Nazorat savollari:
1.Moda industriyasi tovarlarini sotadigan magazinlar qaysi kategoriyalarga bơlinadi?
2.Franchayzing tushunchasini ta'riflab bering.
3.Keng tarmoqli universal magazinlarni qanday turlari bor?
4.Autletlarda qanday tovarlar sotiladi?
5.Fabrika magazinlari qanday magazinlar hisoblanadi?
Foydalanadigan adabiyotlar:
1.Наталия Гузелевич.Фокусы мерчандайзинга.изд.Питер.2010.
2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер .с англ. Гревцов Паблишер. Минск.2009.
3.А. Пименов. Хочу- Вижу ,изд. Омега,Москва.2010
15-Ma'ruza
Mavzu: Mijoz bilan ishlash texnikasi.
Reja:
1.Shopping tushunchasi va ta'riflari.
2.Savdo hodimlarini vazifalari.
3.Mijozlarga xizmat kơrsatish qoidalari.
1.Shopping tushunchasi va ta'riflari.
Tovar sotib olish jarayoni xaridorlarning psixologik stereotiplariga boğliq bơladi. Bir hil buyumlar rejalashtirilmasdan tơsatdan sotib olinadi, boshqalari esa yaxshilab ushbu buyum tơğrisida axborotlar ơrganilib sơng sotib olinadi. Dơkondagi iste'molchilar uchun sotib olish jarayoni xar hil tarzda bơlishi mumkin ekan.
Shopping ayrimlarga dơkonga ơrtoqlari yoki dugonasi bilan birga borib aylanib ohirgi yangiliklarni muxokama etish bơlishi mumkin. Bunday holatda tovar sotib olish rejalashtirilmagan bơladi ,bunda tovarni sotib olish jiddiy ơylanmaydi. Bunday savdo jarayonida impulsiv ya'ni tezkor xarid amalga oshirilishi mumkin. Xaridni amalga oshirish kơproq sotuvchilarni mijozlarga bơlgan muomilasiga, xaridni amalga oshirishga ishontirish qobiliyatiga va tovarni qanday joylashtirilganiga boğliq bơladi.
Dơkonlarda olib borilgan kuzatishlar shuni kơrsatadiki,
Kassada kim kơproq pul qoldiradi degan savolga ayol bolasi bilan, ayol bir ơzi, ayol dugonasi bilan va ayol erkak bilan dơkonga kelganda ayol erkak bilan kelganda kơproq pul tashlab ketilar ekan.
Shopping bu ơzini “men” tushunchasini kơrsatishdir. Insonning nimani qaerda sotib olishiga qarab atrofdagilar uni xohishlari va xarakteri tơğrisida xulosa chiqarishlari mumkin.
Sotuvchilar ơzining sotayotgan tovari tơğrisida, tovarni ishlab chiqargan brend tơğrisida kơproq ma'lumotlarga ega bơlishi kerak.
Sotuvchilar haridorlarga tovar tơğrisida bor axborotni aytib berishi kerak bơladi.
Shopping yana ơz ơziga sovğa qilish demakdir. Insonlar bir birini juda kam maqtashadi va hursand qilishadi. Shu sababli kơpchilik insonlar ơzini hursand qilish maqsadida ơzlariga yangi buyumlar sotib olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |