Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204
Bog'liq
dorivor

Taryoqi foruq -
murakkab dorilarning eng yaxshi va eng afzalidir, chunki
u ko`p narsalarga foyda qiladi, xususan ilon, chayon va quturgan it zahariga 
ichilgan o`ldiruvchi zaharlarga, shuningdek, balg’amda hamda savdodan bo`ladigan 
kasalliklarga va ularning isitmalariga, yomon bodlar, falaj, sakta, tutqanoq, yuz 
falaji, qaltiroqlik, vasvasalik, jinnilik, ayniqsa moxov kasalligiga hamda peslikka 
foyda qiladi. 
Bu taryoq yurakni tetiklashtiradi, hislarni o`tkirlashtiradi, ishtahalarni 
qo`zg’atadi, me’yordan kuchaytiradi, nafas olishni kuchaytiradi, xafaqonni ketkazadi 
va qon tuflashni to`xtatadi, buyrak va qovuqning ko`pchilik og’riqlariga, hamda 
ulardan turli narsalarning oqishiga qarshi ham foyda qiladi, toshni maydalaydi, 
shuningdek, ichak yaralariga, jigar, taloq va boshqa a`zolarda bo`ladigan ichki 
qattiqliklarga ham foyda qiladi. Taryoq bu ta`sirlarni, o`z tarkibidagi sodda 
dorilarning aralashuvidan kelib chiqadigan suratining xususiyati tufayli amalga 
oshiradi, chunki u ruh bilan tug’ma haroratni kuchaytiradi va shu orqali inson 
tabiatiga sovuqlik va issiqlikka qarshi turishda yordam beradi. Bu dori uchun eng 
yaxshi nusxa Andromaxning dastlabki asl nusxasidir. Jolinus va ko`pgina tabiblar 
kunning tarkibini orttirish yoki kamaytirishga urinib ko`rganlar, buni ular biron 
zarurat yoki kuchli sabab tufayli qilmaganlar, balki nomlari zikr etilsin va ulardan 
ham Andromaxdan qolgani kabi yodgorlik qolsin degan umidda qilganlar. Tajriba 
natijasida najot beruvchi bo`lib chiqqan tarkibdan hech narsani o`zgartirmaslik 
durustroq bo`ladi. Taryoqni shu xil vaznda tarkib qilish zarurligi tajribaning 
taqozosidir. Agar undagi tarkibiy qismlarning vazni o`zgartirilsa, u bunchalik 


151 
xususiyatga ega bo`lolmaydi. Agar biror kishi taryoq qismlarining, o`sha xildagi 
vaznlari nima uchun taryoqda shu xil xususiyatni keltirib chiqarish sababini 
bilaman, deb da`vo qilsa, u kishi rad qilinadigan, yolg’on narsani da`vo qilgan 
bo`ladi; u xuddi biror kishining ot, inson va boshqalardagi sodda unsurlarning 
vaznlarini bilishni da`vo qilganiga o`xshaydi. 
Taryoqning bolalik, o`smirlik, yoshlik, qarilik va o`lish davrlari bor. U olti oy 
yoki bir yil o`tgandan keyin bolalik davrida bo`ladi, keyin u o`sa va orta borib, 
nihoyat issiq mamlakatlarda o`n yildan keyin, sovuq mamlakatlarda esa, yigirma 
yildan keyin o`sishdan to`xtaydi. So`ngra u o`n yoki yigirma yil davomida to`xtab 
turadi, keyin yigirma yoki qirq yildan so`ng kuchi kamayib boradi. Nihoyat, uning 
taryoqligi o`ttiz yoki oltmish yildan keyin yo`qoladi va u taryoqlik darajasidan 
tushgan ma`junlarning biriga o`tadi, qisqacha, taryoqning tarkibiga 64 xildan ortiq 
dorivor moddalar qo`shilgan bo`lib, ta`sir etishiga qarab taryoqning - 6 oydan 1 
yilgacha bolalik davri bo`ladi, keyin u o`sa borib, o`smirlik, yoshlik, qarilik 
davrlarini o`tab 10-20 yildan so`ng kuchi kamayib, 30-60 yildan so`ng oddiy 
ma`junga aylanadi. 
Biror narsa chaqqan kishiga taryoqning yangi va kuchlisini ichirish kerak, 
boshqalarga esa zaifrog’i ichiriladi. Ko`pincha. biror narsa chaqqanda kishiga yangi 
taryoqdan yarim misqoldan bir misqolgacha ichirishga to`g’ri keladi. Taryoqning 
yangi va kuchlisini eski, kuchsiz va yomonidan ajratadigan sinovlardan biri shuki, 
bir kishiga birorta surgi ichirib, ichi surilishi kutib turiladi, ichi surilgach, taryoq 
ichiriladi, agar u ichni to`xtatsa, demak, u yangi va yaxshi taryoq, bo`lmasa yomon 
taryoq hisoblanadi. Jolinus eslatib o`tgan sinovlardan biri: masalan, yovvoyi 
xo`rozni tutish lozim, chunki uning mizoji uyda boqiladigandan ko`ra quruqroq 
bo`ladi, menimcha, bu erkak qirg’ovul bo`lsa kerak, keyin u biror zaharli hasharotga 
chaqtiriladi, keyin unga taryoq ichiriladi, agar u tirik qolsa, taryoq yaxshi 
hisoblanadi,yoki, taryoqni afyun, sassiq alaf va boshqa narsalar ichgan odamga berib 


152 
ham sinab ko`rish mumkin. Ayrim og’ir kasalliklarda esa, u faqat o`lim muddatini 
bir oz kechiktiradi xolos deydi ba`zi tabiblar va bunga mushk dorisi boshqa hamma 
narsadan ko`ra foydaliroq bo`lsa kerak deydilar. 
Har bir ayrim kasallikda taryoqdan qancha ichirish kerakligiga kelsak, shuni 
aytish kerakki, eski yo`tal, ko`krak va biqin ogrig’ida undan bir misqol 
miqdoridagisini asal suvi bilan yoki kasalning isitmasi bo`lsa, gulob bilan ichiriladi. 
Davriy qaltiratuvchi isitma, sovuqlik va qusishning dastlabki davrida taryoqdan bir 
misqol miqdoridagisi uch uqiyadan kam bo`lmagan va to`rt yarim uqiyadan ortiq 
bo`lmagan suv yoki sharob bilan ichiriladi. Qulanjga uchragan, me`da yarasi va 
ichagi burab og’riydigan kishilarga bir misqol miqdoridagisi, bilganingdek, asal 
suvida yoki gulob bilan ichiriladi. Ishtahasi kamaygan kishiga ham, o`zing 
bilganingdek, suv yoki sharob bilan ichiriladi, taryoqdan bir misqolni tuyog’o`t 
qaynatmasi bilan ichiriladi. Istisqoda bir misqol taryoq ovqatdan oldin yo’tqiziladi
yoki bir yarim uqiya miqdordagi suyultirilgan sirkadan ichiriladi. Qon 
tuflaydigan kishiga esa, agar kasallik yaqinda boshlangan bo`lsa, taryoqdan bir 
misqolchasi suyultirilgan sirkada ichiriladi, agar kasallik eski bo`lsa, o`sha miqdorni 
bir oz ko`paytirib, ertalabki va kechqurun ichiriladi. Ovozi bo`g’ilib qolgan kishiga 
bir chayqash miqdordagi taryoqni asalli suv yoki uzum shinnisi bilan ichiriladi, yoki 
til tagida tutib turishga buyuriladi. Ichak yaralari va ichdan qon ketishga qarshi yoki 
tatim suvi bilan, nafas qisishga qarshi esa, bir uqiyadan kamroq oq piyoz sikanjubin 
bilan ichiriladi. Tutqanoqda taryoq bilan tomoq chayiladi, keyin chorak misqoldan 
yarim misqolchasini suvda yoki dengiz piyozi sikanjubinida ichiriladi; bosh og’rig’i 
va shaqiqada ham shunday qilinadi. 
Agar taryoq kashnich qaynatmasi bilan ichirilsa, qovuq va buyrakdagi toshni 
maydalaydi. U hayzni to’xtatadi va tabiatni bog’laydi. Sog’liq vaqtlarida taryoq 
ichib yurgan kishiga zaharlar ta`sir qilmaydi. U turli ofatlardan saqlanadi va vabo 
kasalliklaridan omon qoladi. 


153 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish