Nilometr — Ahmad al-Fargʻoniy boshchiligida abbosiy xalifa alMutavakkilning amri bilan 861 yilda Qohi-ra shahri yaqinidagi Ravzo o.da Nil daryosi suv sathini oʻlchash maqsadida qurilgan inshoot. Baʼzi Sharq mualliflari asarlarida "Miqyos an-Nil", deb ataladi. N. murabba shaklidagi quduq koʻri-nishida boʻlib, Nil daryosi bilan uchta yer osti suv yoʻllari orqali tutashgan. Quduq urtasida oq marmar bilan qoplangan (balandligi 10 m chamasida) sakkiz qir-rali ustun oʻrnatilgan. Ustunda suv sat-hini oʻlchashga imkon beradigan yirik darajot boʻlib, u mayda darajotga boʻlingan. Yirik darajot arab tirsak birligi (taxminan 54 sm)ga, maydalari esa uning 1/24 qismi (qirot)ga, yaʼni 2,25 sm ga teng . Kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun aylanma zinapoyadan tushib chiqqan. N. daryo suv sathini katta aniqlikda oʻlchashga imkon bergan. Jahon Meteorologiya Tashkilotiga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda suv hav-zalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, hatto dengiz va okeanlar)ning suv satxlari ham shu prinsipda oʻlchanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |