Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
236. Hozirgi zamon qo‘shimchalarining qaysi shakli talaffuzi va yozilishi har xil?
A) -yap B) -(a)yotir С) -(a)yotib D) -moqda
237. Kelasi zamon fe’llari qanday harakat-holatni bildiradi?
A)
harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotganini yoki bermayotganini
B)
harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini
С) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini
D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini
238. Kelasi zamon qo‘shimchalarini sanang.
A) -adi, -ur, -moqchi, B) -ajak, -yap, -ibdi С) -yap, -yotir, -yotib D) barchasi
239. Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar. Ushbu maqol mazmun jihatidan qaysi zamonga
tegishli?
A) hozirgi zamon B) kelasi zamon С) o‘tgan zamon D) har uchala zamon 240. Kelasi
zamon shakllarining qaysilari ba’zan har uchala zamonga oid voqeani bildiradi?
A) -a, -adi, -moqchi B) -a, -y, -(a)r С) -a, -adi, -ajak D) -ur, moqchi
241. Qaysi qo‘shimcha kelasi zamon ma’nosini taxmin va gumon yo‘li bilan ifodalaydi?
A) -adi B) -ur С) -ajak
D) -(a)r
242.
Daryoning suvi ko‘paysa, baliqlarning chiqishi oson bo‘ladi. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi
zamonga oid? A) hozirgi zamon B) kelasi zamon С) o‘tgan zamon D) har uchala zamon
243.
Fe’l asosida ifodalangan harakat va holat haqida xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini
ifodalovchi fe’l shakllari qanday shakllar sanaladi?
A) munosabat shakllari B) zamon shakllari С) mayl shakllari D) nisbat shakllari
244. Fe’l mayllarini sanang. 1. Xabar mayli. 2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli. 4. Maqsad
mayli.
A) 1, 2, 4
B) 2, 3, 4 С) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
245. Xabar mayli qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi?
A) egalik qo‘shimchalari B) kelishiklar qo‘shimchalari
С) zamon va shaxs-son qo‘shimchalari D) A va B
246. Xabar maylidagi fe’l ishtirok etgan gap qanday ataladi?
A) darak gap
B) buyruq gap С) istak gap D) so‘roq gap
247. Nima deysan, ey g‘ayir inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tarsan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur. Misralar muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov С) To‘ra Sulaymon D) Muhammad Yusuf
248. Otasi Qo‘qonning «Madalixon» madrasasida bir necha yillar mudarris bo‘lib ishlagan.
Ushbu gapda qaysi mayldagi fe’l ishtirok etgan?
A) xabar mayli B) shart mayli С) buyruq-istak mayli D) maqsad mayli
249. Buyruq-istak maylidagi fe’l qanday ma’nolarni ifodalaydi?
1. Buyruq. 2. Istak. 3. Iltimos. 4. Maslahat. 5. Shart. 6. Ishonch.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 D) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |