Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204
Bog'liq
dorivor

Boshqa shunga o`xshagan dori
. Ma`daniy ziftdan uch ritl, sirkaning quritib 
kuydirilgan durdasidan ikki ritl, burakdan bir yarim ritl, sanavbar yelimi, mum, 


372 
kuydirilmagan oltingugurt va asal mayvizakning har biridan bir ritl, nazla o`tidan 
yarim ritl va yovvoyi ziradan bir qism. 
Shu maqsad uchun ishqalanadigan narsalar Abu Jahl tarvuzi yog’i, qunduz qiri 
yog’i eritmasi, xardal yog’i eritmasi va rum yong’og’i yog’i, ayniqsa uni 
kuydirganda oqqan bo`lsa, qust yog’i ham g’oyat yaxshi doridir, xususan may`a 
yelimi bilan birga ishlatilsa, shuningdek, Abu Jahl tarvuzining shirasini qizil gul 
yog’i bilan birlikda suvi ketguncha qaynatib olingan yog’ yoki anguza qo`shilgan 
qust yog’i. 
Foydali ishqaladigan dorilardan biri af`o iloni solib pishirilgan zaytun yog’idir, 
bu tamom tuzatib yuboradigan: narsalardan hisoblanadi. Ko`rshapalak ham shular 
jumlasidandir, buni ishlash: o`n ikkita so`yilgan ko`rshapalak olinadi; xushbo`y
kanavcha yaprog’ining shirasi va eski zaytun yog’idan bir ritldan, aristoloxiyadan 
to`rt dirham, qunduz qiridan uch dirham va qustdan uch dirham olib, hammasini 
birlikda suvi ketib , yog’i qolguncha qaynatiladi. 
Bu kasallikda quyiladigan dorilardan biri quyidagi og’riq qoldiradigan foydali 
doridir. Arpa va koxudan olib yetilib tamom ezilguncha sirka bilan qaynatiladi, 
keyin shuni kasal joyga qo`yiladi. Bu issiq mizojli og’riqga yaraydi. 
Yana:
marzanjush, ukrop va dafna yaprog’i, gazago`t va zira olib 
qaynatiladi va og’riq yeriga quyiladi. Yana foyda qiladigan narsalardan biri 
bo`g’imga tizzalarni sirka bilan bug’lashdir, buning uchun sirkaning har bir qismiga 
oltidan bir bo`lak yanchilgan isiriq solinadi, keyin uning ichiga qizdirilgan tosh 
tashlanadi va kasalni kiyim va shuning kabi narsa ostida bug’lanadi. Kasalni 
yovvoyi eshakning hamma a`zolarini birlikda ukrop, tuz, dorilik ma`lum urug’lar, 
gandano va shuning kabi narsalar bilan qaynatib tayyorlangan qaynatmasiga 
o`tqaziladi, yana uni sirtlon va tulki qaynatmasiga ham o`tqaziladi. Uni shunday 
tayyorlanadi: suvning uchdan ikkisi qolguncha qattiq qaynatiladi, keyin unga sirtlon 
va tulkini tirikligicha yoki so`yib qonlari bilan tashlanadi va titilib ketguncha 


373 
qaynatiladi; suvini tinitib, unga kasalni o`tqaziladi. Yoki u suvga zaytun yog’idan 
solib ular birlashib ketguncha yo suvi ketib yog’i qolguncha qaynatiladi va shunga 
kasalni o`tqaziladi. Goho u hayvonlarni yolg’iz yog’ning o`zida qaynatiladi.
Bular uchun hammom bilan davolash. Bunday kasallarga issiq va ho’l 
hammom xiltlarni eritib o`tish yo`llarini kengaytirganligi sababli zarar qiladi, issiq 
buloq suvlari bunday zararli emas. Soda va tuz bilan uqalab quruq hammom olish, 
issiq qumga ko`mish va terlatish ularga foydalidir. 
Og’riq qoldiruvchi issiqlik va mayin dorilar. Sariq yo`ng’ichqani suv qo`shilgan 
sirkada yaxshilab eziladi, keyin ustiga asal quyib ataladek bo`lguncha qaynatiladi; 
buni tekis toshda qoliyadek mayin qilib ezgandan keyin surtiladi. Og’riq o`rniga 
kanop lattani yopishtirib ikki-uch kun qo`yiladi, qurib qolmasin uchun qizil gul 
yog’i bilan tadbir qilinadi. Bu kasallikning avvallarida va ko`tarilish davrlarida 
yaraydi. 
Yana kasallikning avvallarida va qoldiqlarida sariq yo`ng’ichqa shirasi va zig’ir 
urug’ini olib, asaldek quyuqlashguncha kunjut yog’i bilan urib, atalab ishlatiladi. 
Agar og’riq juda qattiq bo`lmasa, ho’l karam va petrushkani qo`yib bog’lanadi. Agar 
og’riq kuchliroq bo`lsa, gulsafsar ildizining uni, sariq yo`ng’ichqa uni va no`xat 
unlarini ozgina sharob va ozgina xina yog’i qo`shib, asal sharobi bilan birlikda 
surtma qilinadi. Yana karam kulini charvi yog’i bilan ishlatiladi, bobuna yog’i bilan 
tayyorlangan mumli surtma ham juda yaxshidir.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish