Farrux Atayevning “Dunyo va turkiy til” maqolasiga taqriz



Download 27,06 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi27,06 Kb.
#411809
Bog'liq
Taqriz


Farrux Atayevning “Dunyo va turkiy til” maqolasiga taqriz

(“Sharq yulduzi” jurnali, 2013 yil, 2-son.)

Farrux Ataev – matematik. Lekin til va adabiyot masalalariga qiziqadi. Badiiy adabiyot tarjimasi bilan shug‘ullanadi. Shekspirning “Makbet”, “Qirol Lir”, “Yuliy Sezar”, “Venetsiyalik savdogar”, “Janjalkashning tiyilishi”, “Bo‘ron” dramalarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga, yozuvchi Otaulining “Turkiston haqida afsona” asarini o‘zbekchadan inglizchaga tarjima qilgan. Bu – ilmiy-ijodiy ishlarning barchasi uning uchun ko‘ngil ishi: shundan zavqlanadi, qalbi huzur qiladi...

Yaqinda Farrux Ataev tahririyatga kattagina bir maqola bilan kirib keldi. Uning bir qismi adabiyot, yana bir qismi til haqida. Unda dunyo tillarining paydo bo‘lish omillari, ularning mushtarak jihatlari, bir qator turkiy so‘zlarning boshqa tillardagi so‘zlarga asos bo‘lgani haqidagi mulohazalar ilgari surilgan. Maqolada so‘zlarning etimologiyasi bilan bog‘liq bahslashadigan o‘rinlar anchagina. Shu bois ham, tahririyat mutaxassislarga murojaat qildi. Professor Qozoqboy Mahmudov Farrux Ataev “havas va intilish”larini qo‘llab-quvvatladi va maqolani nashrga tavsiya qildi. Professor Boqijon To‘xliev esa unga munosabatini tahririyat elektron pochtasi orqali jo‘natdi: “Farrux Ataevning maqolasi bilan tanishib chiqdim. Maqolada yangi va yaxshi fikrlar ancha. U jur’atli takliflari bilan e’tiborli. Faqat muallifning filologiya sohasidagi professional bilimlarining yetarli emasligi ko‘rinib qolgan.

Maqolani jiddiy tarzda tahrir qilib, qisqartirgan holda chop etishni o‘ylab ko‘rish mumkin”.

Nihoyat, tahririyat biroz “o‘ylab ko‘rish”lardan keyin ushbu maqolani qisqartirgan holda chop etishga jazm etdi. Lekin, bu degani, Farrux Ataevning kuzatuvlariga to‘la qo‘shilish mumkin, degani emas. Maqolada bahstalab o‘rinlar ko‘p.

Farrux Ataevning ushbu maqolasi umuminsoniy taraqqiyotdagi tarixiy jarayon, til taraqqiyoti va adabiyotning inson tarbiyasi haqidagi o‘rni to‘g‘risida havaskorlik asosida yaratilgan. Jumladan, turkiy xalqlarning tarixiga bag‘ishlangan fikrlar bayon qilingan. Turkiy xalqlar tarixida etruslarning uzoq davrdagi tarixiy jarayonlariga hamda tiliga bag‘ishlangan mulohazalar aytib o‘tilgan. Tarixiy adabiyotlarda etruslarga bag‘ishlangan asarlar kam uchraydi. Zaki Validiy To‘g‘onning qizi Valideva etruslar haqida ilmiy ma’lumotlar e’lon qilgan. Bu maqola muallifi Ataev hozirgi kundan uch ming yil avval etruslar shimoliy Italiyaga o‘rnashgani haqida ma’lumot bergan. Etruslar o‘rnashgan regionni “Etruskan” deb ataganlar. “Etruskan” so‘zining oxiridagi ikkita grammatik ko‘rsatkich, ya’ni, “etrus” so‘zining oxiridagi “s” tovushi, aslida, qadimgi turkiy tillarga xos ko‘plik ko‘rsatkichidir. “S” undoshi, aslida, “z” bo‘lgan. “Z” undoshi esa turkiy xalqlarning ajdodi sak xalqlarida ko‘plik ko‘rsatuvchi grammatik belgidir. So‘z oxiridagi -kan qo‘shimchasi jo‘g‘rofiy nom yasovchi qo‘shimchadir. Buni isbotlovchi turkiy xalqlar o‘lkalaridagi shaharlar: Abakan, O‘tikan, O‘zgan, Namangan, Antikan (Andijon), Chimgan (Chimyon), Tarkan (Toshkent), Shibirg‘an (Afg‘on), Talqon kabi toponimlar “etruskan” so‘ziga nisbatan etruslar turkiy qavmga mansub ekanligini isbotlaydi.

Muallif etruslar tilidan lotin tiliga lingvist, lenjvij, literatura kabi so‘zlar o‘zlashgan, deb ko‘rsatadi. Bu kabi leksik qatlamni lotin tiliga o‘zlashganini isbotlash uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish talab qilinadi.

Tarixan turkiy tillarda ochiq-yopiq bir bo‘g‘inli so‘zlar yordamida jumla tuzganlar...

Ushbu maqolada havas va intilish bilan ijtimoiy hayotga oid ko‘p masalalarni oldinga surgan. Unda ko‘rsatilgan ko‘pchilik g‘oyalar insoniyatning manfaati uchun xizmat qiladi deb, qaraymiz.

“Avesto” so‘zi qadimiy mazdaparastlarning o‘zigagina mansub bo‘lib, “a” artikuli va “vista” fe’lidan iborat. “Vista” so‘zining o‘zagi “vid”, “vand” bo‘lib, ma’nosi “tanimoq”, “bilmoq”, “topilmoq”, “ko‘rinmoq” kabidir. Hindlarning eng qadimiy “Vido” (Veda) kitobining nomi bilan ildizi bir. Shu ma’noda “Avesto”ni “Ogohnoma” yo “Donishnoma” ma’nosida tushunish mumkin. Ehtimol, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” ham asli “Afasota”, “Afasato” deb nomlangandir. Tadqiqotchi mana shunday bir qancha qiziqarli fikrlarni o‘rtaga tashlagan. Shuningdek, “Afasota”, “Afasato” so‘zlarini Yofas alayhissalomga bog‘lagan. “Tangri” so‘zini to‘g‘ri so‘ziga, “Angri” so‘zini egri so‘ziga bog‘lagan. Turkiy tillardagi “ko‘kay” so‘zi odamning ruhini anglatadi. Osmonga nisbatan esa, “ko‘k” deb ishlatishgan. Bu ikkalasining bog‘liqligi bo‘lib, “yuragidan urdi”, “yaxshi ko‘rib qoldi” degani “ko‘kayidan urdi” kabi ishlatilgan degan bir muncha qiziq faktlarni keltirgan.

Farrux Atayev “ko‘ngil” so‘zini “kungil”, ya’ni “gildagi kun”, “gil ichidagi ziyo, yorug‘lik, nur” ma’nosida qo‘llangan bo‘lishi ehtimoldan holi emasligini ham faraz qilgan.

Ma’lumki, turk, xususan o‘zbek tilidagi fe’llarning aksariyati 2-3 tovush (harf)dan iborat. Masalan, “os, es, o‘s”, “oz, ez, o‘z”, “il, ol, yul, o‘l”, “ot, yut, o‘t”, “tesh, tosh, tush”, “sot, sit, so‘t”, “qir, qor, qur, qo‘r”, “qich, qoch, quch” va hokazo. To‘rt va undan ortiq tovush (harf)dan iborat fe’llarning aksariyati 2-3 harfli fe’llardan yasalgan. Masalan, “yirt – yir”, “kert – ker”, “ko‘nik – ko‘n”, “sina – sin”, “surka – sur”, “so‘ra – so‘r”, “uzay, uzat, uzan – uz”, “chayqa, chayna – chay”, “qizar, qizg‘an – qiz”, “qirq, qirtishla, qirchi – qir”, “qisqar, qista – qis” va hokazo. Endi hisoblaylik. O‘zbek tilining lotin alifbosida jami 29 harf bo‘lib, ikki harfdan jami 400 ga yaqin so‘z hosil qilish mumkin. Shulardan hozirda atigi 100 ga yaqini, ya’ni 25 foizi amalda faol qo‘llanadi. Xuddi shunday, uch harfdan jami 4000 ga yaqin so‘z hosil qilish mumkin. Shulardan hozirda atigi 600 ga yaqini, ya’ni 15 foizi amalda faol qo‘llanadi. Demoqchimizki, yangi o‘zak so‘zlar yaratish orqali (bunda qadim turkiy tildagi o‘zak so‘zlarni tiklash ham nazarda tutiladi) ham tilning boyishiga, ham tilni chet tillaridan kirib kelayotgan so‘zlardan muhofaza qilishga erishamiz. Masalan, “chat”, “chet”, “chit”, “chot”, “cho‘t” so‘zlari faol qo‘llaniladi, xuddi shunday, “chut” so‘ziga ham biror ma’no yuklasa bo‘ladi.

Bu kabi qiziqarli ma’lumotlar va qarashlar maqolada anchagina. Tadqiqotchi iloji boricha, diniy bilimlarini adabiyot va til bilan bog‘lab, turkiy tillar haqidagi fikrlarin isbotlashga harakat qilgan.



181-o‘zbek (sirtqi) tili guruhi talabasi Yo‘ldosheva Xajar


Download 27,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish