Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Belgilar. Bu kasalliklarning belgilari orqali bilishi zarur bo`ladigan sabablardan  
birinchisi mizojning soddalik yo modda bilan birikkanlik holidir. Mizojning soddalik 
holi  bunda  kamdan-kam  uchraydi;  bunday  holda  og’riq  og’irliksiz  va  ko`pchishsiz 
bo`lib, tus o`zgarmaydi va moddaning belgisi ham bo`lmaydi. 
    Mizojning  moddiyligiga  kelsak,  bunda  birinchi  galda  bilinishi  lozim  narsa 
moddaning  jinsidir.  Modda  jinsini  og’riq  vaqtida  kasal  o`rinning  tusidan  yoki 
shishning  tusidan  biladilar,  bu  so`ngisi  xom  balg’amda  bo`ladi,  yoki  uni  ushlab 
ko`rib  biladilar:  u  yer    sovuqmi  yo    yallig’langan,  yoki  odatdagicha  issiqmi. 
Moddalarning jinsini yana og’riqning belgilaridan biladilar: og’riq qattiq alliqlash va 
lo`qillash  bilanmi  yo  mo`tadil  yallig’lash  va  tortilish  bilanmi  yoki  faqat  tortishib 
og’riydimi  buni  yana  foyda  beradigan  va  og’riqni  bosadigan  narsalardan  bilinadi, 
biroq  uvushtiruvchi  narsalar  yanglishtirishi  mumkin:  sovuqlik  dori  muvofiq  kelsa, 
moddani  issiq  deb  gumon  qilinadi, vaholangki  u  uvushtirishi  bilan  muvofiq  keladi. 
Zichlashtiruvchi  sovutish  natijasida  og’riqning  kuchayishi  ham  yanglishtiradi:  bu 
chog’da u moddani sovuq deb gumon qilinadi; yoki eritib tarqatish bilan og’riqning 
to`xtashi  ham  yanglishtiradi,  bunda  moddani  sovuq  deb  o`ylanadi,  aslida  u  modda 
issiq  bo`lib,  uni  tarqatilgani  uchun  og’riq  to`xtaydi.  Mana  shularning  hammasiga 
rioya qilish lozim. Yana moddaning jinsini og’riqning boshlanish va ortish vaqtidan 
biladilar:  og’riq  qorin  bo`shaganda  boshlanadimi  yoki  uning  to`lalik  vaqtidami 
shishning  tez  yoki  sust  paydo  bo`lishidan  yoki  uning  butunlay  bo`lmasligidan 


361 
 
biladilar;bu narsa suyuq va issiq, yoki murakkab, o`rtacha modda borligiga yoki xom 
balg’am  borligiga  dalil  bo`ladi.  Moddaning  jinsini  og’irlikning  holidan  ham 
biladilar:  birdaniga  ko`p  to`planishi  mumkin  bo`lgan  suyuq  moddalarda  og’irlik 
ko`proq  seziladi;  ko`p  vaqtlarda  moddaning  jinsi  siydik  va  unga  g’alaba  qilgan 
narsadan va axlatdan bilinadi: ulardagi qolib narsa safroli moddami yoki shilliqlimi 
va  ularning  rangi  qanday  yonbosh  og’rig’i  va  irqunnasoda  axlatda  shilliqli  narsa 
ko`p bo`ladi. Moddaning  jinsini goho kasalning  yoshidan, odatidan, yeyiladigan va 
ichiladigan  narsalar,  badantarbiya  va  harakatsizlik  xususida  oldindan  qilib  kelgan 
tadbiridan  yoki  bularning  teskarisidan,  shuningdek  butun  badan  mizojining 
ishtirokidan  bilinadi.  Qon  moddasini  og’riq  o`rnining  qizilligidan  bilinadi,  modda 
chuqur  o`rnashgan  hol  bundan  mustasnodir.  Buni  yana  qattiq  taranglik,  bosganda 
qarshilik,  lo`qillash,  og’irlik,  oldin  ishlatilgan  tadbir  va  qon  mizojli  badanning 
ma`lum  belgilaridan  bilinadi;  bu  xil  badan  ba`zan  yo`g’on,  etli  va  yog’li  bo`ladi. 
Qonli  irqunnasoda  og’riq  uzunasiga bir xilda cho`zilgan bo`ladi; uni tomirdan qon 
olish darhol to`xtatadi. 
Moddaning  safroviy  ekanligiga  illat;  qichiq,  og’rig’i  oz  bo`lishi  bilan  birga 
ushlovchiga  seziladigan  qattiq  harorat,  taranglik  va  qizillikning  ozligi,  og’riqning 
teri sirtiga moyil bo`lishi, sovuqdan qattiq rohatlanish, ilgarida qo`llanilgan tadbir va 
safroli badan holida biz aytgan boshqa belgilar dalil bo`ladi. 
Balg’am  moddasini  tusning  o`zgarmasligi  yoki  qo`rg’oshin  rangiga  o`xshab 
o`zgarishidan bilinadi. Bunda alangalanish kam bo`lib, og’riq doimiy bo`ladi, qon va 
uning  belgilari  bo`lmaydi  va  og’riq  eniga  qarab  kuchli  tarqaladi.  Kasalning  badani 
yo`g’on  bo`lsa  ham,  etli  bo`lmasdan  yog’li  bo`ladi.  Bu  xil  mizoj  uchun  yuqorida 
aytilgan ma`lum belgilar ham dalil bo`ladi. 
Moddaning  savdodan  ekanligini  ko`rsatuvchi  belgilar  og’riqning  yashirinligi, 
taranglikning  kamligi,  davolashdan  kam  foydalanish  va  og’riq  joydagi  terining 
qovjirab,  unda  ko`pchish  va  yaltirashning  bo`lmasligi  va  ko`pincha,  xira  rangda 


362 
 
bo`lishidan  iboratdir.  Bunga  yana  kasal  kishining  mizoji,  talog’ining  holi,  haddan 
tashqari  ishtaha,  oldin  o`tgan  tadbirlar  va  savdolik  mizojning  oldin  ko`rsatib 
o`tganimiz boshqa belgilari ham dalil bo`ladi. 
Yiringli  moddani  qattiq  issiqlikdan  bilinadi,  bunda  yana  quyidagilar  ham  birga 
bo`ladi:  qichimadek  bir  narsa,  qizdirish  xususiyati  bo`lgan  har  bir  narsadan  qattiq 
zararlanish,  sovutishi  bilan  birga  bir  oz  burishtirish  xususiyati  bo`lgan  narsalardan 
kuchli foydalanish. 
Yel  moddasidan  bo`lsa-  uni  og’irliksiz  qattiq    tortilish,  og’riqning  ko`chib 
yurishi va yellarni tug’diruvchi tadbirlardan bilinadi. 
Aralash  moddalardan  bo`lsa-  ularning  belgisi  shulardan  iboratki,  ularda  issiqlik 
va sovuqlik narsalar bilan davolash kam foyda beradi, davolanishlardan foydalanish 
vaqtlari  turlicha  bo`ladi,  ya`ni  bir  vaqtda  bir  davodan  va  ikkinchi  vaqtda  unga  zid 
davodan  foydalanadi.  Bunday  hol, ko`pincha, issiq  mizojli va o`t tabiatli kishilarda 
balg’am  va  xom  balg’am  tug’diradigan  ho`llovchi  va  sovutuvchi  narsalar  iste`mol 
qilganda va ular to`la qorin bilan kuchli harakat qilganlarida yuz beradi. Bunda ikki 
xilt  aralashib,  bulardan  quyug’i  latif  qonli  va  o`tli  xiltlar  yetakchiligi  bilan 
bo`g’inlarga haydaladi. Bu kishilar, ko`pincha, katta qo`llar bilan muloyim ezishdan 
foydalanib,  ularning  og’riqlari  qoladi.  Chunki  buning  natijasida  xom  xilt  yetilib  
taraladi. Ularga yana harorati mo`tadil ishqalanadigan narsalar, shuningdek tinchlik 
foyda qiladi, chunki harakat yetilishga mone bo`ladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish