Farmonining qabul qilinishi fikrimizning isbotidir


-ma’ruza: FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARI EVOLYUSIYASI



Download 7,02 Mb.
bet13/280
Sana02.01.2022
Hajmi7,02 Mb.
#306703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   280
Bog'liq
МАЖМУА ЛОТИН ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ 2020

2-ma’ruza: FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARI EVOLYUSIYASI
1. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining tarixiy ildizlari va uning turli tavsiflari.

2.Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarida “fuqarolik jamiyati” tushunchasiga oid uziga xos yondashuvlar.

3.SHarq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.

4.Yangi davrda fuqarolik jamiyati paradigmalarining o’ziga xosligi. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari.

Tayanch so‘zlar: g‘oya, nazariya, konsepsiya, fuqarolik jamiyati, demokratik davlat, adolatli jamiyat,fuqarolik jamiyatining antik, diniy va mumtoz paradigmalari.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan.

Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari «Avesto»da ham keltirilgan. Avestoning «YAshtlar», «Vispirat», «Vididod» qismlarida oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‘z ifodasini topgan. Xususan, «O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi». «O Spitama, ahdingni buzma...» g‘oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo‘lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.

Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan «O‘rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida «Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo, IXXII va XIV-XV asrlarda bo‘lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg‘onishi deya nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida xizmat qildi»5 deb alohida ta’kidlagan. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.

Xususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning «Fozil odamlar shahri», «Davlat arbobining aforizmlari» asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat etakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Forobiy «Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar»6, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi.

Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim.. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bunga uning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.

Abu Ali ibn Sino fikricha ijtimoiy munosabatlar odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Hususan, Ibn Sino iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi deb ta’kidlaydi.


Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish