Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Boshqa  shunga  o`xshagan  dori.  Ma`daniy  ziftdan  uch  ritl,  sirkaning  quritib 
kuydirilgan  durdasidan  ikki  ritl,  burakdan  bir  yarim  ritl,  sanavbar  yelimi,  mum, 


372 
 
kuydirilmagan  oltingugurt  va  asal  mayvizakning  har  biridan  bir  ritl,  nazla  o`tidan 
yarim ritl va yovvoyi ziradan bir qism. 
Shu  maqsad uchun ishqalanadigan narsalar Abu Jahl tarvuzi yog’i, qunduz qiri 
yog’i  eritmasi,  xardal  yog’i  eritmasi  va  rum  yong’og’i  yog’i,  ayniqsa  uni 
kuydirganda  oqqan  bo`lsa,  qust  yog’i  ham  g’oyat  yaxshi  doridir,  xususan  may`a 
yelimi  bilan  birga  ishlatilsa,  shuningdek,  Abu    Jahl  tarvuzining  shirasini  qizil  gul 
yog’i bilan  birlikda suvi ketguncha qaynatib olingan yog’  yoki anguza qo`shilgan 
qust yog’i. 
Foydali ishqaladigan dorilardan biri af`o iloni solib pishirilgan zaytun yog’idir, 
bu  tamom  tuzatib  yuboradigan:  narsalardan  hisoblanadi.  Ko`rshapalak  ham  shular 
jumlasidandir,  buni  ishlash:  o`n  ikkita  so`yilgan  ko`rshapalak  olinadi;  xushbo`y  
kanavcha  yaprog’ining  shirasi  va  eski  zaytun  yog’idan  bir  ritldan,  aristoloxiyadan 
to`rt  dirham,  qunduz  qiridan  uch  dirham  va  qustdan  uch  dirham  olib,  hammasini 
birlikda suvi ketib , yog’i qolguncha qaynatiladi. 
     Bu kasallikda quyiladigan dorilardan biri quyidagi og’riq qoldiradigan foydali 
doridir.  Arpa  va  koxudan  olib  yetilib    tamom  ezilguncha  sirka  bilan  qaynatiladi, 
keyin shuni kasal joyga qo`yiladi. Bu issiq mizojli og’riqga yaraydi. 
       Yana:  marzanjush,  ukrop  va  dafna  yaprog’i,  gazago`t  va  zira  olib 
qaynatiladi  va  og’riq  yeriga  quyiladi.  Yana  foyda  qiladigan  narsalardan  biri 
bo`g’imga tizzalarni sirka bilan bug’lashdir, buning uchun sirkaning har bir qismiga 
oltidan  bir  bo`lak  yanchilgan  isiriq  solinadi,  keyin  uning  ichiga  qizdirilgan  tosh 
tashlanadi  va  kasalni  kiyim  va  shuning  kabi  narsa  ostida  bug’lanadi.  Kasalni 
yovvoyi  eshakning  hamma  a`zolarini  birlikda  ukrop,  tuz,  dorilik  ma`lum  urug’lar, 
gandano  va  shuning  kabi  narsalar  bilan  qaynatib  tayyorlangan  qaynatmasiga 
o`tqaziladi,  yana  uni  sirtlon  va  tulki  qaynatmasiga  ham  o`tqaziladi.  Uni  shunday 
tayyorlanadi: suvning uchdan ikkisi qolguncha qattiq qaynatiladi, keyin unga sirtlon 
va  tulkini  tirikligicha  yoki  so`yib  qonlari  bilan  tashlanadi  va  titilib  ketguncha 


373 
 
qaynatiladi;  suvini  tinitib,  unga  kasalni  o`tqaziladi.  Yoki  u  suvga  zaytun  yog’idan 
solib ular birlashib ketguncha yo suvi ketib  yog’i qolguncha qaynatiladi va shunga 
kasalni o`tqaziladi. Goho u hayvonlarni yolg’iz yog’ning o`zida qaynatiladi.  
     Bular  uchun  hammom  bilan  davolash.  Bunday  kasallarga  issiq  va  ho’l 
hammom  xiltlarni  eritib  o`tish  yo`llarini  kengaytirganligi  sababli  zarar  qiladi,  issiq 
buloq  suvlari  bunday  zararli  emas. Soda  va  tuz  bilan uqalab  quruq hammom  olish, 
issiq qumga ko`mish va terlatish ularga foydalidir. 
Og’riq qoldiruvchi issiqlik va mayin dorilar. Sariq yo`ng’ichqani suv qo`shilgan 
sirkada  yaxshilab  eziladi,  keyin  ustiga  asal  quyib  ataladek  bo`lguncha  qaynatiladi; 
buni  tekis  toshda  qoliyadek  mayin  qilib  ezgandan  keyin  surtiladi.  Og’riq  o`rniga 
kanop  lattani  yopishtirib  ikki-uch  kun  qo`yiladi,  qurib  qolmasin  uchun  qizil  gul 
yog’i  bilan  tadbir  qilinadi.  Bu  kasallikning  avvallarida  va  ko`tarilish  davrlarida 
yaraydi. 
Yana kasallikning avvallarida va qoldiqlarida sariq yo`ng’ichqa shirasi va zig’ir 
urug’ini  olib,  asaldek  quyuqlashguncha  kunjut  yog’i  bilan  urib,  atalab  ishlatiladi. 
Agar og’riq juda qattiq bo`lmasa, ho’l karam va petrushkani qo`yib bog’lanadi. Agar 
og’riq  kuchliroq  bo`lsa,  gulsafsar  ildizining  uni,  sariq  yo`ng’ichqa  uni  va  no`xat 
unlarini  ozgina  sharob  va  ozgina  xina  yog’i  qo`shib,  asal  sharobi  bilan  birlikda 
surtma qilinadi. Yana karam kulini charvi yog’i bilan ishlatiladi, bobuna yog’i bilan 
tayyorlangan mumli surtma ham juda yaxshidir.  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish