Farmonining qabul qilinishi fikrimizning isbotidir


O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” haqida umumiy tushuncha



Download 7,02 Mb.
bet28/280
Sana02.01.2022
Hajmi7,02 Mb.
#306703
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   280
Bog'liq
МАЖМУА ЛОТИН ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ 2020

1. O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” haqida umumiy tushuncha.

Mamlakatimizda mustaqillik yillaridayoq amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Xalqimizning mustaqillikga erishgan yillarida bunday buyuk islohotlar albatta, O‘zbekiston Respublikasining muhtaram birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan, Milliy g‘oyamiz va asosiy tamoyillar negizida rivojlana boshlangan va hozirgi kungacha qilinayotgan barcha salmoqli islohotlarning poydevori bo‘lib kelmoqda.

Har bir davrning o‘z taraqqiyot bosqichlari bo‘lgani kabi, 2016-yil xalqimizning yana bir yangi taraqqiyot yo‘li eshiklari ochildi.2016-yil 4-dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ib o‘tdi. Yuksak saviyada bo‘lib o‘tgan saylovda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilar umumiy sonining 88,61% ovozini olib g‘olib bo‘ldi. Demokratik talablarga to‘liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida ochiq va oshkoralik bilan saylov bo‘lib o‘tdi. Aynan shu saylovda butun o‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk siyosiy irodasi, huquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimizning yorug‘ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi.

2016-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. O‘z nutqida davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.Prezidentimiz o‘z nutqida “ Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi”.13 Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan mazkur keng ko‘lamli dasturiy hujjat har tomonlama puxta ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yich harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017-yil 7-fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq, uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi.

“ Strategiya “- biron-bir yutuq maqsadga erishish yo‘lida tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar to‘plamidir, shuningdek, dunyo miqiyosida va davlat ichki hayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni pragnozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvchilik tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi.14

Mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining asl mohiyatida, xalqimizning orzu-umidlari yog‘irilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar starategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.

Strategiyani amalga oshirish eng mas’uliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning muvaffaqiyati ta’minlanadi. Davlatimiz strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, qo‘yilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni o‘zgartirish ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini berishi zarur.

Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bog‘liqligi strategik muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past sur’atlariga, shaxsiy mas’ulyatsizligiga barham beradi. Kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini soda hamda tezkor yondashuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo‘nalishlarni aniq va puxta ishlab chiqishni belgilab beradi.

Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’I nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular , avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-dekabri kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z tasdig‘ini topdi.15

XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan global muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Bu, bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan yalpi yangilanishlarni talab qilayotgan hayotiy ehtiyojdir. Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish, ulkan vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.

Xalqimizning o‘ziga xos jihati shundaki, u adolatga, murosaga, ochiqko‘ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va ongli boshqarish orqali yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‘zining yuksak ma’naviy-ahloqiy, ma’rifiy-ruhiy va intellektualsalohiyatini ko‘rsata oladigan bunyodkor xalq. Ayni ana shu kayfiyat, xalq fe’l-atvori, milliy ruhiyat ochiq jamiyat qurilayotganini, xalq bilan davlat o‘rtasidagi munosabatni sog‘lom va o‘zaro ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganini katta mamnuniyat bilan qabul qilishi lozim.

Ana shunday ijobiy hayotbaxsh ma’naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib borayotgani sayin jamiyatda ulkan taraqqiyotga, sifat jihatidan yangilanishlarga va O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham kuchayib borishi yo‘lida Harakatlar strategiyamizning ustuvor yo‘nishlari va bu yo‘nalishda qo‘yilgan maqsad sari vazifalarni to‘la ado etishga qaratilgan.

Xalqimiz va jamiyatimizda ijtimoiy ongning o‘zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar orqali mamlakatimizda barcha sohalar ham rivojlanib boradi. Fuqarolar qanday ezgu amallar ma’rifati bilan qurollangan bo‘lsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon Ulkan to‘lqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida yangilanishlar strategiyasining zamon talablariga mos va uzoqni ko‘zlagan, aniq maqsadlarga tayangan taraqqiyot davri boshlanmoqda, deb aytishga har tomonlama xaqlimiz. Mamlakatimiz tarqqiyot rivojlanish yo‘liga erishishda strategiyamizda belgilangan asosiy maqsad va shu maqsad yo‘lidagi ulkan vazifalarni barcha ustuvor yo‘nalishlarimizda ko‘rishimiz mumkin. Barcha qilinayotgan yuksalish va yangilanishlar, biz ko‘rib o‘tadigan barcha ustuvor yo‘nalishdagi amaliy ishlar barcha-barchasi albatta, xalqimizning talba va ehtiyojalaridan kelib chiqqan holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston respublikasinin yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlari bu, albatta:


  • Qilinayotgan islohatlar, har bir katta va kichik sohdagi yangilanishlar xalqimiz va aholi uchun qulay hayot sharoitlarini yaratish, shu borada xalqimiz orzu-umidlari, intilishlari davlat timsolida gavdalanishi;

  • Zamonaviy kadrlar tayyorlash orqali har bir sohaga zamonaviy texnologiyalar jalb qilish, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni ta’minlash va mana shu bilimli kadrli, yetakchi rivojlanayotgan sohalar orqali O‘zbekiston Respublikasini butun dunyo davlatlariga tanitish, mavqeyini ko‘tarishdan iborat.

O`zbekiton Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha qo’yilgan maqsad va mana shu maqsad yo`lidagi vazifalar har bir ustuvor yo`nalishda keltirib o’tilgan.


Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish