Fuqaro muhofazasi–harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu xarakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
Fuqaro muhofazasi xizmati–FM maxsus tadbirlarini bajarish, FM tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo’limlar majmuasi.
Himoya inshootlari–aholini va ishlab chiqarish hodimlarini zamonaviy qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik inshootlari majmui.
FV kuchlari –qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan FM harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari.
1999-yil 20-avgustda «Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» qonun qabul qilindi. U 15 moddadan iborat bo’lib, gidrotexnik inshootlarni loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tushunchalar berilgan.
2000-yil 31-avgustda «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida» qonun qabul qilindi. U 5 ta bo’lim va 28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar hayoti, sog’ligi va mol-mulki, shuningdek atrof -muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan. Unda ko’plab asosiy tushunchalar berilgan, jumladan :
Radiatsiyaviy avariya-uskuna nosozligi, hodimlar xatti - harakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli FV tufayli kelib chiqqan nurlanish va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.
Yadroviy xavfsizlik–Yadroviy materialdan xavfsiz holda foydalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui.
2000 yil 15 dekabrda «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida» gi qonun qabul qilindi. U 5 ta bo’lim, 31 moddadan iborat bo’lib, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda shaxs, jamiyat va davlatning terrorizm xavfsizligini ta’minlash, davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish va milliy totuvlikni saqlash kabi masalalar o’rin olgan. Jumladan :
Terrorizm – bu siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo’q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotlarni, jismoniy va yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishda, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning xavfsizligiga putur yetkazishga qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy - siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar majmuasidir.
1994-yil 12-aprelda «Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko’chki hodisalari bilan bog’liq bo’lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari» to’g’risida qaror qabul qilindi.
1996-yil 18- yanvarda «O’zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qilindi.
It odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tekshirish va 10 kun muddat ajratib qo’yish, veterinariya ko’rigidan o’tkazish va bu ma’lumotni jabrlangan shaxsga topshirish lozim . Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi, hayvonlari olib qo’yiladi.
1998 yil 27 oktyabrda «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi FV ning tasnifi to’g’risida» qaror qabul qilindi. Unda FV xarakteriga ko’ra 3 turga – tabiiy, texnogen va ekologik bo’linadi. O’lchamiga ko’ra 4 ta – lokal, mahalliy, Respublika va transchegaraviy FV larga bo’linishligi ta’kidlab o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |