Farmokognoziya oxiri p65


SHILLIQ MODDALAR HAMDA TARKIBIDA SHU MODDALAR



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

SHILLIQ MODDALAR HAMDA TARKIBIDA SHU MODDALAR
BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR
O‘simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar
aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, ular tarkibida asosan
polisaxaridlar — pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozan-
lar uchraydi.
Shilliq moddalar hujayra ichi va hujayra po‘sti hamda ora-
liq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bo‘ladi. Ayrim hu-
jayra yoki to‘qimalar (kambiy, o‘zak, o‘zak nurlari va bosh-
qalar) shilliqlanishi mumkin.
Shilliq moddalar odatda 2 guruhga bo‘linadi.
1. 
Normal shilliq moddalar.
Bular o‘simlikning o‘sishi dav-
rida shu o‘simlik hayoti uchun nihoyatda zarur birikmalar
sifatida vujudga keladi.
2. 
Patologik shilliq moddalar
tashqi ta’sirga (buta va da-
raxt po‘stloqlarining yorilishi, teshilishi va shunga o‘xshash)
o‘simlikning javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi.
Normal shilliq moddalar o‘simliklarning hamma organla-
rida bo‘lishi mumkin. Ular asosan epidermisda yoki shilliq
saqlovchi maxsus xalta hujayralarda to‘planadi. Masalan, zig‘ir,


53
behi, xantal va boshqalarning faqat urug‘ epidermisida;
gulxayri, moychechak, salob va boshqa o‘simliklarning bargi,
guli, ildizpoyasi, ildizi va tugunaklaridagi shilliq saqlovchi
maxsus hujayralarda to‘planadi.
O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq
kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadan shilliq moddalarni
spirt yordamida cho‘ktirish mumkin. Shilliq moddalar kislo-
talar ta’sirida gidrolizlanib, 95 % pentozalar (arabinoza, ksilo-
za va boshqalar), oz miqdorda galaktoza, glukoza, uron kis-
lota va furfurol hosil qiladi.
Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat
reaksiyalari bilan aniqlash mumkin:
1) tarkibida shilliq moddalar bo‘lgan mahsulotlar ishqor
eritmasi ta’sirida sariq rangga bo‘yaladi;
2) mikroskopda ko‘rish uchun kesilgan mahsulot bo‘lak-
chasiga metil ko‘k bo‘yogi eritmasidan yoki 10% li sulfat
kislotaning mis tuzining 10 % li eritmasi bilan 10% li natriy
ishqor eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda
saqlovchi hujayralar to‘q ko‘k rangga kiradi;
3) mikroskopda ko‘rish uchun kesilgan mahsulotga qora
tush eritmasi ta’sir ettirilsa, shilliq modda saqlaydigan hujay-
ralar bo‘yalmaydi, boshqa hujayralar esa qorayadi.
Shilliq moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turla-
ri tibbiyotda me’da va ichak kasalliklarida o‘rab oluvchi dori, na-
fas yo‘llari shamollaganda yo‘talni yengillashtiradigan, to‘x-
tatadigan va ko‘krakdagi og‘riqni qoldiradigan hamda bal-
g‘am ko‘chiradigan vosita sifatida ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish