Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


  Urug’ning paydo bo`lish sababi



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204
Bog'liq
dorivor

 


344 
Urug’ning paydo bo`lish sababi 
Erlik urug’i - uchinchi - hazm tamomlanib oziq a`zolarga taqsimlanganda 
bo`ladigan to’rtinchi hazm vaqtida tomirlardan sizib o`tadigan chiqindidan iborat. 
Urug’ qo’yilganiga ko`p vaqt bo`lmagan tug’ma rutubat jumlasidan bo`lib, bu 
rutubatdan venalar, arteriyalar va boshqa shular kabi asosiy a`zolar oziqlanadi. 
Ko`pincha, bu rutubatning ko`pgina qismi endigina to`rtinchi hazmni o`tkazib, 
tomirlarda yoki ularga hamkor a`zolarda tarqalgan holda qoladi va ularning 
oziqlanishlari uchun xizmat qiladi; bu a`zolar uni uncha o`zgartirmay iste`mol
qiladi, natijada urug’ tomirlardan ularga o`tadi. Jolinus va boshqa tabiblarning 
fikricha, erkak va xotinning har ikkalasida ham urug’ bor: bularning har ikkalasini 
ham maniy deb aytilishi ismda umumiylik sababli emas, balki tom ma`noda muvofiq 
kelishlari sabablidir. Ikkala urug’dan har birida ham suvrat berish, ham suvratlanish 
quvvati bor. Lekin erkak urug’ida tangrining izni bilan suvrat berish manbai kelib 
chiqadigan quvvat zo`rroqdir, ayol urug’ida esa, suvratlanish manbaini beruvchi 
quvvat zo`rroqdir. Erlik urug’i bachadon mugiziga to`kiladi, keyin uni bachadon 
og’zi qattiq tortib yutadi. Lekin ayol urug’i bachadon ichkarisidan idishlar va 
tomirlar orqali urug’lanish o`rniga to’kiladi; Olim va faylasuflarga kelsak, ularning 
ta`limotlarini tekshirib chiqilsa, shu narsa ma`lum bo`ldiki, erlik urug’i faqat suvrat 
berish manbai bo`lib, xotinlar urug’i o`ziga xos ishda suvratlanish manbaidir. Erlik 
urug’idagi suvrat beruvchi quvvat, biror mone bo`lmaganda, o`zi ajrab chiqqan 
narsasiga o`xshatishga tirishadi, xotin urug’idagi suvratlanuvchi quvvat suvrat qabul 
qilishda o`zi ajralib chiqqan narsaga o`xshatib qabul qilishga tirishadi. Maniy so`zi 
umumiy ravishda ikkoviga aytilsa, bu ismning ikkoviga umumiy ekanligidan 
bo`ladi. Agar ikkovini ichiga oladigan ma`no topilmay, u narsa maniy deb atalsa
unda boshqacha bo`ladi. Agar maniy erlik urug’i ma`nosida olinsa, u chog’da 
xotinning urug’i maniy bo’lmaydi. Haqiqatda ham, erkakning urug’i issiq, quyuq va
yetilgan bo`ladi xotinniki esa hayz qoni jinsidan bo`lib, ozgina yetilgan, bir oz 


345 
o`zgargan va qonlikdan erlik urug’icha uzoqlashgan bo`lmaydi. Shu jihatdan buni 
qadimgi faylasuf hayz kishi deb ataydi. Faylasuflarning aytishicha, erkak urug’i 
xotin urug’iga aralashganda o`z quvvati bilan ta`sir qiladi va bola gavdasining jismi 
barpo bo`lishiga bu urug’ jismining ko`p dahli yo`qdir, chunki bola gavdasining 
barpo bo`lishi xotin urug’i va hayz qonidandir. Balki erlik urug’i bola ruhining jismi 
barpo bo`lishida ko`proq ish ko`rsatadi va erlik urug’i sutga ta`sir qiluvchi tomizgi 
kabidir.
Xotin urug’i esa bola gavdasining jismiga asosdir. Bulardan har biri issiq, 
rutubatli va ichida ruhi bor qonni tug’diradigan narsani ko`paytiradi. Bu ikki 
ta`limotdan qaysi biri to`g’riligini bilish tabiat ilmiga havola qilinadi buni bilmaslik 
tabibga zarar keltirmaydi. Buqrot urug’ moddasining ko`p qismi miyadan quloq 
orqasidagi ikki tomir orqali tushadi degan ma`noda gapiradi; Shuning uchun bu ikki
tomirdan qon olish naslni kesadi va bola bo`lmaydigan qilib qo`yadi. Urug’ paydo 
qiluvchi qon sutsimon bo`ladi.
Miyadan va unga o`xshaganlardan juda uzoqlashib ketmasligi uchun u ikki tomir 
orqa miyaga ulangan, bunda u qonning mizoji o`zgarib, uning o`zi ham boshqa 
holatga o`tadi; balki bu tomirlar orqa miyaga, so`ngra buyrakka, keyin moyaklarga 
keladigan tomirlarga qo`yadi. Jolinus bu ikki tomirni kesish naslsizlikka sabab 
bo`lishi yoki bo`lmasligini bilmaydi. Garchi urug’ning tomizgisi miyada bo`lib, 
Buqrotning bu ikki tomir to`g’risida aytganlari to’g’ri bo`lsa ham mening fikrimcha, 
urug’ning yolg’iz miyadan kelishi shart emas. 
Balki har bir boshqaruvchi a`zoda urug’ga tegishli bir manba bo`lishi va boshqa 
a`zolar ham shu asosiy a`zolarga biron ulush berishlari kerak. Bu bilan nasliy 
o`xshashlik hosil bo`ladi, shu jihatdan tugal bo`lmagan a`zodan nuqsonli a`zo
tug’iladi. 


346 
Jinsiy yetilish bo`lib, tomirlar kengaymaganda va shahvat qo`zg’alib, yetilish 
to`liq bo`lmaganda, bu narsalar ham bo’lmaydi. Ba`zan urug’ni o`ziga aralashgan 
yel haydaydi, bunda u albatta yeldan oldin chiqadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish