342
7.2. § Ayollar va erkaklar jinsiy a`zolari xastaliklari
Moyaklar va urug’ yo`llari anatomiyasi.
Moyaklar boshqaruvchi a`zolar sifatida yaratilgan bo`lib, bularda urug’ tomirlar
orqali o`zlariga sizib qolgan rutubatdan tug’iladi; bu rutubat go’yo gavdaning
hammasida to`rtinchi hazmdan ortgan narsa bo`lib, qonning eng yetilgani va eng
latifidir. Bu qon ruh yordami bilan moyaklarda va arteriya ham venalardan
moyaklarga keluvchi yo`llarda harakatlanadi. Bu tomirlar
esa katta arteriya katta
venadan iborat asosiy ikki tomirdan taralib, ko`p marta bukilib, o`ralib tarmoqlanadi.
Agar bu ikkisidan biri kesilsa, ko`rinib turgan tomir og’izlari ko`pligidan ko`p
tomirlarni kesilganga o`xshaydi. Keyin urug’ bu ikki tomirdan urug’ idishlariga
quyilib, olat yo`lidan kelib xotinlarning farjiga otiladi va keyin bachadonga boradi.
Bu tabiiy jinsiy aloqa bo`ladi. Erkak ham xotin urug’ni bir vaqtda bo’shatganda,
bachadon og’zi ochilib, buni qattiq tortish bilan qarshi oladi.
Moyaklar kovakka o`xshab tuzilgandirlar: moyak javhari oq go`shtlik bez a`zo
bo`lib, u go`sht, emchak go`shtiga ko`proq o`xshaydi. Moyak javhariga quyilgan
qon o`sha javharga o`xshash bo`lib oqaradi, xususan,
bunda ruh havosi
to`lqinlangani sababli shunday bo`ladi.
Moyaklarga keladigan tomirlarning yo`li qov ustidagi katta pardadir.
Moyaklarga keluvchi arteriya va vena tomirlarini qoplovchi pardaga kelsak, buning
chiqadigan yeri katta pardadir, bu bilan u orqa miya pardasiga ham tutashadi. Bu
parda chov yo`li orqali moyaklarga tushuvchi tomirlar va chandirlar usti bilan
tushadi.
Bu pardadan chov yo`li paydo bo`ladi. Bu yo`ldan o’tuvchi tomirlarni o’rovchi
parda ham shundan vujudga keladi. Chap moyakka, o’ng moyakka oziq keltiradigan
tomirlardan boshqa tomir keladi. O’ng moyakka keladigan tomir ko`proq,
yetilgan
va suvlikdan tozaroq qon quyadi. O’ng moyak ko`pchilik odamlarda chap moyakdan
kuchliroq bo`ladi. Bundan chapaqay kishilar mustasnodir.
343
Urug’ idishlari chov yo`llari kabi boshlanib, har bir tuxumdan bir yo`l chiqadi,
bu yo`llar unga tegib turuvchi va yo`liquvchi bo`lsa ham, go`yo undan ayrim holda
va undan kelib chiqmagandek bo`lib turadi. Bularning har biri moyak oldida
shunday kengayadiki, ularda yaqqol bo`shliq paydo bo`ladi, so`ngra, ba`zan ayniqsa
xotinlarda tugash oldida ikkinchi marta kengaysa ham, ular toraya boshlaydi. Bu
idishlar oldin yuqori chiqib, keyin siydik yo`lidan tubanroqda. Qovuq bo`yniga
tutashadi.
Olatga kelsak, bu qurol-a`zo bo`lib, boyloq asab, tomir va go`sht kabi
sodda a`zolardan tuzilgandir. Bu qov suyagidan o`sib chiquvchi, ko`pincha, yumilib
turadigan ko`p va keng kovakli jismdan boshlanadi. Bu kovaklarga yel to`lishi bilan
olat taranglashadi. Bu jism tagida, shu a`zo hajmiga nisbatan ko`p sonli keng
arteriyalar o`tadi. Olatga dumg’aza umurtqalaridan, uning javhariga ko`p
chuqur
botmay o’tuvchi asablar keladi. Buning javharidagi asablar sezgisiz chandirdan
iboratdir. Jolinuscha, olatni tarang qiluvchi asablar, uning bo`shashishiga
xizmat
qiladigan asablardan boshqadir. Olatda uchta yo`l bor: siydik yo`li, urug’ yo`li va
vadiy yo`li.
Olatni tarang qiluvchi quvvat va yel yurakdan, uning sezgisi - bosh miya va orqa
miyadan, mo`tadil qon va shahvat xohish jigardan keladi. Olatning tabiiy shahvati
goho buyrakning ishtiroki bilan bo`ladi.
Shu jihatdan a`zoni qo`zg’atuvchi istak paydo bo`ladi, chunki u shunga
tayyorlangan bo`ladi. Bu ham borki, tortishish achishishni paydo qiladi.
Bundan
tashqari urug’ aloqa a`zolariga kelganda ulardan chiqishni talab qiladi va bu
a`zolardagi moddalarni qo`zg’atadi. Olatning taranglashishi, ba`zan qovuq og’zining
ikki tarafiga qo’yilgan bezlarga boruvchi moddaning achishtirishidan bo`lganidek,
buyrakdan keluvchi suyuq latif moddaning achishtirishi sababli ham bo`ladi.
Taranglashish urug’ ko`payib o`tkirlashganda harakatga kelishidan ham paydo
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: