Mavzu savollari
1.Sog’likni saqlash tadbirlari shartlari nechta va qaysi lar
2.Kishini mizojini mo’tadil qilish tadbiri haqida tushuncha
3.Ovqatlanish tadbiri
4.Uyqu va uyg’oqlik tadbiri haqida
5.Tanqiya haqida tushuncha
6.Tarbiya haqidagi tadbir, bolalarda uchraydigan kasalliklar,ularni davolash
7.Yil fasllariga qarab havoni sog’lomlashtirish tadbiri to’g’risida
8.Badantarbiya tadbiri haqida
9.Tishlani axvoli va unga tegishli kasalliklar haqida
110
II-BOB. IBN SINO TA’LIMOTIDA DAVOLASH USULLARI
2.1. §. Bemorlarni sharqona tabobat uslubida parvarish qilish.hammom,
tuz, qum ta`siri: ko`rsatma va monelik.
Hammomning tabiiy ishi odamni o`z havosi bilan qizdirishi va o`z suvi
bilan qo`llashidir. Hammomning birinchi xonasi sovituvchi va ho`llovchi bo`ladi,
ikkinchisi qizdiruvchi va ho`llovchi, uchinchisi qizdiruvchi va qurituvchi bo`ladi.
Agar hammomning suvi juda issiq bo`lsa, teri teshiklarini toraytiradi va natijada
namlik badanga o`tmaydi, bunda ularning erib tarqalishi ham yaxshi bo`lmaydi.
Hammomning suvi ba`zan qizdiradi, ba`zan esa sovitadi.
Agar suvning issiqligi qaynoqlikka yaqin bo`lsa, bunday suv o`z issiqligi bilan
qizdiradi. Agar suv kam isigan bo`lsa, sovitadi va ho`llaydi. Bu holat sovuq suv
bilan huqna qilinganda ham bo`ladi. Chunki huqna gavdaga sovuq holda kirsa,
hammom havosidan olinadigan issiqlikni kamaytiradi va uni ichki a`zolarga
to`playdi. Hammom ba`zan xiltlarni eritib tarqatish bilan qizdiradi. Agar
hammomga tushgan kishida ovqat hazm bo`lmagan bo`lsa va unda birorta sovuq va
yetilgan xilt bo`lsa, hammom buni hazm qilib yetiltiradi.
Ba`zan quruq hammom qabul qilinadi, chunki u quritadi va isitadi, bo`sh
badanli kishilarga foyda qiladi, ba`zida esa ho’l hammom qabul qilinadi, u tanani
ho`llaydi. Ba`zida hammom nahorda va bo`sh me`daga qabul qilinadi, shunda u
gavdani juda quritib ozdiradi va zaiflashtirib yuboradi.
Ba`zan esa hammom to`yishdan sal o`tgandan keyin qabul qilinadi. Shunda u
moddani gavdaning sirtiga tortish bilan semirtiradi, lekin u a`zolarga me`da va
jigardan hali yetilgan ovqatni tortish bilan tiqilmalar paydo qiladi. Ba`zi vaqtda
birinchi hazmning oxiri va me`da bo`shashidan oldin iste`mol qilinadi. Bu foydali
bo`lib, mo`tadil darajada semirtiradi.
Hammomning ko`p foydali tomonlari bilan birga zararli tomonlari ham mavjud.
111
U zaiflashgan a`zolarga chiqindilarning quyilishini osonlashtiradi. Badanni
bo`shashtiradi, asabga zarar etkazadi, tug’ma issiqlikni tarqatadi, ishtahani
pasaytiradi va jinsiy aloqa quvvatini zaiflashtiradi.
Hammom o`zidagi suvlarga qarab turli fazilatlarga ega bo`ladi. Agar suvga
tabiiy ravishda soda aralashgan bo`lsa yoki u dengiz suvi bo`lsa, yoki unda kul
moddasi bo`lsa, yoki u sho`r bo`lsa, bunday suv moddalarni eritib tarqatadi va
yumshatadi. Tana g’ovakligini va semizlikni yo`qotadi. Moddalarning yaralarga
quyilishiga yo`l qo`ymaydi va rishta kasalligiga duchor bo`lganlarga foyda qiladi.
Misli, temirli va sho`r suvlar sovuq va ho`l kasalliklarga, bo`g’im og’riqlariga,
bo`shashishga, buyrak kasalliklariga foyda qiladi. Singan joylarning bitishini
kuchaytiradi. Yiringli shishlar va turli yaralarga ham foyda qiladi. Misli suvlar og’iz
yaralariga, tilchadagi chiziqlarga, ko`z qovog’ining tushishiga, quloqdan yiring
oqishiga foyda qiladi. Temirli suv esa me`da va taloqqa foyda qiladi.
Achchiq toshli suvlar isitib cho`milganda qon tupurish, bavosir, hayzdagi qon
ketish, sababsiz bola tashlash va haddan tashqari ko`p terlashga foyda qiladi.
Oltingugurtli suv esa asablarni tozalaydi, tortishish va tirishishdagi og’riqlarni
bosadi, gavda sirtini yomon va uzoqqa cho`ziladigan yaralar va toshmalardan,
yomon dog’lardan, sepkildan tozalaydi.
Bo`g’im xastaliklarida, taloq va jigarga quyiladigan chiqindilarni tarqatadi,
bachadon qattiqligiga foyda qiladi, lekin me`dani bo’shashtirib, ishtahani
kamaytiradi. Issiq quyoshda badanni qizdirish xususan u tez yurish va chopish kabi
kuchli harakatlar vaqtida bo`lsa, chiqindilarni kuchli ravishda eritib tarqatadi,
terlatadi, qorin ko`pchishini yo’qotadi, gavda bo`shashgandagi va istisqodagi
shishlarni tarqatadi.
Agar tana quyoshdan ta`sirlansa, dag’allashadi, qurib yoriladi va qorayadi,
shunda tana teshiklarining og’zi go`yo kuyadi va tarqalishiga yo`l qo`ymaydi.
112
Quyoshda bir joyda o`tirib toblanish, ko`chib yurishga qaraganda terini kuchliroq
kuydiradi.
Bunda moddalarning tarqalishiga qarshilik ko`proq bo`ladi.
Teri atrofidagi namliklarni ko`proq quritadigan qumlar dengiz qumlaridir.
Ba`zan u issiq bo`lsa, unda o`tirish, ba`zan esa badanni ko`mish mumkin bo`ladi.
Zaytun yog’i uzoq cho`ziladigan sovuq isitmalarga foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |