Jigardagi tabiiy mizojlarning belgilari.
Mizoj turi
Tabiiy issiq mizoj belgilari: Jigar venalarining kengligi, badanning issiqligi,
qovurg’a tog’aylari ustida junlarning ko`pligi, ovqat va ichkilikka ishtahaning
kuchliligi bilan namoyon bo`ladi.
Tabiiy sovuq mizoj belgilari: Jigar venalarining torayishi,badanning sovuq
bo`lishi, qovurg’a tog’aylari ustida junlarning siyrakligi, ishtahaning kuchsizligi va
quvvati kuchsiz, qoni suvsimon suyuq bo`ladi.
Tabiiy quruq mizoj belgilari: qonning kamligi, quyuqligi, jigar venalari
devorining qattiqligi, butun badanning quruq bo`lishi, junlarning qalinligi, jigari
quruq bo`ladi.
Tabiiy ho’l mizoj belgilari: qoni ko`p va suyuq, jigar venalari devorining
yumshoqligi,butun badanning ho’l bo`lishi (doimiy ter bosishi), jigari ho’l, rutubatli
bo`ladi.
317
Do'stlaringiz bilan baham: |