Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
144. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. Ushbu gapda ravishdoshning qaysi shakli qo‘llangan?
A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi
C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
145. Yodgor ishni kelib-kelmay adog‘iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qaysi shakli
qo‘llangan? A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi
C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
146.
Shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. Ushbu gapda ravishdoshning qaysi shakli
qo‘llangan? A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi C) sabab ravishdoshi D) payt
ravishdoshi
147.
Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlardi. Ushbu gapda fe’lning vazifaviy
shakllaridan qaysi biri qo‘llangan? A) harakat nomi B) harakat nomi, sifatdosh
C) ravishdosh, harakat nomi D) sifatdosh, ravishdosh
148. O‘qiy boshlamoq, o‘qiy olmoq, o‘qib chiqmoq, o‘qib tugatmoq, o‘qib turmoq, o‘qib yurmoq,
o‘qib tashlamoq. Ushbu so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni chiqaring.
A) 2 ta mustaqil fe’l B) qo‘shma fe’l
C) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi D) so‘z qo‘shilmasi
149. Ravishdoshning -a, -y, -(i)b shakllariga qo‘shilib o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan,
asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini bildiruvchi fe’llar qanday ataladi? A)
yetakchi fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) juft fe’llar D) qo‘shma fe’llar 150. Harakat tarzi fe’llari
qanday fe’llar?
A) yetakchi fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) juft fe’llar D) qo‘shma fe’llar
151. Ko‘makchi fe’llar harakatning qanday bosqichlarini bildira oladi?
A) boshlanish, davom etish, tugallanish B) harakatning tezligi, imkoniyati
C) harakatning holati D) A va B
152. Harakat tarzi deyilganda qanday ma’nolar anglashiladi?
A) boshlanish, davom etish, tugallanish B) harakatning tezligi, imkoniyati
C) harakatning holati D) A va B
153. Faqat ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladigan fe’llarga misol keltiring.
A) bunday fe’llar mavjud emas B) olmoq, tashlamoq, qo‘ymoq
C) olmoq, boshlamoq, chiqmoq D) chiqmoq, bo‘ylamoq
154. Ko‘makchi fe’l har doim o‘zidan oldin qanday fe’lni talab qiladi?
A) yetakchi fe’llarni B) ko‘makchi fe’llarni C) juft fe’llarni D) qo‘shma fe’llarni
155. O‘z mustaqil ma’nosini saqlagan ko‘makchi fe’l bilan qo‘llanadigan fe’l qanday nomlanadi?
A) yetakchi fe’l B) ko‘makchi fe’l C) juft fe’l D) qo‘shma fe’l
156. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning boshlanishini bildiradi?
A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq
157. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligini bildiradi?
A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |