa
tadbirlarini o’tkazish uchun tashkil etiladi.
“Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Nizomi”ga asosan, barcha iqtisodiyot ob’ektlarida
Fuqaro muhofazasi vazifalarini bajarish maqsadida, ushbu ob’ektlarning geografik
joylashuvi, texnologik jarayoni va ishlatiladigan xom-ashyolar turlari va miqdori,
ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlar va mavjud shart-sharoitlar,
ishchi-xizmatchilar hamda aholining soni, shuningdek, zichligini hisobga olgan
holda, Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tashkil etiladi.
2008 yil 23 sentyabrg’ kuni O’zbekiston Res’ublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik ‘alatasida O’zbekiston Res’ublikasi “Qutqaruv xizmati va
qutqaruvchi maqomi to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning
maqsadi - qutqaruv xizmatlari faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok
etuvchi qutqaruvchilar, ularning oila a’zolari va O’zbekiston Res’ublikasi boshqa
fuqarolarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasi masalalari bo’yicha davlat siyosati
asoslarini belgilashdan iboratdir.
Ushbu Qonunda O’zbekiston Res’ublikasi hududidagi qutqaruv xizmatlari va
tuzilmalarini tashkil etish tartibi, ularni shahodatlash va ro’yxatdan o’tkazish,
qutqaruvchilar va ularning oila a’zolari huquq- majburiyatlarining huquqiy kafolati
hamda ijtimoiy himoya qilish masalalari belgilangan.
Hamkorlikdagi uchrashuv Joriy yilning 5 yanvarg’ kuni O’zbekiston Res’ublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligida BMTning Bolalar fondi tashkiloti (Yunisef)
rahbarining O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri bilan
uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvni o’tkazishdan maqsad — tashkilot rahbari janob Jan Mishelg’
Delg’motning
O’zbekiston
Res’ublikasi
Favqulodda
vaziyatlar
vaziri
T.A.Xudaybergenov bilan do’stona uchrashuvini tashkil etish, shuningdek,
“O’zbekiston viloyatlarining ofatlar yuz berishi mumkin bo’lgan hududlarida
istiqomat qiluvchi va ulardan ko’’roq jabr ko’ruvchi mahalliy aholi, ayniqsa,
ayollar va bolalar uchun ofatlar xavfini kamaytirish” qo’shma loyihasi doirasida
kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Uchrashuv davomida YuNISEF tashkiloti tomonidan qo’shma loyihaning
to’laqonli ijrosi va targ’iboti yuzasidan chuqur minnatdorchilik bildirilib, 2010-
2011 yillar uchun mo’ljallangan “DI’EKO VI” dasturi doirasida barcha, ya’ni
12 ta viloyatda, shuningdek, Qoraqal’og’iston Res’ublikasida samarli tadbirlar
tashkil qilinganligi alohida ta’kidlandi.
Janob J.M.Delg’mot ta’kidlashicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda muvofiqlashtiruvchi
organ hisoblanadi, shuning uchun u YuNISEFning O’zbekistondagi faoliyatiga
baho berishni so’radi. Bunga javoban Favqulodda vaziyatlar vazirligi “DI’EKO
IV-DI’EKO VI” dasturi doirasidagi hamkorlik ishlari ko’lamiga e’tibor qaratgan
holda YuNISEF faoliyatini ijobiy baholash mumkinligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatiga
tashkillashtirilgan mazkur tadbir uchun chuqur minnatdorchichlik izhor etdilar.
Fuqaro muhofazasining vazifalari O’zbekiston res’ublikasining 2000 yil 26
mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunida o’z aksini ta’gan.
Ushbu qonunda belgilab qo’yilganidek, quyidagilar fuqaro muhofazasining asosiy
vazifalari hisoblanadi:
- aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish ‘aytida yoki shu
xarakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va
usullariga tayyorlash;
- boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va
doimiy shay xolatda saqlab turish;
- ishlab chiqarish ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan
tadbirlar kom’leksini o’tkazish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
- fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;
- aholini umumiy va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini
o’tkazish;
- aholining xarbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;
- radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va
laboratoriya nazorati olib borish;
- qutqaruv va boshqa kechiktirb bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
- xarbiy davrlarda ham zarar ko’rgan xududlarda jamoat tartibini yo’lga
qo’yish va saqlab turish;
- aholini va xududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga
oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan
xududlarda, ob’ektlarda mo’’tadil hayot faoliyatini yaratib bo’lmaydi. Bu ishlar
davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq amalga
oshiradi.
O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 2017 yil 2 iyun kundagi "Aholi va
hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi ‘Q -
3030 - sonli qarori
O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan
vaqtdan buyon aholini va rahbarlar tarkibini fuqaro muhofazasi va favqulodda
vaziyatlar sohasida tayyorlash vazirlikning ustuvor vazifalaridan biri deb
belgilangan. SHu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo’yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash
markazi negizida O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti (keyingi
o’rinlarda — Fuqaro muhofazasi instituti) tashkil etilgan.
O’tgan yillar davomida Fuqaro muhofazasi institutida fuqaro muhofazasi
yo’nalishi bo’yicha 32068 nafar tinglovchi, safarbarlik tayyorgarligi yo’nalishi
bo’yicha 4196 nafar tinglovchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 601 nafar
harbiy xizmatchilari va 2342 nafar qutqaruvchilari, shu jumladan, boshqa vazirlik
va idoralarning qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilari tayyorgarlikdan o’tkazildi.
SHu bilan birga, respublikada va xorijiy mamlakatlarda aholi va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasida
kadrlar tayyorlash ishlarining har tomonlama tanqidiy tahlili shuni ko’rsatmoqdaki,
ushbu sohada mutaxassislar tayyorlashning mavjud tizimi hozirgi kun talablariga
to’liq javob bermaydi. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat
qilish davlat tizimining (keyingi o’rinlarda — FVDT) boshqaruv organlari
xodimlarini, fuqaro muhofazasi kuchlarini, shuningdek, aholini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga, magistr darajasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli
mutaxassislarni tayyorlashning yagona tizimi mavjud emas. Amaldagi o’quv
dasturlari tubdan qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Ushbu sohada fundamental va
amaliy tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmaya’ti.
O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va
bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
2017 yil 1 iyundagi PF-5066—sonli Farmoni va O’zbekiston Res’ublikasi
‘rezidentining “O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi
2017 yil 2 iyundagi ‘Q-3029-sonli Qaroriga muvofiq, mutaxassislarni aholi va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlashva
ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada takomillashtirishni tubdan
o’zgartirish, tayyorgarlikdan o’tkazishning yagona tizimini yaratish, ilmiy-
tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek, Fuqaro muhofazasi
institutining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida:
1.
Quyidagilar Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari etib
belgilansin:
res’ublika aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish,
shuningdek,fuqaro muhofazasi sohasida kom’leks tadbirlarni tashkil etish va
bajarish bo’yicha FVDTning res’ublika va mahalliy boshqaruv organlari
mutaxassislari va mansabdor shaxslarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini
tayyorlash tizimini tashkil etish, rivojlantirish va ularga tashkiliy-uslubiy rahbarlik
qilish;
davlat standartlari, xalqaro tajribalar fan va ta’lim sohasidagi innovatsiya
texnologiyalari an’analari talablarini hisobga olgan holda “Favqulodda
vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasiga ega
bo’lgan oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek,
fuqaro muhofazasi sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining kontrakt bo’yicha
harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini, tarkibiy va hududiy bo’linmalari
qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilarini, FVDT tarkibiga kiruvchi boshqa vazirliklar
va idoralarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek, mutaxassislari va rahbar
kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlariga
fuqarolarni hamda vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, o’zini o’zi boshqarish organlari rahbar kadrlarini tayyorlash,
shuningdek, umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy
o’quv muassasalarining o’quvchi yoshlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va sodir obo’lganda harakat qilishga tayyorlash bo’yicha faoliyatiga o’quv-uslubiy
rahbarlik qilish;
fuqaro muhofazasi muammolarini hal etishga, tabiiy, texnogen va ekologik
xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga
yo’naltirilgan fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar, konstruktorlik
ishlanmalarini tashkil etish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish, tabiiy ofatlar,
avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, hayotiy faoliyat xavfsizligini
ta’minlash, aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
safarbar etishga doir bilimlarni aholi o’rtasida ommalashtirish.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlari kom’leks
dasturi 2-ilovaga muvofiq.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida 2017-2018 o’quv yilidan boshlab
5A640103—“Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo’yicha
magistratura ochish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasida o’qishga tinglovchilarni qabul
qilish kvotasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, FVDT tarkibiga
kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda
O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilansin.
O’zbekiston Res’ublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R.M.Djuraev):
ikki hafta muddatda Fuqaro muhofazasi instituti shtatlari jadvalini va uning
Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2017 yilning 10 iyunigacha bo’lgan muddatda Fuqaro muhofazasi instituti
faoliyatini samarali tashkil etish tadbirlari rejasini tasdiqlasin;
2017 yilning 1 iyuligacha bo’lgan muddatda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini tanlab
olishva Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi
to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqsin va qo’shma qaror bilan tasdiqlasin;
2017 yilning 15 iyuligacha bo’lgan muddatda Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi, O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi bilan birgalikda Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari
o’qituvchilarini attestatsiyadan o’tkazish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va oqibatlarini bartaraf etish, rahbarlar tarkibini va fuqaro muhofazasi
tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash bo’yicha amaliy
tajribaga ega, shuningdek, ilmiy-’edagogik faoliyatga qodir bo’lgan yuqori
malakali o’qituvchilar bilan ta’minlasin;
2017 yilning 1 noyabrigacha bo’lgan muddatda — Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda aholi va rahbarlar tarkibini
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash sohasida zamonaviy talablarga
javob beradigan, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bo’lgan o’quv rejalari va
dasturlarini ishlab chiqsin;
2017 yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab Fuqaro muhofazasi instituti
‘rofessor-o’qituvchilar tarkibining yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy
ta’lim muassasalarida tayyorgarlikdan o’tishi va malakasini oshirishini tizimli
tarzda ta’minlasin;
tegishli fanlar bo’yicha mashg’ulotlarni olib borish uchun mamlakatning yetakchi
oliy ta’lim muassasalari tajribali ilmiy-’edagogik kadrlarini, xorijiy mamlakatlar
ta’lim va tadqiqot markazlari mutaxassislarini jalb etish amaliyotini davom ettirsin;
vazirlikning markaziy a’’arati, hududiy va tarkibiy bo’linmalarinifaqat Fuqaro
muhofazasi instituti bitiruvchilari bilan jamlanadigan lavozimlari ro’yxatini
aniqlasin.
O’zbekiston Res’ublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi
(R.S.Qosimov) Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVDT tizimida kelgusida ishlashi uchun
3-ilovaga muvofiq ro’yxat bo’yicha kasb-hunar kollejlarida o’rta-maxsus, kasbiy
ma’lumotli mutaxassislarni, 4-ilovaga muvofiq ro’yxat bo’yicha oliy ta’lim
muassasalarida — 5640100 — “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” mutaxassisligi
bo’yicha bakalavr darajasiga ega oliy ma’lumotli mutaxassislarni tiayyorlashni
tashkil etsin;
2017 yilning 15 iyuligacha bo’lgan muddatda ushbu 3,4-ilovalarda
keltirilgan o’rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlari
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro
muhofazasi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi zamonaviy talablarga
muvofiq, bitiruvchilarda amaliy ko’nikma va kasbiy bilimlarni nazarda tutuvchi
qo’shimcha modullar kiritilishini hisobga olgan holda qayta ishlab chiqsin.
Belgilab qo’yilsinki, 3-ilovada ko’rsatilgan o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida o’sib kelayotgan avlodni kasbga yo’naltirish, ularga favqulodda
vaziyatlarda harakat qilish, shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni
bajarish bo’yicha malaka va amaliy ko’nikmalarni singdirish bilan bog’liq
qo’shimcha o’qitish amalga oshiriladi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R.M.Djuraev) Adliya vazirligi hamda
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan holda amaldagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritish to’g’risida O’zbekiston
Repsublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar ushbu qarorga
muvofiqlashtirilsin.
O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 28 fevralg’ 2013 yil
2013 yilda sel-toshqinlar va yer ko’chki hodisalari bilan bog’liq favqulodda
vaziyatlardan O’zbekiston Res’ublikasi aholisi va hududlarini himoya qilish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida ‘Q-1926 sonli qarori Xavfli
gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning
oldini olish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek ularning ehtimol
tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Toshqin suvlari va sel oqimlarini
xavfsiz o’tkazishini ta’minlash, qor va yer ko’chki hodisalari xavfini kamaytirish
bo’yicha hukumat komissiyasi (keyingi o’rinlarda – Toshqinga qarshi hukumat
komissiyasi)
tomonidan
2013 yilda gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bog’liq favqulodda
vaziyatlardan
O’zbekiston
Res’ublikasi
aholisi
va hududlarini himoya qilish bo’yicha asosiy tadbirlar Dasturi tasdiqlanib, amalga
oshirilaya’ti.
Mazkur Dasturni ijro etish yuzasidan xatarli gidrometeorologik va geologik
hodisalar yuz berishi mumkin bo’lgan hududlar ko’zdan kechirildi. Bunda to’qqiz
viloyatning sel, toshqin, ko’chki xavfi bor hududlaridagi 616
ta xo’jalikda 3259
nafar odam yashashi aniqlandi.
“O’zgidromet” markazi va Davlat geologiya qo’mitasi xizmatlarining
ko’rsatmalariga muvofiq sel-toshqin va yer ko’chki hodisalari faollashgan vaqtida
himoya qilishni ta’minlash maqsadida, aholi va iqtisodiyot ob’ektlariga tahdid
solayotgan xavfli zonalarning monitoringi olib borilmoqda.
SHu bilan bir ‘aytda, “O’zgidromet” markazi va Davlat geologiya
qo’mitasining ‘rognoz ma’lumotlariga ko’ra, 2013 yilning bahor-yoz davrlarida
O’zbekiston Res’ublikasining tog’oldi va tog’li hududlarida sel hodisalari xavfi
kuchayishi, shuningdek yer ko’chki jarayonlarining faollashishi kutilmoqda.
2. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi (SH.M.Mirziyoev):
res’ublika aholisi va hududlarini ehtimol tutilgan xatarli sel-toshqin, yer va
qor ko’chkilari oqibatlaridan muhofaza qilish bo’yicha asosiy chora-tadbirlarni
amalga oshirish chog’ida O’zbekiston Res’ubikasi favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi o’rinlarda - FVDT)ga qarashli
hududiy va funktsional kichik tizimlarning kuch va vositalari nazorat qilinishi,
muvofiqlashtirilishi va samarali hamkorlik qilishini ta’minlasin;
res’ublika mintaqalarida va uning tashqarisida aholi hayot faoliyatiga va
iqtisodiyot ob’ektlariga tahdid solayotgan sel-toshqin oqimlari va yer ko’chkilari
shakllanadigan hamda tarqaladigan eng xavfli uchastkalarni oldindan aniqlashga,
shuningdek, birinchi galda Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan,
Surxondaryo, Samarqand, Toshkent va Farg’ona viloyatlari hududlarida
‘rofilaktika va himoya chora-tadbirlarini amalga oshirishga alohida e’tibor bersin;
Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, “Davsuvxo’jaliknazorat” ins’ektsiyasi,
“O’zbekenergo”,
“O’zavtoyo’l”
davlat
aktsiyadorlik
kom’aniyalari,
Qoraqal’og’iston Res’ublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining mas’ul mansabdor shaxslaridan iborat maxsus ishchi guruhini
tashkil qilsin hamda 2013 yilning 15 martiga qadar bo’lgan muddatda suv
omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlari (to’g’onlar, dambalar, kanallar, sel
yig’iladigan omborlar, sel traktlari), shuningdek res’ublikaning umumiy
foydalanish ko’’riklari hamda daryo va soylar o’zanlarining xavfli uchastkalari
holatini o’rganib, vujudga kelishi mumkin bo’lgan sel va toshqin suvlarini xavf-
xatarsiz qabul qilish hamda avariyasiz o’tkazib yuborishga doimiy tayyorligini
ta’minlasin;
2014-2015 yillarga va istiqbolda 2020 yilgacha O’zbekiston Res’ublikasi
suv yo’llari orqali suvni bir maromda va xavfsiz o’tkazish Dasturini 2013 yilning
15 oktyabrigacha muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanishini ta’minlasin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T.Xudaybergenov), “O’zgidromet” markazi
(V.CHub) va Davlat geologiya qo’mitasi (I.To’ramuratov) bilan xavfli sel-toshqin
va ko’chki holatlari vujudga keltirishi mumkin bo’lgan salbiy ta’sirni o’z vaqtida
aniqlash,
tegishli
majburlov
choralarini
ko’rish
maqsadida
binolar
va inshootlar tekshirilishini tashkil qilsin;
Bosh ‘rokuratura (R.Qodirov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi
(N.Umarov) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T.Xudaybergenov) bilan yaqin
hamkorlikda daryolarning qayir joylarida daryo, kanal va soylarning suv o’tkazish
qobiliyatini ‘asaytiradigan, ruxsat etilmagan qurilishlar va noruda materiallarni
qazib olish, boshqa xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning oldini olish bo’yicha
kuchaytirilgan choralar ko’rsin; O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining “2012
yilda
sel-toshqinlar va yer ko’chki hodisalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlardan
O’zbekiston Res’ublikasi aholisi va hududlarini himoya qilish borasidagi
qo’shimcha
chora-tadbirlar
to’g’risida”
2012
yil
7 fevraldagi ‘Q-1703-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |