527
Bolalar televizorni qancha
vaqt ko‘rishlari mumkin?
elevizorda namoyish etiladigan ko‘rsa-
tuv larni tomosha qilishdan oldin va un-
dan keyin ko‘rish a’zolari tekshirib ko‘rilganda,
ko‘zning tez charchab-toliqib qolgani aniqlan-
gan. Bunda birinchi navbatda ko‘zning ak-
komodatsion apparati charchaydi. Bu appa-
rat idrok qilinayotgan tasvirning aniqligini
ta’minlaydi. Ko‘z tez toliqib qolmasligi uchun
televizor ekranidan kamida uch metr uzoqlik-
da o‘tirish kerak.
Bola qancha yosh bo‘lsa, televizor qarshi-
sida shuncha kam o‘tirishi kerak. Jumladan,
4 yoshli bolalar 15 daqiqa, maktab-gacha yo-
shdagi bolalar kuni bilan yarim soat, 14 yosh-
gacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ko‘pi bilan
bir soat, yuqori sinf o‘quvchilari esa ikki soat
teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishlari ma’qul
deb topilgan. Ayniqsa, teleko‘rsatuvlarni
rangli televizorda tomosha qilganda oq-qora
rangda ko‘rsatadigan televizorga nisbatan
ko‘zni unchalik zo‘riqtirmaydi. Rangli tasvir
akkomodatsion apparatdan zo‘riqishning bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
528
qismini olib, ko‘zning rangli idrok etish ap-
paratini stimullaydi. Shunday bo‘lsa-da, xoh
rangli, xoh oq-qora televizor bo‘lishidan qat’iy
nazar, mutaxassislar imkon qadar kamroq
televizor ko‘rishni tavsiya etadilar. Demak,
hurmatli bolalar, imkon qadar kamroq tele-
vizor ko‘rish, buning o‘rniga ustoz topshirgan
uy vazifalarini tayyorlash, badiiy kitoblar
o‘qish, ota-onamizga ko‘maklashish va bo‘sh
vaqtimizda tengqur bolalar bilan o‘ynash juda
foydali deb aytilgan.
Yomon sifatlarni bilib oling!
ziz bolajonlar, quyida sanab o‘tiladigan
sifatlar yomonlikka sabab bo‘ladi. Ular-
dan uzoq yurish kerak:
1. Dinni, muqaddas narsalar va joylarni oyoq
osti qilish.
2. Nodonlik, bilimsizlik, beodoblik, jaholat
va zulmat.
3. O‘z nomini bulg‘ash, isnodga qolish, bad-
nom bo‘lishdan qo‘rqib haqiqatni bekitish,
yolg‘on gapirish.
4. O‘ziga bino qo‘yish va o‘zini hammadan
yuqori deb o‘ylash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
529
5. Dinga, sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan
ishlarni, gunoh amallarni qilish.
6. Xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, biron ish-
ga mukkadan ketib, boshqa narsalarni unutib
qo‘yish, haddidan oshish.
7. E’tiqodi yo‘q kishilarga taqlid qilish, ular-
ga o‘xshashni orzu qilish.
8. Ikkiyuzlamachilik, riyokorlik, odamlar-
ga faqat moddiy imkoniga qarab muomalada
bo‘lish, boyga mulozamat qilib, kambag‘alni
kamsitish.
9. Hayotda ayshu ishratga o‘chlik, lazzat va
rohatni o‘ylab yashashni orzu qilish (Zero, hayot
faqat mazza qilib yashashdangina iborat emas).
10. Ochko‘z va baxil bo‘lish.
11. Kibr-havo, g‘urur, dimog‘dorlik, o‘zini
katta tutish.
12. Mag‘rurlanib ketish, hatto yaxshi ishlari
bilan ham maqtanish.
13. Hasad, birovlarning yutug‘ini ko‘ra ol-
maslik, qizg‘an chiqlik.
14. O‘zgalarning baxtsizligi va kulfatidan
xursand bo‘lish.
15. Laganbardorlik, tilyog‘lamalik qilish,
xushomad.
16. Qarindosh va yaqinlaridan uzoqlashib,
ularga mehrsiz bo‘lish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |