Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida demokratik saylov prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlilik, ochiqlik va hisobdorlik kabilarda ifodasini topgan.
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining davlat va hukumat rahbarlarining 1990 yil 19-21 noyabrdagi Kengashida qabul qilingan «YAngi Evropa uchun Parij Xartiyasi»da ushbu tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari zimmasiga o‘z davlatlarini yagona boshqaruv tizimi sifatida kurish, jipslashtirish va mustahkamlash majburiyatlarida demokratik boshqaruv erkin va adolatli saylovlar paytida muntazam ravishda ifodalangan xalq xohish irodasiga asoslanish, vakillik va fikrlar xilmaxilligi xususiyatiga ega bo‘lgan demokratik saylovlarga hisobot berishga davlat hokimiyatilarining qonunlarga rioya etish majburiyatlarini ta’minlanishi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |