Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


O`pkaning yallig’lanishini davolash



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204
Bog'liq
dorivor

O`pkaning yallig’lanishini davolash: 
O`pka yallig’lanishini davolash zotiljamni davolashga o`xshaydi. Lekin 
bunda qo`yib bog’lanadigan dorilar kuchliroq bo`lishi va ularga dorining ta`sirini 
chuqurroq olib boradigan narsalar qo`shilishi kerak. Bunda balg’am tashlatish orqali 
o`pkani tozalashga qattiqroq kirishiladi; balg’am tashlash bilan tozalash kerak 
bo`lgan tomonni bosib yotish o`rniga o`sha tomonga moyil bo`lib chalqancha 
yotiladi. Agar ich to`xtalib qolsa, har ikki kunda bir marotaba mana shu tarkibli 
ichimlikdan ichiriladi: xiyorshanbar va urug’i olingan mayizning har biridan 256 uch 
istor olib, unga to`rt sukurraja suv quyiladi va yarmi qolguncha qaynatiladi. Keyin 
uni olovdan olib ustiga bir sukurraja ituzumining suvi quyiladi. Kuchli kasalga shu
tarkibning hammasini, kuchsizga esa yarmi ichiriladi. Agar ich kuchsiz qiladigan 


261 
darajada suyuq bo`lsa, mirta, qo`rga ko`milgan shirin behi va shirin anorning 
qaynatib quyultirilgan shirasi ichiriladi. 
Mosharo yoki saramas jinsidan bo`lgan o`pka yallig’lanishini davolash 
qiyin, agar foyda qilsa, sabzavot, o`t va mevalardan olingan ma`lum kuchli 
sovutuvchi shiralar bilan haroratni yetarli darajada so`ndirish foyda qiladi. Sachratqi 
shirasi va shunga o`xshash sovutib, yumshatuvchi shiralar ichiriladi. Shira, tamr, 
hindiy, yantoq-shakar va shular kabi dorilar bilan safroni bo`shattirish ham mumkin. 
Ba`zan shunday o`pka yallig’lanishida kasalda to`liqlik bo`lsa, tomirdan qon olishga 
to`g’ri keladi. 
 
Ko`krak va o`pka yaralari, o`pka sili. 
Bu yaralar ko`krakda yo ko`krak - qorin to`sig’ida yoki o`pkada bo`ladi, 
shu oxirgi, ya`ni o`pkada bo`ladigani sil yarasidir. Yara yana o`pka nayida ham 
bo`ladi. Shu yaralarning bexavotirrog’i ko`krakda bo`ladiganidir. Chunki ko`krak 
tomirlari kichikroq va uning bo`laklari qattiqroq bo`lib, ulardagi yorilish katta 
bo`lmaydi, yana yiring u tomirlarda to`xtamasdan, ko`krak bo`shlig’iga oqadi. 
O`pkaning ahvoli esa bunday emas. Yana ko`krakning harakati o`pka harakati 
singari kuchli va sezilarli emas, balki u deyarli harakatsizdir, yana u etli a`zo 
bo`lganidan et unishini osonroq qabul qiladi. 
Ko`pincha erigan chiqiqlardan paydo bo`lgan ko`krak yaralari suyaklarni 
ham buzadi, hatto suyakning yon - verining salomat qolishi uchun chirigan terini 
kesish zarur bo`ladi. Ba`zan chirish suyak yonidagi pardaga ham o`tadi. Ko`krak - 
qorin pardasining yaralariga kelsak, agar yara uni teshib o`tgan bo`lsa, u hech 
bitmaydi, teshib o`tmagani esa, asabli bo`laklarida bo`ladi, bu ham bitmaydi, yoki u 
etli qismlarda bo`ladi, uni boshlanish paytida chora qilib davolasa va shishishiga 
yo`l qo`yilmasa, et oladi. Ammo shishsa, yoki eskirib cho`zilsa, hech tuzalmaydi. 


262 
O`pka yaralarining tuzalishi va tuzalmasligi haqida tabiblar o`rtasida 
ixtilof bor: bir guruh tabiblarning aytishicha, u hech tuzalmaydi, chunki et olish 
uchun tinch turish kerak, o`pka esa tinch turmaydi. Jolinus ularga qarshi chiqib, 
aytadiki, agar unga boshqa monelar qo`shilmasa, harakatning yolg’iz o`zi et olishga 
to`sqinlik qila olmaydi. Ko`krak pardasi harakat qilib tursa ham, undagi yaraning 
ba`zan bitishi bunga dalildir. O`pka yaralari haqida Jolinusning o`z fikri shunday: 
agar o`pka yaralari shishdan, yoki o’yuvchi xiltning yeyishidan bo`lmay, balki, 
boshqa sababdan bo`lsa uzluksizlikning buzilishi tufayli yuz berib, jarohatligicha 
tursa, yiringlanmasa va shishmasa, u albatta tuzaladi. O`pkada teshik paydo 
qiladigan, lekin yiringlanmagan yaralar ham shunday. Shishdan yoki yeyilishdan 
bo`lgan yaralar tuzalmaydi. Chunki yiringlagan yaraning tuzalishi faqat yiringni 
tozalash orqaligina bo`lishi mumkin; tozalanishi esa yo`tal bilan bo`ladi. Biroq 
yo`tal yarani kengaytiradi va yirtadi; yo`tal qichig’i og’riqni ko`paytiradi. Og’riq esa 
shu kasal tomonga moddalarni ko`plab tortadi. Qurituvchi dorilar balg’am 
tashlashga to`sqinlik qiladi. Balg’am tashlatuvchi dorilar esa yaralarni qo`llab 
yumshatadi. O’yuvchan xiltdan bo`lgan yara, xiltni isloh qilmasa, tuzalmaydi, u 
xiltning tuzalishi esa, osonlik bilan bo`lmay, yara yirtilib, hech bitmaydigan yaraga 
aylanadigan yoki yara kengayib, hatto o`pkaning bir bo`lagi yeyiladigan 
muddatdagina bo`lishi mumkin. Shishdan keyin paydo bo`lgan o`pka yaralarida 
goho shu monelarning hammasi birga bo`ladi. 
Et bitishini qiyinlashtiradigan narsalarning bittasi harakatdir. O`pkadagi 
tomirlarning katta, keng va qattiq bo`lishi ham shunday sabablardandir, chunki bular 
ham et bitishini qiyinlashtiruvchi narsalardandir. Yana ichilgan dorining kiradigan 
joyi bilan o`pka o`rtasidagi masofaning uzoqligi va dori quvvatining yaraga 
borgunicha zaruriy suratda kuchsizlanishi ham et bitishining qiyinlashuviga yordam 
beruvchi sabablardan sanaladi. 


263 
Sovuq dorilar o`tmaslik qilib chuqur singimaydi, issiq dori esa, o`pka 
yaralarida doimiy bo`ladigan isitmani ko`paytiradi. Qurituvchi dorilar ingichka 
og’riqni keltirib chiqarish bilan zarar qiladi, ho`llovchilari esa yaralarning et olishiga 
to`sqinlik qiladi. Hamma yaralar, ayniqsa shular singari yuqori va quyidan rutubatlar 
kelib turgan o`pka yaralarini quritish bilan davolanadi. 
Agar o’yilish o`pka nayini ichkaridan o`ragan pardada yuz berib, o`pkaning 
et qismida bo`lmasa va u endi boshlanayotgan bo`lsa, goho davolashni tez qabul 
qiladi, ammo tog’ayning o`zidagi yaralar davolashni qabul qilmaydi. Sil kasalligini 
davolashda boshqa yoshdagilarga nisbatan bolalar ko`proq tuzaladilar. Mizojda yoki 
xiltning o`zida quruq yarani qovjiragan yaraga aylantiradigan biror sabab bo`lmasa, 
o`pka yaralarining eng bexavotiri, uning qovjiraydiganidir. Goho sil unga uchragan 
kishini ko`p vaqtgacha qo`yib qo`yadi; ba`zan u o`smirlikdan o`rta yoshgacha 
cho`ziladi. Men sil kasalligiga uchragan bir xotinning yigirma uch yil yoki bir oz 
ko`proq muddat yashaganini ko`rdim. O`pkasi yarali kishilar kuz paytida juda 
aziyatlanadilar, agar sil kasalligini aniqlash qiyin bo`lsa, unga yo`liqqan kishidagi 
kasallikni - kuz faslining kirishi aniqlab beradi. 
Goho isitma bermaydigan, lekin unda o`pka o`ziga doimo quyilib turgan 
nazladan iborat quyuq va yopishqoq xiltlarni qabul qiladigan boshqa kasallikka ham 
sil ismi beriladi. O`pka yo`llari torayib, kasal nafas qisish va kuchli yo`talga 
uchrasa, bu narsa ularning quvvatini ketkazadi, badanni so`litib ozdiradi. Ular 
haqiqatda qarsillash kasalligiga uchraganlarga o`xshash bo`ladilar. Shunda agar 
ozgina harorat bo`lsa, ularni davolashda hansirashga uchraganlarga ishlatiladigan 
tadbirlarni ham qo`llash kerak. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish