Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   204
Bog'liq
dorivor

Qovuq anatomiyasi 
Quyuq yaratuvchi axlat uchun uni to yorilgunigacha bir joyga to`plab turib o`rab 
turadigan idish yaratib, buning natijasida sen o`z joyida bilganingdek, uzluksiz va 


333 
ketma-ket hojatga turishga ehtiyoj qoldirmagani singari, u oliy darajali, qonning 
haydalib chiqarilishi kerak bo`lgan ortiqcha suvlik qismining oqma kelishi uchun 
bo`shliq va idish yaratdi. Bu idish o`sha suvlik qismining hammasini yoki 
ko`prog’ini saqlab turadi, nihoyat uning bir yo`la chiqarilishi mumkin bo`lib, 
chakmazak kasalligiga mubtalo bo`lgan kishida bo`lgani kabi, uni uzluksiz to`kib 
turishga hojat qoldirmaydi. Bu bo`shliq qovuqdir. 
Qovuq, juda pishiq bo`lsin uchun va mahkamligi bilan birga suvlik moddaga 
to`lganda cho`zilish va kengayishga qobiliyatli bo`lsin, hamda tuzilishi zich bo`lsin 
deb chandir singari boyloq paydan yaratildi. U qachon to`lsa, o`zidagi narsani 
zarurat talab qilgan idora bilan bo`shatadi. Uning bo`ynida go`shtlik yo`l bor, bu 
orqali qovuqning mushak bilan qo`shnichiligi yaxshi bo`ladi. 
Qovuq ikki tabaqali bo`lib, ichki tabaqasi chuqurda joylashgan va u tashqi 
tabaqadan ikki marotaba qalindir. Chunki ichki tabaqa o`tkir suvlilik moddasi bilan 
uchrashib turuvchi tabaqadir. Yaratuvchi lutf qilib, o`z hikmati bilan suvlilikni ichki 
tabaqaga tortiladigan va undan chiqadigan qilib, buyrakdan unga ikkita siydik yo`lini 
tutashtirdi; bularni qovuqda keltirib qovuqni ham ikki tabaqaga ayirdi.
Bu ikki yo`l shu ikki tabaqa orasiga kiradi; ular dastlab birinchi tabaqani teshib, 
keyin ikki tabaqa orasida bir qadar yo`l o`tib, ichki tabaqani yorib teshib, qovuq 
bo`shliqiga kiradi va chiqindi suvlilikni qovuqqa qo`yadi. Qovuq to`lib, 
taranglashganda, ichki tabaqa ichkari va chuqurlikdan ko`tarilib, tashqi tabaqa bilan 
birlashadi va ikki tabaqa bir tabaqaday bo`lib, ularning orasida o`tadigan yo`l 
qo’yolmaydi. Shuning uchun, suvlilik va siydik qovuqni to`ldirib tarang qilganda 
ham orqasiga siydik yo`llariga qaytmaydi. Keyin yaratuvchi,- uning qudrati 
yuksakdir,-qovuqdan suvlilikni olat tomon itaruvchi, juda egri-bugri bo’yin yaratdi. 
Mana shu qat-qat bukuklar bo`lganidan suvlilik qovuqdan birdaniga oxirigacha 
chiqarilmaydi.


334 
Bu hol, ayniqsa, erkaklarda kuchli bo`ladi, chunki bukukliklar erkaklarda uchta 
bo`lib, xotinlarda qovuqdagi bachadonlariga yaqin bo`lganidan, bittadir. Bu 
bo`yinning boshlangan sari uni burib va siqib turuvchi mushak bilan shunday 
o`ralganki, bu mushak irodadan tashqari, suvlilikning chiqarilishiga mo’ne bo`ladi. 
Bu mushak o`z joyida bilganingdek idora bilan qorin mushaklari yordamida 
bo`shashtiriladi, agar bu mushakka biror ofat yetmagan bo`lsa, shunday bo`ladi. 
Qovuqda ikkala tarafdan birmuncha asablar, shuningdek harakatli va harakatsiz 
tomirlar tutashadi. Qovuqning taranglashib cho`zilishi ko`proq sezilishi uchun bu 
yerda asablar ko`p tarmoqlangan. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish