Mundarija
1Al-Xorazmiy va algebra
2„Aljabr val muqobala“ kitobi
3„Arifmetika“ asari
4„Zij“ asari
5Asrtonomiya boʻyicha asarlari
5.1„Kitob amal bilasturlobot“
5.2„Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy maʼrif assamtbilasturlob“
5.3„Quyosh soati tekisligda soat yasash“
6Etnografiya va taqvimlarga oid asarlari
6.1„Yaxudiylar taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola“
7„Surat al-Arz“ asari
8Ilmiy asarlari
9Al-Xorazmiy merosiga qiziqish
10Adabiyot
11Shuningdek qarang
12Manbalar
Al-Xorazmiy va algebra[tahrir]
Al-Xorazmiyning "Aljabr valmuqobala" kitobining bir sahifasi
Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning „Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala“ („Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob“) asari nomidan kelib chiqqani yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan Xorazmiy faqat oʻzidan avval maʼlum boʻlgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo boʻlgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal – aljabr va almuqobala bilan atalgan. Xorazmiy algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qoʻllanishini bayon etib, soʻng algebraik shakl almashtirishlariga oʻtgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin boʻlar edi. Xorazmiy asari 12-asrning boshlarida kremonalik Gerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib „aljebra“ (fransuz, ingliz tillarida), „algebra“ (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Abu Nasr Forobiy asarlari mazmuniga qarab4;
Do'stlaringiz bilan baham: |