Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
dorivor

Moxov kasalligi 
Moxov kasalligi-savdoning butun badanda yoyilishidan paydo bo`ladigan yomon 
bir illatdir
Moxov: 
- a`zolar mizojini 
-a`zolarning ko`rinishini 
-a`zolar uzluksizligini buzadi 
-hatto a`zolar yeyilib, yaralanish tufayli tushib ketadi 
Moxov kasalligining eng birinchi ta`sir etuvchi sababi jigar mizojining juda issiq 
va quruqlikka moyil bo`lib buzilishidir. Bunda qon kuyib savdoga aylanadi yoki 
butun badan mizojining buzilishidir, ya`ni bu ikkala mizoj shu darajada buziladiki,
u tufayli qon sovib quyiladi.
Moxovning moddiy sababi esa, savdoni tug’diradigan ovqatlardir: balg’am 
tug’diradigan ovqatlar ham, agar ularni iste`mol qilganda ustma-ust me`da buzilsa, 
ularda harorat ta`sir qilib, suyuq qismini tarqatadi va quyug’idan savdo ko`payadi.
Moxov kasalligini keltirib chiqaruvchi yordamchi sabab: teri teshiklari to`silib, 
tug’ma haroratning bo`g’ilishi va qonning sovib quyulishi, ayniqsa, taloqning qonni 
torta olmaydigan va uni savdo xiltidan tozalashga quvvati yetmaydigan darajada 
kuchsiz bo`lishidir.
Moxov avvalo, qo`l-oyoqlar va yumshoq a`zolardan boshlanadi, shu a`zolarning 
mo`yi to`kilib, rangi o`zgaradi, ba`zan esa yaralanadi, so`ngra esa moxov butun 
badanga yoyiladi.
Belgilari: 
-badan rangi qoralikka moyil bo`lib qizaradi
-kuzda qizg’ish xiralik paydo bo`ladi
-nafas qisiladi
-o`pka va o`pka nayining zararlanishi tufayli tovush bo`g’iladi


378 
-aksirish ko`payadi
-burun do`nqillab manqalanadi
-burunda tiqilma paydo bo`lib, hid sezmaydi
-mo’y siyraklashib kamayadi
-ko`krak va yuz atrofi terlaydi
-badan sassiq hidli bo`ladi
-tentaklik va kishilarni ko`rolmaslikdan iborat savdoyi xulq paydo bo`ladi
-savdoga tegishli tushlarni ko`p ko`radi.
Quvvatning zaiflashishi, haroratni so`ndirishga bo`lgan ehtiyojning kamligi 
sababli, moxov kasalligiga uchragan kishining tomir urishi zaif bo`ladi, chunki 
moxov sovuq mizojdan kelib chiqadigan kasallikdir.
Davolash 
1.Kasallik og’irlashishidan oldin organizmni bo`shatish, tozalash tadbirini 
qo`llash 
2.Kasalga qon ko`pligi aniqlansa, uning ikkala qo’lidan bo`lsa ham tezda yetarli 
darajada qon olish kerak. Tomirdan qon olingandan so`ng kasalga bir hafta dam 
berish, keyin Abu Jahl tarvuzining etidan tayyorlangan iyoraj bilan bo`shatish lozim. 
3.Ichishga: af `o ilonidan tayyorlanadigan kulchalardan elgil o`zidan hargal bir 
misqoldan olib, yo 1 uqiya quyuq sharob yoki tilo sharobi ichiladi. 
4.Bunday kasallarga beriladigan ovqatlar esa tezda hazm bo`ladigan yaxshi 
kaymusli narsalar, masalan, ma`lum qush go`shtlarining qaynatma sho`rvasi va 
go`shti yengil hazm bo`ladigan yangi baliqdir, bularga zarur dorilar qo`shib beriladi. 
Baxak 
- terida yuzaga kelib, terida chuqur botadi, lekin go`sht va suyakgacha 
bormaydi. Oq peslik esa teri, go`sht va suyakgacha boradi. 
Kasallik sababi: quvvatning zaifligi bo`lib, u ozuqani moslashtirib o`zgartira 
olmaydi. 
Ikki xil baxak farqlanadi: 


379 
-oq baxak 
-qora baxak 
Ikkala baxakda ham: 
-modda suyuq 
-haydovchi quvvat kuchliroq bo`lib u moddani teri yuzasiga haydaydi 
Peslikda esa: 
-modda quyuq 
-haydovchi quvvat kuchsiz bo`lib, uning ta`sirisiz tufayli modda ichkarida 
o`rnashib qoladi va ichkaridagi narsaning mizojini buzadi. 
-o`zgartiruvchi quvvat o`rnashgan moddani moslashtirib o`zgartira olmaydi. 
Izoh: modda o`rnashib olganda o`ziga kelayotgan ozuqani o`z tabiatiga 
aylantiradi. Yaxshi mizoj buzuq moddani yaxshi va moslashgan moddaga 
aylantiradi. Bu esa daraxtlar bir joydan boshqa joyga ko`chirilganda ularning mevasi 
zaharlikdan yeyiladigan holatga va yeyish mumkin bo`ladigan holatdan zaharli 
holatga o`tishiga o`xshaydi. 
Jolinusning fikricha, Lobah deb nomlanadigan mashhur bo`lgan daraxtning 
mevasi Eronda zaharli bo`lib, u Misrga ko`chirilgach uning mevasi yeyiladigan 
bo`lgan. Shuningdek a`zolar moddalar uchun go`yo mamlakat bo`lib sanaladi. 
Ikkala baxak o`rtasidagi farq shundaki: 
-oq baxak – balg’am moddasi tufayli yuzaga keladi 
-qora baxak -savdo moddasi tufayli yuzaga keladi 
Qora peslik - oq peslikdan tubdan farq qiluvchi kasallik bo`lib, po`st 
tashlaydigan temiratki deb ataladi. Bu temiratki juda dag’al, tangali bo`lib, 
qichishish belgilari kuzatiladi. 
Kasallikda teri xiltni o`ziga yondosh turgan jismdan ta`sir qilish darajasidan 
ortiqroq ravishda suradi. Qora peslik oq peslikdan ko`ra bexavotirroq. 
Oq va qora baxak, peslik, vazax belgilari: 


380 
-vazax ustida mo`y qora yo qizg’ish bo`lib o`sadi 
-peslikda mo`ylar doim oq bo`lib o`sadi 
-peslikda teri va pastroq va cho`kkanroq bo`ladi 
-vazax teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqadi. 
-peslikda teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqmaydi, balki suvsimon rutubat 
chiqadi, ishqalanganda qizarsa, sog’ayishga umid degani va u baxak bo`lishi 
mumkin. 
-Qora peslikda po`st tashlash, terining tanga-tanga bo`lishi, sopolsimon bo`lishi 
kuzatiladi. 
-Qora peslikda teri dag’al yoki silliq bo`lishi mumkin. 
-ikkala oq dog’ning silliq xili xavflidir. 
-ikkala qora dog’ning silliq xili xavfsizdir, chunki u baxakdir. 
-chuqur o`rnashib, qizarmaydigan va qonamaydigan juda keng joyni oladigan 
qora peslikda sog’ayishga umid yo`q. 
Davolash 
Qora baxakda: 
-dastlab, tomirdan qon olish 
-kuygan xilt va savdoli xilt devpechak va daraxt po`kagi, qora xalila, chilpoya va 
Rum rayhoni kabilarning qaynatmalariga mayiz va anjirni qo`shib ichirish orqali 
bo`shatiladi 
-goho yaxshi kaymusli ovqatlarni iste`mol qilish tavsiya etiladi. 
-hammomga tushib turish buyuriladi 
Izoh: 
Agar bemorda talog’i kasallangan bo`lsa, bu a`zo savdoni tortishda zaiflashadi.
Shuning uchun ham biz taloqni tuzatish bilan shug’ullanishimiz lozim. 
Taloq tuzatilgach, po`st ko`chirilib, bemorga kuchli tozalovchi va sog’lom qonni 
tortuvchi dorilar buyuriladi. 


381 
Suvli qavarchiq terida paydo bo`lsa, teri tushib ketguncha bemorga dam beriladi. 
Agar dori qavarchiq hosil qilmasdan terini achishtirsa, u bosilguncha dori olib 
qo`yilib, so`ngra yana qo`yiladi. 
Sog’lom qonni tortuvchi dorilar quyidagilardir: 
Tog’ gazago’tining yelimi, murch, hardal, indov, yattu` suti, chakamug’, isiriq, 
turp urug’i va kovul ildizining po`sti 
Kuchli tozalovchi dorilar esa: tunbosh suvi va Abu Jahl tarvuzi qaynatmasidan
tayyorlangan suyuq surtma dorilardandir. 
Qora baxakda qo`llaniladigan yaxshi surtma tarkibi:
-turp urug’i yetmak bilan qo`shib yanchiladi va hammomda surtiladi (baxak 
sohasiga) 
-turp urug’i xardal urug’i sirkada qaynatilgan anjir bilan qo`shiladi va surtiladi 
Vazax va peslikni davolash: 
-tomirdan qon olish va hammomga tushishdan saqlanish lozim 
-sharob ichishdan ham saqlanish lozim 
-agar badan toza bo`lsa, hammomda terlash foydali bo`lib, unda qusish tadbiri 
ham qo`llaniladi. 
-agar badan toza bo`lmasa, balg’amni bo`shatuvchi dorilar, so`ngra siydik 
haydovchi va ichni suruvchi katta iyoraj (ayniqsa, tarkibiga Abu Jahl tarvuzi eti 
qo`shilgan iyoraj) iste`mol qilinadi. 
-iyorajlarni xalila, devpechak, chilpoya va mayiz yoki tuz qaynatmasiga solib 
ichish yaxshi foyda qiladi. 
-peslik hajmi kichik bo`lsa uni dog’lash kifoya. 
-badan toza va badan mizoji mo`tadil bo`lsa ichiriladigan dorilar ichirilmaydi,
chunki bu dorilar biror ofatga sabab bo`lib, ko`p qon ketishga va ruhning 
kamayishiga olib keladi. Bu ikki narsa davolashda eng zaruriy manbalardandir. 


382 
-peslik a`zoni davolashda peslikka xos suyuq surtmalardan foydalanish bilan 
davo cheklanishi lozim 
Vazax va peslikda doimo: 
-yopishqoqligi kam, yog’siz, tez hazm bo`ladigan ovqat buyurilishi shart 
-bemor sabzavotlar, halim va unga o`xshash ovqatlardan saqlanishi darkor 
Vazax va peslikda qo`llaniladigan dorilarning ta`siri: 
-tozalovchi 
-toza qonni kuchli tortuvchi 
-Shu a`zoni qattiq qizdiruvchi 
-oxirida yara qilib po`st tashlattiradigan xususiyatga ega bo`lishi kerak 
Peslikda dorilarning eng afzali bu : 
Yaralantiradigan yoki suvli qavarchiq paydo qiladigan dorilardir, ya`ni ular 
moddani oqizib, peslikni tuzatadi va o`sha sohaning o`z rangini qayta tiklaydi. 
Peslikda qo`llaniladigan kuchli dorilar: 
Tog’ mayizi, cho’l qovog’i ildizi, Gentiana ildizi, archa, sanavbar yelimi, 
Ro’yan, zok, yashil zok, zangor, oltingugurt kabilar. 
Peslikda qo`llaniladigan surtma dorilar: 
-kirmdona va sirka 
-oltingugurt va Nargiz piyozi 
-tuxum yog’i, chayon o`t ildizi yaxshi foyda qiladi. 
Vazax uchun yaxshi surtma dorilar: 
-Nilufar ildizi, po`st tashlagan qora ilon qoni, quruq anjir bargi, qora andiz
kabilar. 
Peslikda qo`llaniladigan suyuq dorilar: 
-sirka, maxsar, sariq tunbosh suvi, dasht piyozi suvi, dengiz piyozi suvi, samsoq 
suvi (ular qortiq izidan bo`lgan peslikda foydalaniladi) qora andiz shirasi va af `o
iloni etining sho`rvasi kabilar juda foydalidir. 


383 
Davoning oxirida peslikda quyidagi bo’yoqli dorilar tavsiya etiladi: 
-sho`ra tuzi, murr, sharob quyqasi, qizil kesak, ro`yan, achchiqtosh kabilar 
Yoki 
-yong’oq po`sti, xina va o`sma kabilar o`z isbotini topgan buyoqdir. 
Baxak, vazax va peslik xastaliklari bir-biriga o`xshash bo`lib, ular ma`lum bir 
dalillarga asosan tashxislanib, to`g’ri davolansa ijobiy natijaga erishish imkoniyati 
tabib uchun juda yuqori saviyada bo`ladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish