Keksalardagi tiqilmalarni ochish to`g’risida.
Agar keksalarda tiqilmalar paydo bo`lsa, ularning eng yengili sharob ichishdan
paydo bo`ladi. Keksalarga saryog’ juda foyda qiladi, ayniqsa tiqilmalar paydo
bo`lgan vaqtda. Asalli sharobni ist`emol qilish ham keksalarga foyda qiladi va u
tiqilmalarni ochadi, bo’gimlarda ogriq paydo bo`lishini oldini oladi.
Biror a`zoda tiqilma borligi sezilsa yoki siydik chiqarish a`zosida tiqilmaga
moyillik sezilsa, asalli sharobga kashnich urug’i va ildizini qo`shib, siydik chiqarish
a`zolari xastaliklarini davolash uchun ichiriladi. Agar tiqilmalar o`pka yo`llarida
bo`lsa, sunbulsoch, seylon dorchini va shunga o`xshash narsalar qaynatib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |