Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Evkaliðtning vatani Avstraliya. Kav-
kaz (asosan, Adjariya va Abhaziyada, Ozarbayjonda), Qrimda,
Krasnodar o‘lkasining Qora dengiz bo‘ylariga yaqin yerlarda,
Moldova va boshqa joylarda o‘stiriladi. U —12° da qurib qolishi
mumkin. Yetishtirilgan yangi navlari — 14° ga chidaydi.
Evkaliðtlar tez o‘suvchan va ko‘p suv talab qiladigan da-
raxt bo‘lganidan botqoqliklarni quritish va bezgakni yo‘qotish
maqsadida ekiladi. Plantatsiyalarda dorivor o‘simlik sifatida
o‘stirilgan evkaliðtlarning 70% i chiviqsimon va 25% i kulrang
evkaliðt hisobiga to‘g‘ri keladi.
Mahsulot tayyorlash.
Evkaliðtning uchala turidan barglar
terib olinadi. Bir yillik barglar, asosan noyabr oyidan keyin
tayyorlanadi. O‘tgan yilgi barglarini hamma vaqt ham yig‘ish
mumkin. Mahsulot asosan noyabr oyidan aprelgacha, efir
moyini maksimal to‘plagan vaqtida tayyorlanadi. Buning
uchun maxsus plantatsiyalarda o‘stirilgan daraxtlarning yosh,
serbargli shoxlari 70—80 sm uzunlikda qirqib olinadi. So‘ngra
barglar ajratilib, 10 sm gacha qalinlikda yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. 
Tayyor mahsulot har xil
shakldagi barglar aralashmasidan iborat.
Har uchala turdagi barglar plastinkasi tekis qirrali, tuksiz,
nihoyatda mayda qora dog‘lari ko‘p bo‘lib, xushbo‘y hidi va
yoqimli, achchiqroq mazasi bor. Qirqilgan mahsulot 1—5 mm
li turli formadagi bo‘lakchalardan tashkil topgan.
Kimyoviy tarkibi. 
Evkaliðt bargi tarkibida 1,5—3% efir
moyi va 10% oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi. XI DF ga
ko‘ra efir moyining miqdori kulrang va sharsimon evkaliðt
barglarida 2,5% dan, chiviqsimon evkaliðt bargida 1%, may-
dalangan bargda esa 0,8—1,5% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tibbiyotda ishlatiladigan evkaliðt efir moyi evkaliðt tur-
larining barglaridan suv bug‘i yordamida haydab olinib, so‘ngra
tarkibidagi turli aldegidlardan tozalanadi. Tozalanmagan efir
moyi og‘iz va burunning shilliq pardalarini qichitadi, kishini
aksirtiradi va yo‘taltiradi. Shuning uchun bunday moy tibbi-
yotda ishlatilmaydi.
Evkaliðt efir moyi tiniq, rangsiz yoki och sarg‘ish suyuqlik
bo‘lib, XI DF ga ko‘ra zichligi 0,910–0,930, refraksiya soni


123
1,458–1,470, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi
0°+10° ga teng bo‘lishi lozim. Moy tarkibida 60—80% sineol,
pinen, mirtenol (darminol), aldegidlar ham-da boshqa birikma-
lar bo‘ladi. Evkaliðt moyidan ajratib olingan sof holdagi sineol
evkaliðtol nomi bilan yuritiladi.
Ishlatilishi.
Evkaliðt preparatlari va efir moyi antiseptik
xususiyatga ega bo‘lganidan bezgak, bo‘g‘ma, qizilcha hamda
nafas yo‘li kasalliklarini davolashda va gijjalarni haydashda
ishlatiladi. Bargining damlamasi me’da-ichak kasalliklari va
ginekologik kasalliklarni hamda yiringli yaralarni davolashda
qo‘llaniladi. Nastoykasi isitmaga qarshi va bronxit, griðp
kasalliklari hamda yo‘tal tutganda ishlatiladi. Evkaliðt efir
moyi nafas yo‘llari kasallanganda va xonalarga purkash uchun
hamda griðp kasalligida ishlatiladigan ingafen tayyorlashda
qo‘llaniladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish