Jigar kuchsizligini tashxislash
1.Kasallikning sababi aniqlanadi
2.Bemorning shikoyati va kasallikning klinik ko`rinishiga e`tibor beriladi
3.Bemorning teri rangiga e`tibor beriladi
4.Bemorning jigarini paypaslash
5.Siydikning rangiga e`tibor beriladi
6.Axlatning rangiga e`tibor beriladi
Ibn Sino jigarni paypaslab ko`rib, uning ahvolini aniqlagan, ya`ni jigar
tomonning issiq tuyulishi issiq mizojga, sovuq tuyulishi sovuq mizojga, qattiq
tuyulishi jigar qotganligini bildirishini ta`kidlagan.
Gavdaning umumiy ahvolidan olinadigan belgilar: badan terisi qizg’ish oq
bo`lsa, jigarning sog’ligini bildiradi, sariq, qo`rg’oshin, gungurt rangli bo`lsa-
jigarning kasalligini bildiradi, venalarning kattaligi va kengligi jigarning kattaligi va
yo`llarning kengligi, barmoqlarning qisqa va uzunligi, jigarning katta va kichikligini
bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |