Bolalar lug‘ati
Tartibga solish
– tartibli holga
keltirish.
zaruriy yumush
– kerakli va
muhim ish.
Pala-partish
– tartibsiz, betar-
tib, chala-chulpa, o‘ylamay-net-
may qilingan ish.
Tejamkorlik
liga otasidan katta boylik meros bo‘lib
qoldi. Shu boylik evaziga Ali va uning
oilasi otasidan keyin ham yaxshi yashay bosh-
ladi. Lekin u o‘zini ko‘rsatishga va boylarga
o‘xshashga harakat qilardi. Shuning uchun u
qimmatbaho mashina sotib oldi, chiroyli qa-
srdek hovlida yashashni istab qoldi, o‘yin-kul-
gularga berilib ketdi. Natijada kirimidan ko‘ra
ko‘proq pul sarflay boshladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
512
Puli qolmagach, ba’zi banklardan qarz ol-
ishga o‘tdi. Hatto bo‘ynidagi qarzlari ko‘payib,
qo‘l ostidagi mol-mulkni birma-bir sota bosh-
ladi. Nihoyat, uning qo‘lida hech narsa qolma-
di. Shu tariqa Ali pulni behuda sarflash tufayli
oilasi qiyin ahvolga tushib qoldi.
Bunga ish oqibatini o‘ylamagan, zamon-
ning o‘zgarib turishini va hayotda kutilmagan
hodisalar ro‘y berishini hisobga ola bilmagan
oila boshlig‘i sababchi bo‘ldi. Natijada uni
o‘ylamay qilgan ishi xorlik va kambag‘allikka
yo‘liqtirdi. Agar sarf-xarajatni kamaytirib,
boshqalardan qarz olmaganida o‘zi ham, oilasi
ham qiynalib qolmasdi.
Aziz bolalar, tejamkorlik pul sarflash-
da o‘rtamiyona bo‘lishdir. Ya’ni, hayotda
kutilmagan hodisalarini hisobga olmas-
dan qo‘lidagi pullarning hammasini sarflab
yubormasin, o‘zi va oilasiga sarflashda juda
baxillik ham qilmasin. Mol-dunyo yig‘ishga
berilib ularni taom, kiyim, turar joy va
davolanishlariga kerakli narsalardan mah-
rum qilmasin. Agar shunday qilsa, oilasi uni
yomon ko‘rib qoladi.
Tejamkor odam pulini keragidan ortiqcha
narsalarga sarflamaydi. O‘n so‘mga olinadigan
narsa uchun hovliqib, yuz so‘m sarflamaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
513
Pulni faqat kerakli narsalargagina sarflaydi.
Har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutadi. Agar o‘n
so‘mga olish mumkin bo‘lgan narsaga yuz
so‘m ishlataversa, bir kuni pushaymon bo‘ladi.
Chunki hayotda tejamkorlik nimaligini bil-
maydiganlar muhtojlikka tushib qoladilar. Is-
rofgarlik puldan barakani ketkazadi. Shuni
unutmang, aziz bolalar.
Quyidagilarga amal qilish tejamkor bo‘lishga
yordam beradi:
1. Harajatning har biri uchun o‘zingga mu-
nosib miqdor belgila.
2. Musibatlar paytida sarflash uchun kir-
imning muayyan qismini jamg‘arib qo‘yishga
e’tibor ber.
3. Ortiqcha dabdabalarga sarf-xarajatni ko‘-
paytirib yuborma. Masalan, qimmatroq mashi-
na sotib olish, o‘yingohlarni ko‘p ziyorat qilish,
yangi chiqqan kiyim va boshqa shu kabi nar-
salarga pulni bekorga sarflash demakdir.
4. Sendan puli ko‘p boylarga o‘xshashga in-
tilma. Chunki Alloh insonlarni turli xil toifa
va tabaqalarda yaratgan. Hamma bir xil boy
yoki kambag‘al bo‘lmaydi. Kimdir boy, kim-
dir o‘rtahol, yana kimdir kambag‘al bo‘ladi.
Sen o‘zingdagi mavjud narsalarga shukr qil va
ulardan tejamkorlik bilan foydalan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |